Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 24

2021-02-01 18:22:46
Tanishuv | Mening doʻstim A | (Anons)

Facebook I Twitter I Instagram

Rasmiy Telegram Kanal
2.4K viewsNajot Nur, 15:22
Ochish/sharhlash
2021-02-01 18:22:46 Abdukarim Mirzayev bolajonlar uchun ajoyib bir loyiha boshlabdilar. Original, oʻziga xos yondashuv. Xayrli va bardavom boʻlsin!
3.5K viewsNajot Nur, edited  15:22
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:31:01 https://www.instagram.com/tv/CKtWrzXh3xC/?igshid=11rhhzijqisrv
3.7K viewsNajot Nur, 15:31
Ochish/sharhlash
2021-01-31 18:30:18
Assalomu alaykum qadrdonlar! Kecha taniqli biznes trener Ixtiyor Doʻsmetovning biznes vakillari klubi 1000X uchun tashkil qilingan 1 yillik onlayn darslar doirasida notiqlik mahoratidan dars oʻtdik. Toʻgʻrisi, bu mening birinchi onlayn darsim edi. Biroz kamchiliklar ham boʻldi, koʻngil toʻlmagan joylari ham boʻldi, ammo umumiy koʻrinish ilk efir uchun yomon boʻlmadi, nazarimda. Dars tugagach anglashilmovchilik boʻlib onlayn dars linki shu kanalimizga ham tushib qoldi. Bu dars 2-fevral kuni boshlanadigan Notiqlik darslarimizdan oldin bir tayyorgarlik vazifasini ham oʻtadi, desam, yanglishmagan boʻlaman.

Umuman bu postni nimaga yozyapman, oʻzi? Gap shundaki onlayn efirlar olib borishga ishtiyoq uygʻonib qoldi. Shu sabab, bugun instagram orqali ham onlayn efir olib bordik. Shuni siz azizlar bilan ham boʻlishmoqchiman. Endi tez-tez onlayn efirlar qilib turamiz. Quyida, instagram sahifamizga yuklangan video bilan boʻlishaman:


@najotnuruz
3.4K viewsNajot Nur, 15:30
Ochish/sharhlash
2021-01-29 08:48:50
2.5K viewsNajot Nur, 05:48
Ochish/sharhlash
2021-01-28 10:05:13 ​​VAC.UZ – yuqori sifatli havo quvirlari fabrikasi.

​​ +998909117272
info@vac.uz
www.vac.uz
@vacuz
2.5K viewsNajot Nur, 07:05
Ochish/sharhlash
2021-01-28 10:05:13 Ishlab chiqarish obyektlari, zavod va fabrika egalari uchun ajoyib taklif! Endilikda VAC.UZ kompaniyasi siz uchun yuqori sifatli havo quvirlarini taklif etadi. Mazkur kompaniyaning yuqori malakali xodimlari ishingizni sifatli, hamyonbop narxlarda amalga oshirib berishadi. Sifat oʻzi uchun oʻzi javob beradi.
Murojaat qiling!
2.1K viewsNajot Nur, 07:05
Ochish/sharhlash
2021-01-25 17:15:46 Китобхонликнинг уч босқичи

СИЗ ҚАЙСИ БОСҚИЧДАСИЗ?

Китобхонликни шартли равишда қуйидаги босқичларга бўлиш мумкин (менинг назаримда).

0. Ўқимаслик. Китобни кўрса, уйқуси келади.

1. Кўп ўқиш. Иложи борича кўпроқ ўқийди, ҳамма китобларни, ёппасига, танлаб ўтирмай. Айнан шу босқичда ўқиш малакалари шаклланади, яъни матнни англаш ва ўқиганларни тасаввур қилиш, савод чиқариш. Доим китоб кўтариб юради, имкон бўлиши билан ўқийверади. Ўқиган китоблари рўйхатини бошқа ўзи каби китобхонларники билан солиштиради, ҳатто рўйхат узунлигини миллиметрлаб ўлчаши мумкин Коэльонинг мухлиси бўлади.

2. Сифатли ўқиш. Энди танлаб ўқий бошлайди. Севимли китоблари рейтинги бўлади. Китобларга танқидий назар билан қарайди, саралайди, таҳлил қилади, яхши-ёмонга ажратади. Бунда бошқалар яхши деган китобни ёмонлаш, ёмон деганнини эса мақташ ҳам кузатилиши мумкин. "Фалончини ўқиганмисан?", "Писмадончини тушунмайсан" каби гапларни кўп айтади. Китоблар устида баҳслашади, тортишади. Кун тартибидан китоб ўқиш учун маълум вақт ажратиб, бу тартибга мунтазам риоя қилади. Коэльони ҳам, уни мақтаганларни ҳам ёмон кўради.

3. Ўқиш. Китоб ҳаёт тарзига айланади. Ҳар қандай китобни ўқиш мумкин деб ҳисоблайди. Китобларни яхши ё ёмон демайди, шунчаки ўқийди. Чунки ўқимаса бўлмайди, мияга кислород каби зарур бу. Балки ҳар куни ўқимас, доим ўқимас, аммо системали тарзда ўқийди. Китоблар ҳақида баҳслашмайди, фикрини айтади, холос. Ҳар қандай китобдан бирон фойда олади, ҳатто энг ёмон китобдан ҳам. Коэльони ўқиганларни ҳам, ўқимаганларни ҳам бирдек ҳурмат қилади.

Учинчи босқичга ҳамма етиб келавермаслиги мумкин, аммо етиб келганлар биринчи икки босқичдан албатта ўтган бўладилар.

P.S. Орада яна бир босқич борки, унда умрбод қолиб кетиб, китобхонликни унутвориш мумкин. "Ижтимоий тармоқлар" босқичи Айни кунларда кўпчилигимиз шу босқичдамиз...

Shahnoza Soatova
3.0K viewsNajot Nur, 14:15
Ochish/sharhlash
2021-01-25 17:15:10
Hammaning ham ishini kuzatavermayman va hammaning ham ishini tavsiya qilavermayman. Taniqli bloger va aktivist bir opamiz bor, Shahnoza Soatova. U kishi oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida kitobxonlik haqida ajoyib fikrlar qoldiribdi. Sizlar bilan boʻlishgim keldi.
3.2K viewsNajot Nur, 14:15
Ochish/sharhlash
2021-01-25 10:00:25
• Siz biznes vakilisiz-u, nutqingizda kamchilik sezasizmi?
• Qo‘lingizda o‘nlab, hatto yuzlab xodimlar ishlaydi, ammo siz ular bilan muloqot qilishda qiynalasizmi?
• Omma oldida nutq qilayotganingizda sizni his-hayajon egallab oladimi?
• Talaffuzda biroz nuqson seziladimi?

Bu kabi muammolarga
Najot Nurning notiqlik bo‘yicha mahorat darslarida qatnashib, yechim topishingiz mumkin.

Onlayn darslar 2-fevral kuni boshlanadi.

ADMINISTRATOR: +998337526500
@notiqlikmahorati
101.8K viewsNajot Nur, 07:00
Ochish/sharhlash