Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-12-17 17:25:17
Ko‘p hollarda xorijiy so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmayman, buni bartaraf etishning yo‘li bormi?

Albatta, bor! Buning uchun tavsiyamiz: til o‘rganing. Imkon qadar bitta yoki undan ham yaxshisi bir nechta chet tillarni o‘zlashtirishga harakat qiling.

Shunda o‘zlashma so‘zlar, xorijdan kirib kelgan va yangi paydo bo‘layotgan terminlarni talaffuz qilishda qiyinchilikka uchramaysiz.

@najotnuruz
1.5K views14:25
Ochish/sharhlash
2022-12-15 18:28:12
Doim ovozim past ekanligidan shikoyat olaman. Bu muammoni qanday bartaraf etsam bo‘ladi?

Hozirgi tavsiyamiz, balki, biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin, ishoning, bu — fakt. Siz ham ko‘zingizni, ham qulog‘ingizni tekshirtirishingiz lozim. Ovozni ko‘zga nima ahamiyati bor deb o‘ylayotgandirsiz. Juda katta ahamiyati bor.

Ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlarning odatda quloqlari juda yaxshi eshitadi, shuning uchun o‘zlari past gapirishadi. Aksincha, quloqlarida muammosi bor insonlar baland gapirishadi. Bundan tashqari, ovoz jarangdorligini oshiradigan maxsus mashqlar bor, ularni kuniga 5 daqiqadan bajarish tavsiya etiladi.

Ehtiyot bo‘ling, agar tomog‘ingizda qirilish, og‘riq hissini tuysangiz, demak, nimanidir  noto‘g‘ri bajaryapsiz va natijada ovoz paychalaringiz zo‘riqyapti. Bunday hollarda tajribali notiqlar maslahatiga quloq tutib, vokal darslaridan saboq olsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.

@najotnuruz
754 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-12-13 19:59:36
Najot Nur – bugun notiqlik san’ati bilan bevosita bogʻliq nom. Oʻsishni, oʻz ustida ishlashni, rivojlanishni va yangi marralarni zabt etishni maqsad qilganlar uning mualliflik darslaridan saboq oladilar.

Mahoratli notiq boʻlishni, sohasida asl mutaxassis maqomiga erishishni, hayotdagi darajasini oshirishni istaganlar uchun Najot Nurning navbatdagi oflayn darslari start oldi.

Oʻquvchilar kurs yakunida jarangdor ovoz, ta’sirchan nutq, samarali mashqlar yordamida tildagi kamchiliklardan forigʻ boʻlish kabi bebaho bilimlarga ega boʻlishadi. Siz-chi, siz ham biz bilanmisiz?

@najotnuruz
1.7K views16:59
Ochish/sharhlash
2022-12-12 19:43:21
"Khan Academy O‘zbek" loyihasi haqida jurnalist, teleradioboshlovchi Najot Nur fikrlari...

Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.
ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori

Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Platforma | TikTok | Instagram | Facebook
905 views16:43
Ochish/sharhlash
2022-12-12 17:49:33
Nutq uchun foydali bo‘lgan sport turlarini tavsiya qila olasizmi?

Qomatni go‘zallashtirish, sog‘lom bo‘lish, himoyalanish, salomatlikni tiklash, ozish yoki vazn to‘plash uchun bir qancha sport turlari ko‘mak beradi. Ammo nutqni yaxshilashga moʻljallangan maxsus sport turi mavjud emas.

Biroq nutq nafas bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani sabab siz yugurish va suzish kabi o‘pkani kengaytiradigan sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullansangiz, nutqingiz yanada ravon va chiroyli bo‘ladi.

Agar haqiqiy notiqlardek so‘zlashishni istasangiz, Sizga mahoratli boshlovchi, tajribali jurnalist Najot Nur o‘quv kurslarini tavsiya etamiz.

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650

@najotnuruz
1.3K viewsedited  14:49
Ochish/sharhlash
2022-12-12 14:52:01 ASSALOMU ALAYKUM qadrli hamyurtlar!

