Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-01-20 19:03:25
Nutqni rivojlantirish uchun tavsiya etiladigan kitoblar!

Har bir insonning qiziqishi va dunyoqarashiga ko‘ra adabiyotlar ro‘yxati ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo barcha o‘qishi lozim bo‘lgan qator asarlar borki, ularni o‘qimay turib, haqiqiy notiq bo‘lish biroz mushkul.

Ular sirasiga Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, shuningdek, O‘lmas Umarbekov, Said Ahmad hamda Tohir Malik asarlarini kiritgan bo‘lardik.

Diniy-badiiy kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, Akrom Malikning “Jangchi”, “Halqa” va Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub asarlarni mutolaa qilishni maslahat beramiz.

Mutolaa vaqtida ovozni chiqarib ifodali o‘qish maqsadga muvofiq.

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube
4.5K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-01-18 17:57:08 Jonli efirimiz boshlandi!

Instagram sahifamiz
1.0K views14:57
Ochish/sharhlash
2023-01-18 16:34:55
Rahbar inson notiq bo‘lishi lozim!

Korxona rahbari bo‘ladimi, shaxsiy biznes egasimi, bundan qatʼi nazar yetakchi inson, albatta, notiq bo‘lmog‘i shart. O‘z ishining ustasi bo‘lgani holda so‘zga chechan bo‘lmasa, qo‘l ostidagi xodimlar bilan muomala qilish bilimini egallamagan bo‘lsa, u rahbarning muvaffaqiyatga erishish foizi juda past bo‘ladi.

Yuksak g‘oyalar miyangda bo‘lsa-da, qudratli qurol – so‘z yordamida uni ifodalab, isbotlab berolmasang, g‘oya 0 ga teng.

Haqiqiy lider bo‘lishni istaysizmi? U holda Sizni Najot Nur notiqlik mahorati markaziga taklif etamiz. Ishoning, muvaffaqiyatning kaliti o‘z qo‘lingizda.

@najotnuruz
1.4K views13:34
Ochish/sharhlash
2023-01-18 14:15:34
Jonli efir!

Bugun soat 20:00 da barchangizni Instagram sahifamizda boʻlib oʻtadigan jonli muloqotda kutamiz.

Qiziqarli ma’lumotlar, foydali insaydlar va savollaringizga javoblar olishni istasangiz,
uchrashuvni o’tkazib yubormang!

Instagram sahifamiz

@najotnuruz
1.8K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2023-01-16 18:11:09
Qoʻrquv sizni boshqarmasin!

Qo‘rquv Sizni boshqarsa, kechagi kundan ko‘nglingiz to‘lmaydi, bugundan esa norozi bo‘lasiz. Aynan shu sabab kelajakka dadil qadam tashlolmaysiz. Ishlaringizda unum, ijodingizda siljish va o‘zingizda ishonch bo‘lmaydi. Insonlar orasiga kirishdan, omma oldida fikr bildirishdan hamda dilingizdagini tilingizga chiqarishdan cho‘chiysiz.

Bularning bari birgina mavhum qo‘rquv tufayli yuzaga keladi. Axir, nimadan qo‘rqayotganingizni o‘zingiz ham bilmaysiz-ku. Omadsizman, deyishga shoshilmang!

Hammasini tuzatish mumkin. Professional ustozdan notiqlik saboqlarini olib, hayotingizni ijobiy tomonga o‘zgartira olasiz. Bugungacha o‘zgargan yuzlab taqdirlar bunga misol bo‘la oladi. Sizga ham yordam qo‘lini cho‘zishga doim tayyormiz!

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650

@najotnuruz
549 viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2023-01-14 20:30:27 NAJOT NUR pinned a video
17:30
Ochish/sharhlash
2023-01-14 19:06:31
Onlayn kurslarimiz haqida so‘raganlar uchun

Notiqlik saboqlarini masofadan turib o‘rganuvchilar uchun kamina Najot Nur tomonidan maxsus yozilgan 12 ta videodars va 4 ta jonli Zoom darsidan iborat “Standart” tarifini taklif etaman.

