Get Mystery Box with random crypto!

2016 yildan boshlab qandaydir jo'yali islohotlardan umidvor bo | NeoJadid

2016 yildan boshlab qandaydir jo'yali islohotlardan umidvor bo'lgan insonlar o'zining aldangandek his qilmoqda. Ayib o'zlarida.

Ijtimoiy fanlarda biror bir shaxsning jamiyatda samarali o'zgarishlarni amalga oshira olishi borasida ikki hil, zid qarashlar mavjud.

Rus yozuvchisi Lev Tolstoy'ning fikricha, buyuk yetakchilar (qirollar, prezidentlar, peshvoi millatlar va hkz) aslida tarixning (jamiyatdagi jarayonlarning) quli. Yetakchilar, to'ralar o'zlarining nazorati, qudratidan tashqarida bo'lgan millionlab sabab va jarayonlar natijasida vujudga kelgan tarixiy to'lqinlarning cho'qqisiga tasodifan chiqib qolgan pyodalardir, ularning tarixiy jarayonlarga ta'siri deyarli nolga teng.

«Для изучения законов истории мы должны изменить совершенно предмет наблюдения, оставить в покое царей, министров и генералов, а изучать однородные, бесконечно малые элементы, которые руководят массами. Никто не может сказать, на сколько дано человеку достигнуть на этом пути понимания законов истории; но очевидно, что на этом пути только лежит возможность уловления исторических законов» deydi Tolsoy.

Ingliz tarixchisi Tomas Karlayl esa o'zining "Great man" nazariyasida "tarix -bu buyuk insonlarning tarjimai holi' deb hisoblaydi. Ya'ni, buyuk yetakchilargina (qirollar, prezidentlar va hkz) butun boshli millatlarni taqdirini hal etishi, tarixni (jamiyatni) o'z xohishiga ko'ra shakllantirishi mumkin. Millat g'oyoki buyuk insonlarning qo'lida plastilin, qanday shaklni xohlasa, shuni beraveradi.

Karlaylcha yondashuv sovet davrida urf bo'lgan. Ilk kommunistlar paydo bo'lgan 19 asrda Tomas Karlaylning fikrlarining mashhurligi eng avjiga chiqqan payt edi. Ilk kommunistlar o'zini tanlanganlar, sarbadorlar partiyasi deb bilgan.

"О политической стратегии и тактике русских коммунистов" degan maqolasida Stalin shunday deydi: "Компартия как своего рода орден меченосцев внутри государства Советского, направляющий органы последнего и одухотворяющий их деятельность".

Kompartiyaning rasmiy shiorlari esa "Партия - это Ленин" (Lenin tirikligida), keyin esa «Сталин — это Ленин сегодня» bo'lgan. Kommunistlar buyuk insonlarning yetakchiligiga bunday katta urg'u berishi alaloqibat nafaqat shahsga sig'inish bilan tugadi, balkim jamiyatni chuqur isloh qilishga ham yo'l bermadi. Lenin, Stalinlar tayyor bo'lmagan, qarshilik ko'rsatayotgan jamiyat ustidan tajriba o'tkazdi. Natijada, bunday buyuk shaxs- markazli modernizatsiyaning kommunistik loyihasi tanazzulga uchradi desa ham bo'laveradi. Buni masalan, SSSR kabi qudratli davlat bir kunda tarix sahnasidan yoqolib ketganidan ham ko'rsa bo'ladi.

Biz, hozirgi o'zbeklar, ham Tomas Karlaylning nazariyasining dunyodagi eng so'nggi muhlislaridanmiz. Buni, masalan, O'zbekistonda barcha ishlar "muhtaram prezidentimiz rahnamoligida" amalga oshirilishidan, o'zgarish va islohotlarning muvaffaqiyatini o'zimizdan emas, aynan rahbarlarning tashabbusi va shijoatida deb bilishimizdan ko'rsa bo'ladi. Amaldagi rahbarning bir so'zi bilan tashqi va ichki siyosatimizdagi masalalarga munosabatimiz ham bir zumda o'zgarib ketaveradi.
Boshqa rivojalngan va rivojlanayotgan davlatlarda esa millat taqdirini biror bir shaxsning hatti-harakatlariga bo'glashdan allaqachon voz kechilgan. Hech qaysi inson, naqadar u irodasi kuchli, aqli raso va boshqa buyuk hislatlar egasi bo'lmasin, yakka o'zi butun boshli millatni isloh qila olmagan, qila olmayapti va qila olmaydi ham.

Toki jamiyat islohotlarga egalik qilib, ularda faol ishtirok etmaguncha.

Shuning uchun Karimov, Mirziyoyev yoki yana allaqanday dahodan najot kutmay yashash kerak. Bu borada Sharqiy Yevropaning tajribasi, jumladan Sovet zulmi ostida yashagan chex yoki polyaklar ixtiro qilgan parallel polis, muqobil madaniyat va hokazo tushunchalar qo'l keladi.

Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg'on yomon.
Ul shirin yolg'onga mendek aldanib qolg'on yomon.

Achchiq haqiqatni tanlash vaqti keldi.