Bizga ushbu mazmunda murojaat kelib tushdi:
Dadajonim anchadan buyon Navoiy viloyati Navoiy shahridagi GRESDA ishlab keladilar, bilmadik Allohni sinovi bilan dadajonim mazalari bo'lmay, yotip qoldilar. Dadajonimni davolatdik, ammo to'liq imkoni bo'lmadi, chuqur tekshirtirgan edik, dadajonimga "JIGAR SERROZI" tashxisi qo'yildi va anchadan buyon shifokorlar nazoratidalar. Ayni vaqtda dadajonim ishlamaydilar, uyda yotoqda... Dadajonimni davolatishimiz uchun esa katta mablag' zarur ekan, ya'ni Hindistonga olib borishimiz kerak ekan, ammo moddiy tomondan juda qiynalyapmiz. Bobomdan qolgan hovlida yashaymiz, uni ham sotuvga qo'ydik, ammo narxini juda past aytishyapti. Sababi gaz yo'q biz tarafda, o'tin pechka ishlatamiz. Uyimiz 25 milionga baholashdi, biz shunga ham rozimiz. Sababi dadajonim tuzalsa bo'ldi. O'zim parnikda ishlayman, oyligim ham dadajonim uchun ketyapti. Onajonim qazo qilganlar. Shundan so'ng dadajonim bizni o'ylab boshqa oila qilmadilar, biz 3 farzandmiz, 2 qiz 1 o'g'il. Topganimiz dadajonimni davolatishdan ortmayapti. Sizlardan iltimosimiz, iloji bo'lsa, imkoni boricha, shu dadajonim tuzalib ketishida bizga yordam beringlar...

Hech kimga bunaqa dardni, bunaqa kunni ravo ko'rmaymiz. O'zimizdan o'tganni faqat o'zimiz bilamiz. ALLOH yo'lida, saxovatpesha hamyurtlarimizdan yordam so'rab qolamiz. ALLOH barchamizni jannatlarda birga uchrashtirsin...

Savobtalab, saxovatli birodarlarimizni dalolat qilib qolamiz.

Saxovatpesha insonlar borligiga hammamiz ishonamiz. Siz yaxshi insonlardan imkon qadar moddiy tarafdan hamda yurtdoshimiz haqqiga duo qilishingizni so'rab qolamiz!

Unutmang, Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Ehson qilish niyatida bo'lgan saxovatpesha qadrdonlarimiz uchun karta raqam:
9860160135150789
(Yunusova I. Hamkorbank kartasi)

Telefon raqam:
+998(99)2409305
1.8K views11:52
Ochish/sharhlash
2022-12-12 14:52:01
1.7K views11:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 19:07:13
Ovozi jarangdor, fikrlari tizimli, talaffuzi ravon notiqqa aylanishni istaysizmi? Ajoyib sovg‘aga ega bo‘lishni-chi? Biz bilan buning imkoni bor!

Iste’dodli boshlovchi, mahoratli jurnalist, professional ijodkor Najot Nur boshchiligidagi notiqlik markazi Siz uchun ham oflayn, ham onlayn notiqlik kurslariga 20 foizlik chegirma e’lon qildi.

Sizda 2 kun vaqt qoldi, chegirmali narxda kurslarimizga yozilishga ulgurib qoling. Keyingi oy bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin.

Yodda tuting, qaysi kasb egasi bo‘lishingizdan qat’i nazar notiqlik mahorati sizga doim qo‘l keladi!

Ro'yxatdan o'tish
+998712000650
1.1K views16:07
Ochish/sharhlash
2022-12-08 18:10:35 Jonli efir boshlandi!

Instagram sahifa
1.3K views15:10
Ochish/sharhlash
2022-12-08 09:55:04
Jonli efir

Assalomu alaykum, qadrli obunachilar! Bugun soat 20:00 da koʻpchilikning talab va istaklariga binoan Instagram sahifamizda jonli efir muloqotini oʻtkazamiz.

Unda Siz ustoz Najot Nurga nutqingizdagi kamchilik va muammolaringiz haqida bevosita murojaat qilib, kerakli tavsiya va maslahatlarni olishingiz mumkin!

Barchangizni jonli efirda kutamiz!

Instagram sahifa
2.3K viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash