Get Mystery Box with random crypto!

His-hayajonni yengish usuli bormi? Omma oldiga nutq so‘zlag | NAJOT NUR

His-hayajonni yengish usuli bormi?

Omma oldiga nutq so‘zlagani chiqqaningizda yaxshi bilgan mavzularingiz ham to‘satdan yodingizdan ko‘tariladimi? Xotirangiz xuddi oppoq varaqqa aylanib qolgandek yoki o‘zingizni darsga tayyorlanmagan o‘quvchidek his qilasizmi? Aslida buning sababi — juda oddiy!

Siz kuchli his-hayajon ostidasiz! Inson hayajonlanganda xayoli yovvoyi kaptardek uchib ketadi go‘yo. Xo‘sh, bu nima uchun sodir bo‘ladi va ayni vaziyatga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Omma oldiga chiqqaningizda bilimingizni ularnikidan past deb baholashingiz, men ulardek ravon, tiniq va jarangdor gapira olmayman deb o‘ylashingiz hayajonga sabab bo‘ladi. Bunday fikrlashni hoziroq bas qiling! Sahnaga ularni emas, aynan sizni taklif qilishdimi, demak, bunga asos bor.

Professional notiq Najot Nur saboqlaridan olsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch yanada ortadi va Siz har qanday omma oldida bemalol, hayajonga berilmay nutq so‘zlash sanʼatini puxta egallaysiz!

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650

@najotnuruz