Videodarslarni o‘zingizga qulay vaqtda va joyda tomosha qilishingiz mumkin. Bu imkoniyat 3 oy davomida saqlanib qoladi. Faqat aytilgan mashqlarni to‘liq va davomiy bajarib borishingiz kifoya. Bu kuratorlar tomonidan nazorat qilinadi va tahlil qilib boriladi.

Har hafta ustozlar — Najot Nur, Sirojiddin O‘sarov hamda Islombek Qoraboyevlar tomonidan jonli Zoom darslari o‘tiladi va o‘quvchilarning nutqini rivojlantirish ustida ishlanadi.

Yangi darslarimiz 16-yanvardan start oladi

Siz ham darslarda qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

Ro‘yxatdan o‘tish
1.2K viewsedited  16:06
Ochish/sharhlash
2023-01-14 17:35:21
Notiq uchun tashqi ko‘rinishning qanchalik ahamiyati bor?

Notiq chiroyli ovozga ega bo‘lsa, tanlagan mavzusini zo‘r bilsa va uni maromiga yetkazib gapirib bera olsa bo‘ldi-da, uning uchun tashqi ko‘rinishning qanday ahamiyati bor deb o‘ylayotgandirsiz?

Katta ahamiyati bor, desak, fikrimizga qo‘shilmasligingiz ham mumkin. Ammo statistika buning aksini tasdiqlaydi.

Tashqi ko‘rinish oz emas, ko‘p emas, nutqimiz muvaffaqiyatining teng yarmidir. Tarozining bir pallasida nimani va qanday gapirishimiz tursa, ikkinchi pallasida tashqi ko‘rinishimiz ham xuddi shuncha tosh bosarkan. Shunday ekan, omma oldiga chiqishdan avval tashqi ko‘rinishimizni ham taftish qilib olishimiz shart va zarur!

@najotnuruz
730 views14:35
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:27:28
Biz bilan birga sobit ishonch ila yo‘lga chiqqanlar muvaffaqiyat darvozasiga dadil qadamlar tashlab yetib kelyapti.

Siz-chi, haliyam xatolaringiz nimadaligini, ularni qanday to‘g‘rilash kerakligini bilolmay o‘ylanyapsizmi? Keling, biz sizga ko‘zgu tutamiz, xatolaringiz ustida birga ishlaymiz, va albatta, ularni yengamiz!

Zero, yaxshi ustozgina kasb sirlarini, notiqlikning nozik jihatlarini professional darajada o‘rgata oladi.

@najotnuruz
944 views14:27
Ochish/sharhlash
2023-01-12 17:21:22
His-hayajonni yengish usuli bormi?

Omma oldiga nutq so‘zlagani chiqqaningizda yaxshi bilgan mavzularingiz ham to‘satdan yodingizdan ko‘tariladimi? Xotirangiz xuddi oppoq varaqqa aylanib qolgandek yoki o‘zingizni darsga tayyorlanmagan o‘quvchidek his qilasizmi? Aslida buning sababi — juda oddiy!

Siz kuchli his-hayajon ostidasiz! Inson hayajonlanganda xayoli yovvoyi kaptardek uchib ketadi go‘yo. Xo‘sh, bu nima uchun sodir bo‘ladi va ayni vaziyatga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Omma oldiga chiqqaningizda bilimingizni ularnikidan past deb baholashingiz, men ulardek ravon, tiniq va jarangdor gapira olmayman deb o‘ylashingiz hayajonga sabab bo‘ladi. Bunday fikrlashni hoziroq bas qiling! Sahnaga ularni emas, aynan sizni taklif qilishdimi, demak, bunga asos bor.

Professional notiq Najot Nur saboqlaridan olsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch yanada ortadi va Siz har qanday omma oldida bemalol, hayajonga berilmay nutq so‘zlash sanʼatini puxta egallaysiz!

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650

@najotnuruz
1.2K views14:21
Ochish/sharhlash