Get Mystery Box with random crypto!

NeoJadid

Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid N
Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid
Kanal manzili: @neojadids
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

Dunyoga o'zbekona nazar.
Aloqa: @NeojadidBot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-06-28 21:00:06 Injilda bir hikoya bor. Isoq oilasida egizaklar tug'iladi: Esau va Yoqub. Esau Yoqubdan bir daqiqa oldin tug'ilgani uchun kattalik huquqi (birthright, право первородства) unga beriladi. Yahudiy an'analariga ko'ra, ilk farzand Xudoga ataladi va shuning uchun tanlangan, juda ko'p barokot va imtiyozlarga ega hisoblanadi.

Kenja uka Yoqub akasi Esauga doimo hasad qilgani, bir kuni akasi ochligidan foylanib, bu kattalik huquqini bir kosa marjimek sho'rvaga sotib olgani hikoya etiladi. Ya'ni, Xudoning nazariga tushish, otasining boyliklariga me'rosxor bo'lish kabi imtiyozlarni Esau bir kosa sho'rvaga sotib yuboradi. Shundan beri продать право первородства за похлебку degan ibora nafsga qul bo'lib qiymatli narsani qiymatsiz narsaga almashishni anglatadi.

Tahminan, puxta va jo'yali Konstitutsyani bepul tonirovkaga almashishdek bir gap.
2.2K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-06-25 09:42:14 2016 yildan boshlab qandaydir jo'yali islohotlardan umidvor bo'lgan insonlar o'zining aldangandek his qilmoqda. Ayib o'zlarida.

Ijtimoiy fanlarda biror bir shaxsning jamiyatda samarali o'zgarishlarni amalga oshira olishi borasida ikki hil, zid qarashlar mavjud.

Rus yozuvchisi Lev Tolstoy'ning fikricha, buyuk yetakchilar (qirollar, prezidentlar, peshvoi millatlar va hkz) aslida tarixning (jamiyatdagi jarayonlarning) quli. Yetakchilar, to'ralar o'zlarining nazorati, qudratidan tashqarida bo'lgan millionlab sabab va jarayonlar natijasida vujudga kelgan tarixiy to'lqinlarning cho'qqisiga tasodifan chiqib qolgan pyodalardir, ularning tarixiy jarayonlarga ta'siri deyarli nolga teng.

«Для изучения законов истории мы должны изменить совершенно предмет наблюдения, оставить в покое царей, министров и генералов, а изучать однородные, бесконечно малые элементы, которые руководят массами. Никто не может сказать, на сколько дано человеку достигнуть на этом пути понимания законов истории; но очевидно, что на этом пути только лежит возможность уловления исторических законов» deydi Tolsoy.

Ingliz tarixchisi Tomas Karlayl esa o'zining "Great man" nazariyasida "tarix -bu buyuk insonlarning tarjimai holi' deb hisoblaydi. Ya'ni, buyuk yetakchilargina (qirollar, prezidentlar va hkz) butun boshli millatlarni taqdirini hal etishi, tarixni (jamiyatni) o'z xohishiga ko'ra shakllantirishi mumkin. Millat g'oyoki buyuk insonlarning qo'lida plastilin, qanday shaklni xohlasa, shuni beraveradi.

Karlaylcha yondashuv sovet davrida urf bo'lgan. Ilk kommunistlar paydo bo'lgan 19 asrda Tomas Karlaylning fikrlarining mashhurligi eng avjiga chiqqan payt edi. Ilk kommunistlar o'zini tanlanganlar, sarbadorlar partiyasi deb bilgan.

"О политической стратегии и тактике русских коммунистов" degan maqolasida Stalin shunday deydi: "Компартия как своего рода орден меченосцев внутри государства Советского, направляющий органы последнего и одухотворяющий их деятельность".

Kompartiyaning rasmiy shiorlari esa "Партия - это Ленин" (Lenin tirikligida), keyin esa «Сталин — это Ленин сегодня» bo'lgan. Kommunistlar buyuk insonlarning yetakchiligiga bunday katta urg'u berishi alaloqibat nafaqat shahsga sig'inish bilan tugadi, balkim jamiyatni chuqur isloh qilishga ham yo'l bermadi. Lenin, Stalinlar tayyor bo'lmagan, qarshilik ko'rsatayotgan jamiyat ustidan tajriba o'tkazdi. Natijada, bunday buyuk shaxs- markazli modernizatsiyaning kommunistik loyihasi tanazzulga uchradi desa ham bo'laveradi. Buni masalan, SSSR kabi qudratli davlat bir kunda tarix sahnasidan yoqolib ketganidan ham ko'rsa bo'ladi.

