Get Mystery Box with random crypto!

NeoJadid

Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid N
Telegram kanalining logotibi neojadids — NeoJadid
Kanal manzili: @neojadids
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.33K
Kanalning ta’rifi

Dunyoga o'zbekona nazar.
Aloqa: @NeojadidBot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-19 08:15:36 Kichik odam haqida...

Guliston XTB rasmiysi "dangal" bayonot bilan chiqibdi. Ertaga sudga tortilsa, “men kichik odaman, davlat siyosatini bajardim, xolos” deydi. Va haq bo’ladi: din borasidagi davlat siyosati hamon sekulyarizmning sovetcha talqiniga asoslangani bois, ijrochilar uni jangovor ateizm bilan haqli ravishda adashtirib yuboryapti.

Lekin gap hozir elitaning davlat siyosatiga asos bo’layotgan fobiyalari haqida emas. Menga ko’proq mana shu, har qanday adolatsiz siyosatni ikkilanmasdan ijro etuvchi “kichik odamlar” psixologiyasi qiziq. Ertaga tolibonsifat hukumat iqtidorga kelsa, huddi shu Guliston XTB rasmiysini huddi shunday shijoat bilan hammani burqaga tiqadi.

“Kichik odam” har qaysi totalitar yoki avtoritar davlatning asosi hisoblanadi, zulm doimo mana shularning yordami bilan kuchda.

Masalan, 1926-yilda kompartiya O’zbekistonda “mafkuraviy front” ochdi. Ya’ni, mafkuraviy turfalikni yoqotib, o’rniga yaqona to’g’ri kommunistik aqidani o’rnatishga jiddiy kirishdi. Avvalo bu Islomga qarshi kurashni anglatar edi. Masjid va xonaqohlar yopildi, “Hujum” kampaniyasi boshlandi.
Garchi mafkuraviy fron g’oyasining muallifi yevropeetslardan iborat Kompartiya va OGPU bo’lsa-da, uni tatbiq etishda asosiy jonbozlikni mahalliy aholidan chiqqan faollar ko’rsatgan. Toshkentda shu faollar norozi mahalla ahlini o‘z haq-huquqidan mahrum qilish tahdidi ostida masjidni buzgan. G‘ijduvonda mahalliy partiya kotibi va bir necha faol masjidni buzishga chog‘langanida norozilar qishloqdan haydalishi haqida ogohlantirilgan. Qishloqning sobiq oqsoqoli Ashur oqsoqol bu qarorga o‘z roziligini berib, imzo cheksa ham, faollar namoz vaqtida uni minoradan turib masjid hovlisiga bavl qilishga majbur qilishgan. Va bunday misollar ko’p.

Kechagina musulmon bo’lgan faollar shunday shijoat bilan ishga kirishgan-ki, bu “jonbozlik” natijasida mahalliy aholi orasida norozilik va e’tiroz uyg‘onishidan qo’rqib ketgan kompartiya va OGPU ularni jilovlab turishga majbur bo’lgan. Masalan, OGPU Sredazbyurodan Ramazon oyida saharlikka chaqiruvchi do‘mbiralarni taqiqlagan Xo‘jand shahar ispolkomining qarorini bekor qilishni so‘radi, chunki bunday qaror sovet hukumati dinga qarshi kurashmoqda degan tasavvurni uyg‘otishi mumkin edi.

Bugungi o’zbek jamiyati ham “tinchligi” evaziga hamma prinsiplarini, o’z ruhini, ajdodlarining barcha sa’y-harakatlarini, avlodlarning butun kelajagini, imkoniyatlarini (va boyliklarini!) berib yuboradigan “kichik insonlardan” iborat.

O’zbek jamiyati oldida turgan eng asosiy tahdid ham shu “kichik odam”dan kelib chiqadi.

Neojadid maslagi demak “Kichik odam” sindromi nimadan iborat ekanligini anglashdan, uni qanday isloh etish mumkinligini tadqiq etishdan iborat.
335 viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2022-07-19 05:25:23
Dunyo sening tog'angmas....

Asli Sibirlik bir rus soldati Ukrainada o'libdi. Yaqinlariga berilgan kompensatsiya faqatgina janazaga yetibdi.

