Get Mystery Box with random crypto!

NeoJadid

Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid N
Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid
Kanal manzili: @neojadids
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

Dunyoga o'zbekona nazar.
Aloqa: @NeojadidBot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-11 09:06:46 Saroy blogerlari, turli usulda, lekin bir mujdani singdiryapti: Prezident Administratsiyasiga yangi rahbarlar keldi va endi hamma narsa ijobiy tomonga o'zgaradi. Buni saroy blogerlari "kelib tushgan insayder ma'lumotlarga" asoslanib, PA ma'sul hodimlari qatnashgan har bir yig'ilish "o'ta tanqidiy ruhda o'tayotganligini" urg'ulash orqali ko'rsatmoqchi. Mujdaga ishonolovursin :).

NeoJadidlarning fikricha esa, najot shaxslarda emas, institutlarda. Shaxslar hukmronligidan institutlar hukmronligiga o'tish zarurati allaqachon pishgan. Bu masalani ortga suraverish faqatgina muammolarimiz hronik yoki isloh qilib bo'lmaydigan tus olishiga sabab bo'lyapti. Hususan, siyosiy hokimiyat bir shaxs yoki bir guruh shaxs qo'lida mujassamlashgani natijasida:
- o'sha shaxslarning iqtidorini cheklovchi parlament yoki sud hokimiyati zaiflashadi. Zaif OM QP yoki Oliy sud rahbari kim bo'lishi shuning uchun ham unchalik muhim emas, baribir ko'p narsani o'zgartirolmaydi.
- Byurokratiya (amaldorlar sinfi) davlat siyosatining yagona ijrochisi sifatida jamiyatni bosib qo'yadi.
- Siyosiy raqobat o'rniga mahfiy apparat o'yinlari muhim o'rin tutadi: har bir klan yoki "ta'sir guruhlari" o'zining odamlari orqali jamiyat foydasiga emas, o'z foydasiga siyosat yurgizishga kirishadi. Va hokazo, hokazo minglab negativ oqibatlar paydo bo'ladi.

Shaxslar hokimiyatidan institutlar hokimiyatiga o'tishni, G'arbdan boshqa, juda kam davlatlar eplay olgan, bu juda murakkab va xafvli jarayon. Lekin bu o'tishsiz umrbod qashshoq, zaif davlat holatida qolishimiz ham aniq.

Institutsional islohotni, masalan, hozirda isloh qilinayotgan Konsitutsiyada siyosiy iqtidorga yakka shaxsning (prezidentning) monopoliyasini bartaraf etishdan, Oliy Majlis va sudlarga ko'proq vakolat berishdan, ularni Prezident Administratsiyasining nazoratidan ozod etishdan boshlash mumkin.

Faqat kim buni qiladi degan savolga, jadidchi Hoji Muin kabi, "bu savollarga qarshi to'g'ri javob yozilg'onda ixtiyorsiz qalam uyolur, kishi istiqboldan ma'yus bo'lur".
1.6K viewsedited  06:06
Ochish/sharhlash
2022-08-11 07:37:07
Millat buyukligi tasodifan chiqib qolgan geniylar bilan emas, iloji boricha ko'proq odamga farovon hayot va o'z-aktualizatsiya imkoni berilganligi bilan o'lchanadi.

Karikatura: @habikatura
5.6K viewsedited  04:37
Ochish/sharhlash
2022-08-10 13:39:34
"Yuksalish" harakati nimagadir shama qilayapti.

Faqat, iqtisodchilarning fikricha, Singapurni gullatgan har bir Lee Kuan Yuga "bir o‘lkani yondirib, o‘z qozonin qaynatg‘uchi" yuzta kongolik Mobutu Sese Sekolar to'g'ri keladi. Balkim, riskovat qilmasmiz?
1.2K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2022-08-10 11:47:59 Neojadidlar qayerda xato qildi? Tanqid va taklif (audio)

Yurtning taraqqiyoti va ravnaqini istaydigan fikrlovchi, faol fuqarolarni, ziyolilarni birlashtirish umidi bilan o'rtaga chiqqan neojadidlar nega bo'linshlarga sabab bo'ldi? Birlashtirishi kerak bo'lgan harakat nega aks natija bera boshladi? Xato qayerda qilindi?

@khurshidyuldosh
1.1K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:41:04 Rossiyaning Perm shahridagi o'zbek diasporasining rahbari Jahongir Jalolov Ukrainaga qarshi kurashish uchun o'zbeklardan iborat batalyon tuzish tashabbusi bilan chiqibdi.

"Biz Rossiyaning nonini yemoqdamiz, shu yerda ishlab, yashayapmiz. Shuning uchun o'zbeklardan ko'ngillilar batalyonini tuzib, unga sarkardamiz Amir Temur nomini berishni taklif qilaman" degan Jahongir Jalolov o'zbek diasporasining yig'ilishida.

Hozirgi kunda RFda "chernojopiylar"ni Ukrainadagi tajovuzga jalb etish targ'iboti kuchaygan.