Biz, hozirgi o'zbeklar, ham Tomas Karlaylning nazariyasining dunyodagi eng so'nggi muhlislaridanmiz. Buni, masalan, O'zbekistonda barcha ishlar "muhtaram prezidentimiz rahnamoligida" amalga oshirilishidan, o'zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatini o'zimizdan emas, aynan rahbarlarning tashabbusi va shijoatida deb bilishimizdan ko'rsa bo'ladi. Amaldagi rahbarning bir so'zi bilan tashqi va ichki siyosatimizdagi masalalarga munosabatimiz ham bir zumda o'zgarib ketaveradi.
Boshqa rivojalngan va rivojlanayotgan davlatlarda esa millat taqdirini biror bir shaxsning hatti-harakatlariga bo'glashdan allaqachon voz kechilgan. Hech qaysi inson, naqadar u irodasi kuchli, aqli raso va boshqa buyuk hislatlar egasi bo'lmasin, yakka o'zi butun boshli millatni isloh qila olmagan, qila olmayapti va qila olmaydi ham.

Toki jamiyat islohotlarga egalik qilib, ularda faol ishtirok etmaguncha.

Shuning uchun Karimov, Mirziyoyev yoki yana allaqanday dahodan najot kutmay yashash kerak. Bu borada Sharqiy Yevropaning tajribasi, jumladan Sovet zulmi ostida yashagan chex yoki polyaklar ixtiro qilgan parallel polis, muqobil madaniyat va hokazo tushunchalar qo'l keladi.

Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon.
Ul shirin yolg'onga mendek aldanib qolg'on yomon.

Achchiq haqiqatni tanlash vaqti keldi.
1.6K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-06-23 08:34:06 O‘zbekiston tarixida birinchi marta shahar aholisi soni (50,9 foiz) qishloqda yashovchilar sonidan oshibdi. Ya'ni, bundan buyon biz ortiq agrar jamiyat emasmiz.

Bu olamshumul voqea, va kelajakda ko'pgina o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Chunki, ongdagi (va keyinchalik, siyosatdagi) inqiloblar faqatgina shaharda qilinadi.

Qishloq va shahar o'rtasida muayyan farq bor, bu farq odamlarning yashash va fikrlash tarzida ko'rinadi. Shahar doimo madrasa (universitetlari) yoki boshqa madaniy institutlari orqali millatni tarbiyalaydigan, odamlarni madaniylashtiradigan o'choq bo'lgan.

Buni hatto arab tilidagi "madina"(shahar) bizdagi madaniyat (culture) yoki tamaddun (civilization) kabi so'zlarning o'zagida turishidan ham ko'rsa bo'ladi.

Yaqingacha, (va balkim, bu holat yana bir muddat davom etar) O'zbekistonda, turli sabablarga ko'ra, qishloq madaniyati shahar madaniyatidan ustun keldi. Buni siyosatdan tortib, iqtisod yoki madaniyatgacha bo'lgan barcha sohalarda kuzatyapmiz.

Bu - fojia. Chunki barcha tamaddunlar (sivilizatsiyalar) tarixidan ko'rishimiz mumkinki, jamiyatlar faqatgina shahardagi "dvijuha" orqali taraqqiy etadi. Shahar taraqqiyotni istaydi, qishloq-status kvoni, o'zgarmaslikni. Bu ikki istak ostida aslida bir-biriga diametral qarshi ikki dunyoqarash yotibdi.
Shaharlashish koni foyda degani emas, albatta. Bu jarayon bilan bog'liq ko'pgina salbiy jihatlar ham bor. Lekin, umuman olganda, olqishlanadigan holat bo'lsa kerak.

