Get Mystery Box with random crypto!

Nutqni rivojlantirish uchun tavsiya etiladigan kitoblar! Har | NAJOT NUR

Nutqni rivojlantirish uchun tavsiya etiladigan kitoblar!

Har bir insonning qiziqishi va dunyoqarashiga ko‘ra adabiyotlar ro‘yxati ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo barcha o‘qishi lozim bo‘lgan qator asarlar borki, ularni o‘qimay turib, haqiqiy notiq bo‘lish biroz mushkul.

Ular sirasiga Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, shuningdek, O‘lmas Umarbekov, Said Ahmad hamda Tohir Malik asarlarini kiritgan bo‘lardik.

Diniy-badiiy kitob o‘qimoqchi bo‘lsangiz, Akrom Malikning “Jangchi”, “Halqa” va Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub asarlarni mutolaa qilishni maslahat beramiz.

Mutolaa vaqtida ovozni chiqarib ifodali o‘qish maqsadga muvofiq.

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube