Get Mystery Box with random crypto!

Qadim-jadid bahsi asta-sekinlik bilan neoqadim-neojadid bahsig | NeoJadid

Qadim-jadid bahsi asta-sekinlik bilan neoqadim-neojadid bahsiga aylanib ketganidan hursandman. Bahs-munozara bo'lishi kerak, shunda haqiqat topiladi. Faqat, fair play bo'lsin, "yengil takfiringiz" o'tmaydi .

Shunchaki, o'zini asl Islom va millat himoyachisi sifatida taqdim etayotgan muhattaplarimiz tarixdan ozgina o'qib olsalar yaxshi bo'lar edi.

Muhofazakorlarimiz tarixidan ikkitagina fakt keltiraman, who is who ekanligini urg'ulash uchun:

Mana, masalan Sho‘roi Ulamoning (qadimchilarning asosiy tashkiloti) raisi Sherali Lapin Ulamo jamiyati nomidan Toshkent sovetiga, yani dinsiz bolsheviklarga ajoyib murojaat yozadi.
U xatda Yevropa sotsializmining asl manbasi islomda bo‘lib, uning ijtimoiy adolat haqidagi taʼlimoti Marksning kapitalizm tanqididan ancha oldin mavjud bo‘lganini, shuning uchun ham aynan islomning asl muhofizi bo‘lmish ulamolar musulmon jamiyatida inqilobning haqiqiy kuchi va (musulmon jamiyatini yevropalashtirish orqali kapitalizmga yo‘l ochmoqchi bo‘lgan «soxta taraqqiparvarlar», yaʼni jadidlardan farqli o‘laroq) sovet hokimiyatining tabiiy hamkori bo‘lishi kerak degan fikrni bildirgan.

Yoki, ikkinchi fakt. Yana o'sha qadimchilar Toshkent shahar dumasiga "badmazhab kafkazli, dinsiz tatarlardan" iborat jadid nomzodlari o'tmasligi uchun mahalliy aholini rus kolonialist vakillariga ovoz berishga chaqirgan.

Endi savol tug'iladi, sizlar nimani muhofaza qilyapsizlar? Ajdodlaringiz kabi, yana status-kvonimi?