Q.s. Yuqoridagi fikrlarni primitiv “votti- yapti” mojarosiga aylantirmaslikni iltimos qilaman. Shahar va qishloq o'rtasidagi farq bor narsa, zamonaviy jamiyatshunoslikda ham rural va urban sociology (qishloq va shahar sotsiologiyasi) alohida o'rganiladi.
1.2K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2022-06-07 13:23:10 FSB va o'zbek beshinchi kolonnasi

Rossiya FSB'da post-sovet, hususan Markaziy Osiyo elitasi bilan ishlaydigan alohida, o'ta muhim boshqarma mavjud. Rasmiy nomi "Служба оперативной информации и международных связей", norasmiysi "5-xizmat". Bu boshqarma post-sovet mamlakatlaridagi rusparast kuchlarni qo'llab-quvvatlash orqali ushbu davlatlarni Rossyaning ta'sir doirasida saqlab qolish uchun ma'sul.

Taxminlarimga ko'ra, O'zbekistonda 5-xizmat o'z maqsadlarini, jumladan, "rus dunyosi" g'oyasini targ'ib etish orqali amalga oshirmoqda.

"Русский мир– это агрессивная внешнеполитическая доктрина, направленная на «собирание» Россией территорий в пределах бывшего Советского Союза, населенных русскоязычным населением". Bu mafkura asosan rusiyzabon OAV va blogerlar orqali targ'ib etilmoqda.

Milliy istiqlol harakatiga neo-koloniyal "rus dunyosiga" qarshi samarali qarshilik ko'rsatishda hozircha uchta mafkura ilhom bera oladi:

1) Islom
2) Liberalizm
3) (Neo-)Jadidchilik

Shuning uchun ham FSB o'zbekzabon "ta'sir agentlari" orqali mana shu uch g'oyaga qarshi qoralash yoki xonakilashtirish kampaniyasini boshlab yubordi. Islomni "sovetlashtirish", liberalizmni "elgebetelashtirish", neo-jadidlarni G'arb malayiga chiqarish harakatlari kuzatilmoqda. Hozircha shuni fiksatsya qilib turaylik, ahamiyat bering kimlar nimani targ'ib qilayotganiga, nimadan qaytaryotganiga :).
1.9K views10:23
Ochish/sharhlash
2022-05-14 12:48:42 Soqol reydlarini o'tkazib, o'zbek rijollarini axtalash bir ko'rinishda navbatdagi ma'nosiz tadbirdek tuyulishi mumkin, lekin uning ortida butun jamiyatning erki va subyektligini axtalash kabi muhim maqsad turibdi.

https://telegra.ph/Soqol-reydlari-va-orttirilgan-chorasizlik-05-14
2.0K viewsedited  09:48
Ochish/sharhlash
2022-03-23 07:48:19
Navalniy guruhi va The Sun tabloidiga ko'ra, Vladimir Putinda "Shahrizoda" nomli superyaxtasi bor ekan. Yaxtaning tahminiy qiymati 500-750 mln pound (800 mln -1 mlrd dollar). Hattoki tualet qog'ozni ushlab turadigan matah tillodan ekan.

Bu post-sovet shovvozlarning bari, Fitratning ta'biri bilan aytganda, "bir o‘lkani yondirib, O‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar". La'natilar.
2.3K views04:48
Ochish/sharhlash
2022-03-19 13:31:14
Ukraina Chegara qo'shinlarining rahbari Sergey Deyneko Belarus elchisi orqali Belarus Chegara qo'shinlari rahbariga 30 tiyin berib yuboribdi.
"30 серебренников" bu Injilda o'z murshidi Iso Masihni forisiylarga sotib yuborgan murid Iyudaga berilgan xizmat haqqidir.  Diplomatiya tarixida noyob bunday demarsh orqali ukrainlar Belarus hududini rus bosqinchilarining Ukrainaga hujumi uchun ochib bergan, ruslarga xarbiy yordam berayotgan belaruslar ukrain xalqining orqasidan hanjar urganini urg'ulamoqchi.
2.6K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2022-03-13 13:36:43 Oq mulla: Nikolay poshshoimiz Germon degan mahluqqa qarshi dinimiz himoyasida jihod qilmoqda, duoda bo'laylik.

Qizil mulla: Partyamiz ezilgan mexnstkashlarni va dinimizni chirigan G'arbdan himoya qilmoqda, duoda bo'laylik.