Neojadidlar RF neo-koloniyal siyosatiga va rashizmiga qarshi, shuning uchun ham ukrainlar bu ko'ngillilarni tezda biokompostga aylantiradi degan umiddamiz.
1.4K viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:18:59 #neojadidchilik танқидларга маҳкум ва мухтож. Тушунмовчилик ва туҳмат аралаш танқидлар ҳам бўлиши табиий экан. Имкон борича ҳаммасини кўриб, тадқиқ қилинади. Қайси бирига жавоб беришни танлашда қийинчилик бор. Чунки вақт оз, бу дискурсда фиклашиб кўрмоқчи бўлганлар оз, мурожаат ва сўровлар кўп. Муҳими - #neojadidchilik асл мақсади ва маслагини етказишдан чалғитидагиан ёзишма-айтишмаларга берилмаслик.

Танқидлар орасида нохолис ёндашув учрай бошлади. Холислик ноёб нарса, чунки у қийин. Чунки холислик кишидан нафсий амбицияларни четга суришни талаб қилади. Холислик мавзуга олинган гапларни аслича ўрганишни талаб қилади, тасаввурни фактдан ажратишга мажбурлайди, изчил фикр юритишга ундайди. Эҳтиросга берилиш эса жуда осон. Эҳтиросли реакция киши ўта қадрлайдиган ёки қаттиқ нафратлантирадиган нарсаларга ва айниқса туб манфаатларига тегиб кетилганда намоён бўлади. Шахсан ўзим неожадидчилик рамзи ва ғояларини ўз эҳтиросларимга қурбон бўлишига йўл қўймасликка қарор қилдим. Ҳақоратлар ва туҳматларга табиий жараёндек қарашга ўрганиш керак. Келаётган танқидларни теран назар билан қабул қилишга уринаман, хатолар кўрсатилса, уларни ҳам тузатиш зарур бўлади.

Асосли эътирозлар ва кучли саволлар фейсбук, телеграм ва твиттерга изоҳ шаклида, шахсийда ва алоҳида постларда кўпайиб қолди. Бу мурожаатлар шунчалик қадрлики, неожадидчилик ғояларини жамоатчиликка тушунарли қилиб шакллантиришга имкон беради. Одамлардан янги ғояларни кўриб чиқишни истаган тараф бу ғояларнинг жорий муаммоларга жавоб-ечим эканлигини кўрсата билиши керак.

Мана шу олдимизда турган асосий вазифа. Фикрни жамлаб, ақлни ишлатиб, қаламни созлаймиз. Янги матнлар, насиб қилса, яқин истиқболда.

Жамшид Муслимов
1.2K viewsedited  07:18
Ochish/sharhlash
2022-08-05 17:11:28 Qadim-jadid bahsi asta-sekinlik bilan neoqadim-neojadid bahsiga aylanib ketganidan hursandman. Bahs-munozara bo'lishi kerak, shunda haqiqat topiladi. Faqat, fair play bo'lsin, "yengil takfiringiz" o'tmaydi .

Shunchaki, o'zini asl Islom va millat himoyachisi sifatida taqdim etayotgan muhattaplarimiz tarixdan ozgina o'qib olsalar yaxshi bo'lar edi.

Muhofazakorlarimiz tarixidan ikkitagina fakt keltiraman, who is who ekanligini urg'ulash uchun:

Mana, masalan Sho‘roi Ulamoning (qadimchilarning asosiy tashkiloti) raisi Sherali Lapin Ulamo jamiyati nomidan Toshkent sovetiga, yani dinsiz bolsheviklarga ajoyib murojaat yozadi.
U xatda Yevropa sotsializmining asl manbasi islomda bo‘lib, uning ijtimoiy adolat haqidagi taʼlimoti Marksning kapitalizm tanqididan ancha oldin mavjud bo‘lganini, shuning uchun ham aynan islomning asl muhofizi bo‘lmish ulamolar musulmon jamiyatida inqilobning haqiqiy kuchi va (musulmon jamiyatini yevropalashtirish orqali kapitalizmga yo‘l ochmoqchi bo‘lgan «soxta taraqqiparvarlar», yaʼni jadidlardan farqli o‘laroq) sovet hokimiyatining tabiiy hamkori bo‘lishi kerak degan fikrni bildirgan.

Yoki, ikkinchi fakt. Yana o'sha qadimchilar Toshkent shahar dumasiga "badmazhab kafkazli, dinsiz tatarlardan" iborat jadid nomzodlari o'tmasligi uchun mahalliy aholini rus kolonialist vakillariga ovoz berishga chaqirgan.

Endi savol tug'iladi, sizlar nimani muhofaza qilyapsizlar? Ajdodlaringiz kabi, yana status-kvonimi?
1.1K viewsedited  14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:11:55 Neojadidlarning maslagi jumhuriyatchilik g'oyasini targ'ib etish bo'lishi kerak degan edik. Bu nima degani? Odam tahakkumsiz erkinlikda yashashini ta’minlash yohud neo-feodal O'zbekistonda odam qadrini tiklash deganidir.

To'liq maqola...
1.2K viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-08-04 17:07:54 Neojadid g'oyasi ko'plarda savol va e'tirozlar paydo qilgan edi. Shular haqida Jamshid Muslimov, liberal Xurshid Yoldoshev va anarxist Eldar Asanovlar bilan suxbatlashdik. Iltimos, fikr bildiring.


1.1K viewsedited  14:07
Ochish/sharhlash