Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-12-26 17:52:49
Nutqimdan hech qoniqmayman. Nima qilsam, nutqim o‘zimga ham yoqa boshlaydi?

Sizga tavsiyamiz: albatta, notiqlik texnikasini yaxshilab o‘zlashtiring. Barcha kasb-u hunarlarning o‘z sir-asrorlari bo‘ladi. Notiqlik oddiy va oson egallanadigan kasb emas. Uning sharti shunchaki chiroyli so‘zlarni jamlab, jimjimador qilib talaffuz etishdan iborat ham emas.

Buning uchun, talaygina maxsus mashqlarni bajarish va ularni muntazam ravishda takrorlash talab etiladi. Ular sirasiga yong‘oq, artikulyatsiya va hayajonni yengish mashqlarini kiritish mumkin.

Shuningdek, ko‘p kitob o‘qing va fikrlaringizni tizimlashtirish hamda mazmunli bayon qilish ustida ishlang. Ana undan so‘ng nutq so‘zlasangiz, sizni tinglashadi va fikringizga qo‘shilishadi, bundan esa, tabiiyki, Sizda o‘zingizga bo‘lgan ishonch ortadi.

Iliq fikrlarni eshitavergach, nutqingizdan qoniqish hissini tuya boshlaysiz. Taʼkidlab o‘tish kerak, bularning bariga amal qilish oson kechmaydi. Bunda, albatta, yaxshi ustoz kerak bo‘ladi. Notiq Najot Nurning o‘quv kurslarida Siz barcha zarur bilimlarni, kerakli tavsiya va maslahatlarni olishingiz mumkin!

@najotnuruz
834 views14:52
Ochish/sharhlash
2022-12-24 15:03:44
Biznes murabbiy Ibrohim Gulyamov bilan “Layner” oromgohida o’tkazilgan 3 kunlik layf kouchingdan lavhalar.
1.5K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-12-23 19:11:34
Gapirish, so‘zlash va nutq irod etish orasida farq bormi?

Aslida bir-biriga sinonim hisoblangan bu fe’llar aynan shu harakatni qay tarzda amalga oshirishni ham bildiradi. Nima deb o‘ylaysiz, chiroyli, o‘rinli va mazmunli so‘zlash insonning hayotiga ta’sir o‘tkazishi mumkinmi?

Albatta, mumkin! Oshirvormadik, bu — ayni haqiqat. Qaysi kasb yo hunar egasi ekanligingiz, qaysi jinsga mansubligingiz yoxud yoshingiz nechada ekanligidan qat’i nazar notiqlik san’atidan boxabar bo‘lsangiz, hayotda boshqalardan ko‘ra bir qadam oldinda yurasiz, ko‘proq yutuqlarga erishasiz.

Xaridor va buyurtmachilar bilan muomala qilishda, hamkorlar bilan munozaralar o‘tkazishda yaxshi ma’noda gapdon bo‘lish faqat qo‘l keladi. Hatto oila, do‘stlar va yaqinlar davrasida yoqimli suhbatdosh bo‘lish uchun ham so‘zlash mahoratidan saboq olish kerak bo‘ladi.

Najot Nur notiqlik mahorat markazi — Siz izlagan, kutgan va istagan o‘quv maskani.

Kurslarga roʻyxatdan oʻtish
+998712000650

@najotnuruz
914 viewsedited  16:11
Ochish/sharhlash
2022-12-23 15:19:09
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Qiyomat kunida qo‘shnilarim qani? Qo‘shnilarim qani?", deydi. Farishtalar: "Ey Robbimiz, Sen bilan qo‘shni bo‘lishga kim haqli?", deb so‘rashadi. Shunda Alloh: "Masjidlarni obod qiluvchi, bunyod qiluvchilar qani?" deydi”.

"Alloh ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi"  (Baqara surasi, 195-oyat)

Jannatda bir uyim bo‘lsa yoki joyini topib ehson qilsam-u mushkulim oson bo‘lsa, Alloh mendan rozi bo‘lsa, degan birodarlarimiz ko‘p oramizda.
Shunday saxovatpesha qadrdonlarimiz SULTONOBOD JOM'E  masjidi uchun quyidagi kartalarni qo‘yib bormoqdamiz.

UZCARD: 8600042371760579 (Zaylobidinov X)
HUMO:    4073420081796751 (X.Zaylobidinov)
Naqd pul masalasida:
+998905864117 Ustoz Iqboljon hoji
+998903060060 Ustoz Tolibjon hoji domla

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:   +998911380504
Manzil: Farg'ona viloyati Bag'dod tumani. Sultonobod jom'e masjidi.
https://t.me/sultonobod_masjidi_muhokama
677 views12:19
Ochish/sharhlash
2022-12-23 10:35:24
Matematika ixlosmandlari uchun topshiriquz dan yana bir imkoniyat! Bayramona "IMKON" tanlovida qatnashing va mantiqiy firklashingizni yanada kengaytiring.
Tanlov 2022 yil 26 dekabr 00:00 (GMT+5) da boshlanib
2022 yil 30 dekabr 23:59:59 (GMT+5)da tugaydi.
Shu vaqt oralig'ida eng ko'p SETAGI boshqotirmasini ishlagan active foydalanuvchilar quyidagi sovrinlarni qo'lga kiritishlari mumkin!