Abraha: Putin poshsho elgebete bilan Ukrainada urushyapti, yutkazsa O'zbekistonga keladi, duoda bo'laylik.
5.5K views10:36
Ochish/sharhlash
2022-03-10 10:07:04
12-mart, shanba kuni soat 11:00 da "Moida by Azon" restoranida "O'zbekiston tavalludi" nomli kitob taqdimoti va tarjimon Sardor Salim bilan suhbat bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston tavalludi: ilk SSR davrida millat, imperiya va inqilob

Amerikalik taniqli olim Adib Xolidning "O‘zbekiston tavalludi" kitobi dunyo xaritasida Oʻzbekiston degan davlatning paydo boʻlishi haqida hikoya qiladi. Muallif XX asr boshlarida yurtimizda kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qiladi, oʻsha davr qiyofasini bor ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat qiladi.

Barchani kitob taqdimotida kutib qolamiz. Suhbatga kela olmaganlar jarayonni to'g'ridan-to'g'ri efir orqali kuzatib borishlari mumkin.

Manzil: Bunyodkor ko’chasi, 8-B uy
Mo’ljal: “Milliy bog’” metro bekati

Instagram | Telegram | Facebook | TikTok | Geolokatsiya
2.1K views07:07
Ochish/sharhlash
2022-03-09 09:13:53 Allohning tegirmontoshlari asta-sekin, lekin muqarrar yanchadi deganlaridek, ukrainlar ham rus bosqinchilariga qarshi alohida janglarda yutkazishi mumkin, lekin urushni albatta yutadi.

Shunday ekan, bundan buyon bu mashmashani 24/7 rejimida kuzatib o'tirish qo'rakoz'lar uchun eskapizmdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, bu kuzatuv shaxsiy moliya va hayotiy muhim qarorlarni qabul qilish uchun emas, navbatdagi ma'nosiz baxs-munozarada raqibni mot qiladigan qo'shimcha argumentlarni keltirish uchun bo'layotgan bo'lsa.

Hozir biz bilgan, o'rgangan dunyo shiddat bilan qullayapti. O'rniga shakllanayotgan ajib yangi dunyoni millat (davlat) darajasida fahmlay olmayapmiz,shunchaki tayyor emasmiz. Demak bu yangi dunyoga moslasha olmasligimiz barchamizga qimmatga tushadi.

Xitoyliklarning "senga o'zgarishlar davrida yashash nasib qilsin" degan tavqi-la'nati bormish. Biz, o'zbekistonliklar, bilmadim qaysi gunohimiz uchun, ohirgi 30 yilda faqat shunday, iqtisodimiz "yanada rivojlanayotgan", jamiyatimiz esa "tobora demokratlashayotgan" davrlarda yashashga mahkum edik. Lekin hozirgacha ko'rgan qiyinchiliklarimiz yaqinlashayotgan inqiroz oldida holva bo'lib qolsa kerak.

Mana shunday alg'ov-dalg'ov davrlarda yashab ketish strategiyasi avvalam, dinda, soniyan stoik falsafasida mavjud. Chin dindor odam bu sinovli davrlardan munosib o'tishiga aminman. Lekin jamiyatda Islomiy tafakkur va an'anananing davomiyligi va yaxlitligi, Sovet qatag'onlari deb, uzilib qolgan. Mustaqillikdan keyin o'zini isloh qilmagan "homo sovetikus" din libosini kiyishni boshlagach, aksariyatimiz, "na chin musulmonmiz, na kofir tamom"ga aylandik.

Diniy tafakkurning tanazzuli va Temir Parda deb "chin musulmonlik" amalda qanday bo'lishi, bunga erishish haqida resurslar o'zbek tilida deyarli yo'q.

Fikrimcha, nazariy musulmonlikdan amaliyga o'tishda stoik maktabidan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Hususan,
- Mark Avreliyning "Наедине с собой",
- Senekaning "Нравственные письма к Луцилию",
- Монтень "Опыты"
kabi asarlar aynan shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda Allohga tavakkal qilib, ilojib boricha "chin musulmoncha" yashash haqidadir.

Xabar va telegram kanallar o'rniga shularni o'qing :)
1.8K views06:13
Ochish/sharhlash