Get Mystery Box with random crypto!

Allohning tegirmontoshlari asta-sekin, lekin muqarrar yanchadi | NeoJadid

Allohning tegirmontoshlari asta-sekin, lekin muqarrar yanchadi deganlaridek, ukrainlar ham rus bosqinchilariga qarshi alohida janglarda yutkazishi mumkin, lekin urushni albatta yutadi.

Shunday ekan, bundan buyon bu mashmashani 24/7 rejimida kuzatib o'tirish qo'rakoz'lar uchun eskapizmdan boshqa narsa emas. Ayniqsa, bu kuzatuv shaxsiy moliya va hayotiy muhim qarorlarni qabul qilish uchun emas, navbatdagi ma'nosiz baxs-munozarada raqibni mot qiladigan qo'shimcha argumentlarni keltirish uchun bo'layotgan bo'lsa.

Hozir biz bilgan, o'rgangan dunyo shiddat bilan qullayapti. O'rniga shakllanayotgan ajib yangi dunyoni millat (davlat) darajasida fahmlay olmayapmiz,shunchaki tayyor emasmiz. Demak bu yangi dunyoga moslasha olmasligimiz barchamizga qimmatga tushadi.

Xitoyliklarning "senga o'zgarishlar davrida yashash nasib qilsin" degan tavqi-la'nati bormish. Biz, o'zbekistonliklar, bilmadim qaysi gunohimiz uchun, ohirgi 30 yilda faqat shunday, iqtisodimiz "yanada rivojlanayotgan", jamiyatimiz esa "tobora demokratlashayotgan" davrlarda yashashga mahkum edik. Lekin hozirgacha ko'rgan qiyinchiliklarimiz yaqinlashayotgan inqiroz oldida holva bo'lib qolsa kerak.

Mana shunday alg'ov-dalg'ov davrlarda yashab ketish strategiyasi avvalam, dinda, soniyan stoik falsafasida mavjud. Chin dindor odam bu sinovli davrlardan munosib o'tishiga aminman. Lekin jamiyatda Islomiy tafakkur va an'anananing davomiyligi va yaxlitligi, Sovet qatag'onlari deb, uzilib qolgan. Mustaqillikdan keyin o'zini isloh qilmagan "homo sovetikus" din libosini kiyishni boshlagach, aksariyatimiz, "na chin musulmonmiz, na kofir tamom"ga aylandik.

Diniy tafakkurning tanazzuli va Temir Parda deb "chin musulmonlik" amalda qanday bo'lishi, bunga erishish haqida resurslar o'zbek tilida deyarli yo'q.

Fikrimcha, nazariy musulmonlikdan amaliyga o'tishda stoik maktabidan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi. Hususan,
- Mark Avreliyning "Наедине с собой",
- Senekaning "Нравственные письма к Луцилию",
- Монтень "Опыты"
kabi asarlar aynan shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda Allohga tavakkal qilib, ilojib boricha "chin musulmoncha" yashash haqidadir.

Xabar va telegram kanallar o'rniga shularni o'qing :)