Oilasi bundan norozi bo'lib, jurnalistlarga murojaat qilgan. Ziyrak Twitter esa jurnalistik lavhada oilaning muzlatgichida ukrain firmalariga tegishli garantiyani payqab qoldi.

Ya'ni, marhum askar birovning muzlatgichini o'lja sifatida uyiga yuborgan.

Rus bosqinchilari ukrain xonadonlarini talon-taroj qilayotgani haqida xabarlar tajovuzning ikkinchi oyidayoq bolalagan edi.
499 viewsedited  02:25
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:58:36 "ULAR" loyihasi “Millat oydinlari” deya ataluvchi jadidlar, ularning siyosiy harakatlari, umuman olganda, jadidlarning millat rivoji uchun qo‘shgan hissasi haqida hujjatli film olibdi. Tavsuyu.
569 views13:58
Ochish/sharhlash
2022-07-15 17:31:01 Tarixchi Adib Xolidning fikricha, tarixan, qoraqalpoqlar ko‘proq qozoqlarga yaqin ko‘rilgan. 1924 yillarda chegaralar belgilanayotgan paytda ko‘plab qozoq yetakchilari qoraqalpoqlar qozoqlarning bir bo‘g‘ini, alohida millat emas, degan daʼvolar bilan chiqishgan. Yaʼni, ularning o‘rtasida o‘xshashliklar bor. Lekin, O‘zbekiston tarkibidagi 70 yil – qoraqalpoqlarda O‘zbekistonga oidlik hissi va qozoqlardan ayrim farqli jihatlarni yaratib ulgurdi.

Shu bilan birga, qoraqalpoqlarning ichida uzoq saqlangan va O‘zbekiston tarkibida bo‘lganidan tug‘ilgan norozilik yo‘q. Nukusdagi voqealarga asosan hukumatning respublika maqomini o‘zgartirishga qilgan birtomonlama harakati sabab bo‘ldi.
919 views14:31
Ochish/sharhlash
2022-07-10 19:54:43 Mulozimlarning rasmiy nutqini diqqat bilan eshitsangiz, voqeligimiz haqida Freydlarcha izohlarni ko‘p uchratasiz.

Masalan, biz yangi, Uchinchi Renessans poydevorini qo‘ymoqdamiz deb aytilmoqda. Tarixan Renessans (Tiklanish), nomi aytib turganidek, doimo tanazzuldan keyin kelgan. Xususan, Yevropada Renessans johillik va turg‘unlik ramzi bo‘lmish feodal O‘rta Asrlardan keyin kelgan.

Analogiyani davom etsak, agar Uchinchi Renessans "porloq kelajagimiz" bo‘lsa, demak, "zulmatdagi bugunimiz" neo-feodal O‘rta Asrlar ekan-da?

Haqiqatdan ham, baʼzi jamiyatshunoslarning fikricha, O‘zbekiston sotsializmdan kapitalizmga emas, birato‘lasi neo-feodalizmga sakragan.

Neo-feodal jamiyatning eng ko‘zga tashlanadigan xususiyati bu ojizlik, himoyasizlikdir. Odamlar на shaxsan, на iqtisodiy yoki ijtimoiy, siyosiy nuqtai nazardan o‘zini omon, himoyalangan deb biladi. Zulm va u bilan bog‘liq bo‘lgan beqarorlik avjiga chiqqan. Ayni damda, huquq, adolat bilan bog‘liq tushunchalar tobora ahamiyatini yoqotyapti. Odamlar qonun-qoida bo'yicha emas, "ponyatkalar" bilan yashaydi.

Huquqiylik nafaqat mulozimlarning hatti-harakatida, balkim oddiy odamlar va ziyolilarning ongida ham deyarli hech qanday rol o‘ynamaydi.

Bunga masalan, Qoraqalpoq voqealarida guvoh bo‘ldik: omma ham, ziyolilar ham, mulozimlar ham har qanday huquqiylik, adolat mulohazalarini chetga surib qo‘yib, "bayroq atrofida" darg‘azab jipslashdi.