Easy(oson) daraja bo'yicha:
birinchi 10 ta ishtirokchi uchun har biriga 50 000 so'm

Medium(o'rta) daraja bo'yicha:
birinchi 5 ta ishtirokchi uchun har biriga 100 000 so'm

Hard(qiyin) daraja bo'yicha:
birinchi 3 ta ishtirokchi uchun har biriga 150 000 so'm

Setagi boshqotirmasi MathTask(topshiriq.uz) mobile ilovamiz orqali ishlashingiz mumkin. Hammaga omad yor bo'lsin!

Barcha savollarga https://t.me/topshiriquz_admin orqali javob olishingiz mumkin.

Android iOS
1.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-12-22 17:51:05
Taqdimotlarda ko‘p gapirganimdan tomog‘im og‘rib qoladi, bunga yechim bormi?

Tasavvur qiling, professional bokschi katta musobaqada qatnashish uchun ringga ko‘tarilyapti. U jang boshlangungacha uzluksiz ravishda sakrab, havoga zarbalar yo‘llab, turli harakatlarni amalga oshirib turadi. Nima uchun? U tanasini qizdirayotgan bo‘ladi. Har qancha professional bo‘lmasin, agar u tanasini qizdirib, doimiy ravishda shug‘ullanib turmasa, mag‘lubiyat alamini totib qolishi mumkin.

Xuddi shunday notiqlar ham katta tajribaga ega bo‘lishiga qaramay, tadbirlarda nutq so‘zlashidan oldin o‘zini ruhan tayyorlash bilan bir qatorda jismonan ham tayyorlashi ayni muddaodir. Bunda quyidagi ovoz paychalarini qizdirish mashqi sizga qo‘l kelishi aniq.

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650

@najotnuruz
715 views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-22 15:51:16
Reklama har qancha zo‘r tayyorlanmasin, agar mahsulot yoki xizmatning o‘zi sifatli bo‘lmasa,u faqat bir marta yordam bera oladi. Notiqlik mahorati markazimizda sifatli ta’lim olib, yaxshi natijalarga erishayotgan tinglovchilarimiz ortidan o‘qishga talabgorlar safi doimiy ko‘payib bormoqda.

Biz uchun son emas, sifat muhimdir. Har bir tinglovchining yutug‘ini o‘zimizning muvaffaqiyatimiz deb qabul qilamiz va barcha birdek a’lo natijaga erishishi yo‘lida astoydil mehnat qilamiz. “Najot Nur” notiqlik mahorati markazi bu — shunchaki chiroyli so‘zlashni emas, balki so‘zlarga mehrni joylashni ham o‘rgatadi.

@najotnuruz
1.1K viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash
2022-12-20 17:05:50
Nutq texnikalarini shakllantirish

Bu juda oson. Tasavvur qiling, siz yosh bolaga yoki eshitishida muammosi bor insonga biror fikrni yetkazmoqchisiz. Gaplaringiz yana-da tushunarli bo‘lishi uchun qo‘llaringizni ham harakatga keltirasiz va shu orqali so‘zlaringizni tasvirlashga urinasiz.

Nutq so‘zlayotganingizda, avvalo, gaplaringizni o‘zingiz tasavvur qiling. Shunda qo‘llaringiz o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Bu esa nutqning taʼsirchanligini oshiradi. Samaraga erishish uchun ko‘zgu oldida yoki videokamera qarshisida shug‘ullaning.

Bunda meʼyorni bilish juda muhim. Behudaga qo‘llarni tinimsiz siltash, ularni ortiqcha harakatlantirish noo‘rin. Jestingiz nutqingizni ommaga yetkazishda o‘ziga xos qurol vazifasini o‘tashi kerak, ularni chalg‘itishi kerak emas!

Harakatlaringizni nazorat qilishni o‘rganish va ulardan professionallardek foydalanish uchun o‘z ustingizda ishlang, tasvirga oling, tahlil qiling, maslahatlashing va xatolaringizni to‘g‘rilang. Oz fursatda ijobiy natijaga erishasiz.

@najotnuruz
553 views14:05
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:53:51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qildi.

@najotnuruz
1.5K viewsedited  07:53
Ochish/sharhlash
2022-12-20 10:22:45 "Milliy o'zligimiz bo'lgan ona tiliga bo'lgan e'tibor kuchaytiriladi. Farzandlarimiz chet tillarini bilishi kerak. Ammo ona tilini bilishga majbur!" — Prezident
1.5K views07:22
Ochish/sharhlash