Get Mystery Box with random crypto!

Notiq uchun tashqi ko‘rinishning qanchalik ahamiyati bor? Not | NAJOT NUR

Notiq uchun tashqi ko‘rinishning qanchalik ahamiyati bor?

Notiq chiroyli ovozga ega bo‘lsa, tanlagan mavzusini zo‘r bilsa va uni maromiga yetkazib gapirib bera olsa bo‘ldi-da, uning uchun tashqi ko‘rinishning qanday ahamiyati bor deb o‘ylayotgandirsiz?

Katta ahamiyati bor, desak, fikrimizga qo‘shilmasligingiz ham mumkin. Ammo statistika buning aksini tasdiqlaydi.

Tashqi ko‘rinish oz emas, ko‘p emas, nutqimiz muvaffaqiyatining teng yarmidir. Tarozining bir pallasida nimani va qanday gapirishimiz tursa, ikkinchi pallasida tashqi ko‘rinishimiz ham xuddi shuncha tosh bosarkan. Shunday ekan, omma oldiga chiqishdan avval tashqi ko‘rinishimizni ham taftish qilib olishimiz shart va zarur!

@najotnuruz