Lekin aynan shu, bizda mavjud bo‘lmagan huquqiylik, huquq ustivorligi boshqa “ajratuvchi” mafkuralardan farqli o'laroq, jamiyatni birlashtiruvchi o‘ziga hos meta-mafkura sifatida xizmat qilishi mumkin. "O'zingiz yozgan Konstitutsiyangizga o'zingiz ham amal qiling" talabi ham dindor, ham ateist, ham kambag'al, ham boy, ham davlat xizmatchisi, ham ishsizga birdek jozibador bo'lsa kerak.

Xullas, shu huquqiy ong bilan bog‘liq masalalarni Jamshid Muslimov, Khurshid Yoldoshev va Dilbar Khaydarovalar bilan muhokama qildik.



1.3K viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash
2022-07-09 11:01:33 Kill your darlings yohud sevganlaringizni qurbon qiling!

Qurbon Hayit ortida turgan voqeadan ko‘plar xabardor bo‘lsa kerak: Ibrohim alayhissalom kech farzand ko‘radi. Alloh uning sadoqatini sinash maqsadida mana shu, hayotining maʼnosiga aylangan yakkayu yolg‘iz o‘g‘li Ismoilni qurbon qilishga buyuradi. Ibrohim alayhissalom ikkilanadi, qiynaladi, lekin Allohning irodasi deb, o‘g‘lini qurbon qilishga kirishadi. Ohirgi daqiqada bu qurbonlik qo‘chqor qurbonligi bilan almashtiriladi.

Qissadan hissa: odam durust odam bo‘lib qolishi uchun baʼzida o‘z sevgan narsalaridan ham voz kecha olishi kerak. Ideallari uchun sevganlarini qurbon qila olishi kerak.

Ali Shariatiy aytganidek, barchamizning undan voz kecha olmaydigan “Ismolimiz” bor. Sening Ismoiling kim? Faqatgina o‘zing bilasan buni, boshqa hech kim. Balki oilang, turmush o‘rtog‘ing, sevgiling, karyerang, isteʼdoding, kuching, maqoming, puling, kasbing, ilming, shuhrating, rutbang, yoshliging, go‘zalligingdir?

Aynan nimaligini bilmayman, lekin Ibrohim Ismoil alayhissalomni sevganidek, sening ham o‘ta sevgan narsang bo‘lsa kerak. Nimaiki sening hurriyatdan mahrum qilsa, o‘z burchlaring va vazifangni bajarishingga to‘sqinlik qilsa, seni xursand qilib, haqiqatni eshitish va bilishingga to‘sqinlik qilsa, maʼsuliyatni o‘z zimmangga olishdan ko‘ra nega unday qilolmasligingga (joiz) sabablarni qalashtirishinga olib kelsa, shu sening “Ismoilingdir”. Agar Allohga yaqinlashishni istang, shu “Ismoilingni” qurbon qilishing lozim.

Payti kelib talab etilganda Ismoilingizni qurbon qilishda zaiflik qilsangiz nima bo'ladi? Martin Lyuter King o'zining eng ta'sirli "Aksincha bo'lsa ham..." vaazida aytganidek bo'ladi:

"Siz ham ehtimol mendek 38 yoshdadirsiz, tasavvur qiling, shunday ahvolga tushdingizki, oʻzingizning buyuk maslagingiz, muazzam maqsadingiz uchun sabot-la turib berishingiz kerak boʻldi. Ammo siz ortga tisarildingiz. Chunki qoʻrqdingiz, uzoqroq yashashni istadingiz; ishingizdan ayrilishdan, tanqid oʻqiga nishon boʻlishdan, omma nazaridan qolishdan, kimdir pichoqlab oʻldirishidan, kimdir oʻq uzishidan, kimdir uyingizga oʻt qoʻyishidan qoʻrqdingiz. Shu bois, oʻz qadriyatingiz uchun sabot-la turib berishni istamadingiz. Durust, ehtimol uzoq yashab, 90ga kirarsiz, ammo bilib qoʻying, siz 38 yoshdayoq oʻlgansiz!"
2.4K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-07-06 03:38:41 Тор кўнгуллик беклар, ман-ман деманг, кенглик қилинг
Тўқсон икки бори ўзбак юртидир, тенглик қилинг.

Бирни қипчоқу хитою, бирни юз,найман деманг,
Қирқу юз минг сон бўлуб, бир хон ойинлик қилинг.

Бир яқодин бош чиқориб, барча бир тўнға кириб,
Бир ўнгурлик, бир тиризлик, бир яқо, енглик қилинг.

Ким қўюбдур, уҳдаи ўз мулкунгиздин чиқмайин,
Икки, уч, тўрт даъвосин этмакни, кўтаҳлик қилинг.

Мардлар майдон чекиб, рангин кўториб захмлар,
Сизга йўқ ул жавҳаре, юзга упо-энглик қилинг.

Турди Фароғий

@javlonjovliyev
1.2K views00:38
Ochish/sharhlash
2022-07-02 14:51:45 Просто для информации.

У Каракалпакской республики в 20 веке была очень извилистая история. В начале прошлого века часть её, по правому берегу Амударьи, входила в состав Сырдарьинской области Туркестанского генера-губернаторства. Это был Амударьинский отдел, созданный имперскими властями из территорий Хивинского ханства для того, чтобы контролировать Амударью как стратегическую артерию и саму Хиву. Начальник Амударьинского отдела был не просто начальником уездного уровня, а фактически российским агентом в Хивинском протекторате. Левобережная часть нынешней республики осталась в Хивинском ханстве. Южный Юстюрт, пустынное и безжизненно плато, находилось в составе Закаспийской области, которая подчинялась сначала Кавказскому наместничеству, потом напрямую Военному министерству как отдельная административная единица и только на рубеже 20 века вошло в состав Туркестана.

В советское время история была такой же извилистой. Сначала Амударьинский отдел получил статус области внутри Туркестанской республики, именно оттуда советские войска вторглись в Хиву и свергли монархию. В 1925 году в результате национального размежевания Амударьинская область была преобразована в Кара-Калпакскую автономную область, территория которой выросла почти втрое: туда вошли правобережье Амударьи и южный Устюрт. Сама область, столицей которой был Турткуль (Петро-Александровск) вошла в состав Казахской автономной республики, которая в свою очередь вошла в состав Российской федерации. В 1930 году область была выведена из подчинения Казахстана и напрямую вошла в состав Российской федерации, была преобразована в самостоятельную автономную республику со столицей теперь уже в Нукусе.

В 1936 году, когда по Центральной Азии прошла вторая волна размежевания (в частности Казахстан стал союзной республикой) Каракалпакская автономная республика была включена в состав Узбекской союзной республики и сохранилась там уже до распада СССР. В начале 90-х власти Ташкента и Нукуса по примеру Москвы и Казани заключили договорные отношения, которые как бы подчёркивали суверенный статус Каракалпакстана, хотя фактически подтвердили его прежний автономный статус.

Мира всем! Сергей Абашин
1.5K views11:51
Ochish/sharhlash
2022-07-02 08:12:10 Qoraqalpoq masalasida havotir olmasangiz bo'ladi. Yahudiy donishmandlari aytganidek, agarda muammoni pul bilan hal qilish mumkin bo'lsa, demak u muammo emas, harajatdir.

O'sha noo'rin konstitutsiyon o'zgartirishlar bekor qilinadi, byudjetdan odatdagidan ko'proq pul ajratiladi, masala shu bilan vaqtincha yopiladi.

Ajralib chiqib, mustaqil yashash harakati uchun qoraqalpoqlarda na mafkuraviy (intellektual), na yetarli insoniy yoki moddiy resursi bor. Geografiyasi ham bunga yo'l qo'ymaydi, demografiyasi ham. Qo'shni davlatlarga, hususan Qozog'iston va Rossiyaga ham qoraqalpoq deb O'zbekiston bilan janjallashish hech kerak emas.

Qoraqalpoq noroziligi muammoligicha qolaveradi: qoroqolpoqlar aslida mustaqilligi uchun emas, qadriga yig'laydi.

Bu muammo kengroq o'zbek noroziligi qanday hal qilinsa, shunday hal qilinishi lozim: faqat neo-feodallar uchun emas, barcha uchun durust turmush, durust munosabat, durust imkoniyatlarni yaratish orqali.
1.1K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2022-07-01 07:26:12
Ziyoli bilan faol o'rtasida suxbat.
1.0K views04:26
Ochish/sharhlash