Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston tarixida birinchi marta shahar aholisi soni (50,9 | NeoJadid

O‘zbekiston tarixida birinchi marta shahar aholisi soni (50,9 foiz) qishloqda yashovchilar sonidan oshibdi. Ya'ni, bundan buyon biz ortiq agrar jamiyat emasmiz.

Bu olamshumul voqea, va kelajakda ko'pgina o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Chunki, ongdagi (va keyinchalik, siyosatdagi) inqiloblar faqatgina shaharda qilinadi.

Qishloq va shahar o'rtasida muayyan farq bor, bu farq odamlarning yashash va fikrlash tarzida ko'rinadi. Shahar doimo madrasa (universitetlari) yoki boshqa madaniy institutlari orqali millatni tarbiyalaydigan, odamlarni madaniylashtiradigan o'choq bo'lgan.

Buni hatto arab tilidagi "madina"(shahar) bizdagi madaniyat (culture) yoki tamaddun (civilization) kabi so'zlarning o'zagida turishidan ham ko'rsa bo'ladi.

Yaqingacha, (va balkim, bu holat yana bir muddat davom etar) O'zbekistonda, turli sabablarga ko'ra, qishloq madaniyati shahar madaniyatidan ustun keldi. Buni siyosatdan tortib, iqtisod yoki madaniyatgacha bo'lgan barcha sohalarda kuzatyapmiz.

Bu - fojia. Chunki barcha tamaddunlar (sivilizatsiyalar) tarixidan ko'rishimiz mumkinki, jamiyatlar faqatgina shahardagi "dvijuha" orqali taraqqiy etadi. Shahar taraqqiyotni istaydi, qishloq-status kvoni, o'zgarmaslikni. Bu ikki istak ostida aslida bir-biriga diametral qarshi ikki dunyoqarash yotibdi.
Shaharlashish koni foyda degani emas, albatta. Bu jarayon bilan bog'liq ko'pgina salbiy jihatlar ham bor. Lekin, umuman olganda, olqishlanadigan holat bo'lsa kerak.

Q.s. Yuqoridagi fikrlarni primitiv “votti- yapti” mojarosiga aylantirmaslikni iltimos qilaman. Shahar va qishloq o'rtasidagi farq bor narsa, zamonaviy jamiyatshunoslikda ham rural va urban sociology (qishloq va shahar sotsiologiyasi) alohida o'rganiladi.