Get Mystery Box with random crypto!

Saroy blogerlari, turli usulda, lekin bir mujdani singdiryapti | NeoJadid

Saroy blogerlari, turli usulda, lekin bir mujdani singdiryapti: Prezident Administratsiyasiga yangi rahbarlar keldi va endi hamma narsa ijobiy tomonga o'zgaradi. Buni saroy blogerlari "kelib tushgan insayder ma'lumotlarga" asoslanib, PA ma'sul hodimlari qatnashgan har bir yig'ilish "o'ta tanqidiy ruhda o'tayotganligini" urg'ulash orqali ko'rsatmoqchi. Mujdaga ishonolovursin :).

NeoJadidlarning fikricha esa, najot shaxslarda emas, institutlarda. Shaxslar hukmronligidan institutlar hukmronligiga o'tish zarurati allaqachon pishgan. Bu masalani ortga suraverish faqatgina muammolarimiz hronik yoki isloh qilib bo'lmaydigan tus olishiga sabab bo'lyapti. Hususan, siyosiy hokimiyat bir shaxs yoki bir guruh shaxs qo'lida mujassamlashgani natijasida:
- o'sha shaxslarning iqtidorini cheklovchi parlament yoki sud hokimiyati zaiflashadi. Zaif OM QP yoki Oliy sud rahbari kim bo'lishi shuning uchun ham unchalik muhim emas, baribir ko'p narsani o'zgartirolmaydi.
- Byurokratiya (amaldorlar sinfi) davlat siyosatining yagona ijrochisi sifatida jamiyatni bosib qo'yadi.
- Siyosiy raqobat o'rniga mahfiy apparat o'yinlari muhim o'rin tutadi: har bir klan yoki "ta'sir guruhlari" o'zining odamlari orqali jamiyat foydasiga emas, o'z foydasiga siyosat yurgizishga kirishadi. Va hokazo, hokazo minglab negativ oqibatlar paydo bo'ladi.

Shaxslar hokimiyatidan institutlar hokimiyatiga o'tishni, G'arbdan boshqa, juda kam davlatlar eplay olgan, bu juda murakkab va xafvli jarayon. Lekin bu o'tishsiz umrbod qashshoq, zaif davlat holatida qolishimiz ham aniq.

Institutsional islohotni, masalan, hozirda isloh qilinayotgan Konsitutsiyada siyosiy iqtidorga yakka shaxsning (prezidentning) monopoliyasini bartaraf etishdan, Oliy Majlis va sudlarga ko'proq vakolat berishdan, ularni Prezident Administratsiyasining nazoratidan ozod etishdan boshlash mumkin.

Faqat kim buni qiladi degan savolga, jadidchi Hoji Muin kabi, "bu savollarga qarshi to'g'ri javob yozilg'onda ixtiyorsiz qalam uyolur, kishi istiqboldan ma'yus bo'lur".