Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-11-23 18:15:39
SERTIFIKAT TOPSHIRISH MAROSIMIDAN KICHIK LAVHA…

@najotnuruz
1.3K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-11-23 17:30:40
Nutqimda biroz muammo bor, ya'ni duduqlanish uchrab turadi, shu muammoni qanday bartaraf etsa bo'ladi?

Buning uchun siz har kuni muntazam ravishda badiiy kitoblarni ovoz chiqarib, ifodali tarzda o`qishingiz kerak bo`ladi. Esingizda bo`lsin, o`qiydigan kitobingiz kamida 5-10 varaqni tashkil qilishi lozim.

Shunda siz nafaqat, duduqlanishdan halos bo`lishingiz, balki shu bilan birga ovozingizning ham jarangdor bo`lishiga erishishingiz mumkin. Ishoning, bu sinovdan o`tgan tavsiya. Ushbu mashqdan logoped - defektologlar ham bemorlarini duduqlanishdan davolashda foydalanishadi. Mutaxassislar maslahatiga quloq tuting.

Kurslarimizga ro‘yxatdan o‘ting
1.4K viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2022-11-21 16:50:06
Har tong barchamizga yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Moziy kelajakdan xabar keltiradi. Qadam-baqadam rejalarimiz tomon yaqinlashamiz.

Siz anglanganlar safidasiz...
Siz so‘z qadrini bilganlar ro‘yxatidasiz...
Siz mukamallikka intilganlar qatoridasiz...

Tasavvur qiling! Hayotda o‘zingiz istagan darajadasiz: moddiy, ma’naviy va ruhiy jihatdan. Qiyin, deysizmi? Yo‘q, oson, deymiz biz.

Qanday qilib?

Ovozingizni o‘zgartirasiz, talaffuzingizni yaxshilaysiz, ishonchni orttirasiz, hayajonni yengishni o‘rganasiz. Rejangizga qat’iy amal qilishni va muzokaralarda g‘olib bo‘lishni boshlaysiz.

Xo‘sh, bularning bariga erishishni istarmidingiz? Shaxsiy rivojlanishingiz ustida ishlashga tayyormisiz? Endi biz Sizga yanada yaqinmiz!

Termiz, Buxoro, Andijon, Toshkent va yurtimizning boshqa hududlarida o‘tkazib kelinayotgan treninglarimizda juda ko‘p yurtdoshlarimiz qatnashib, notiqlik aslida qanday qudratga ega ekanligi haqida tushunchalarga ega bo‘lishdi va bugungi kunda ish faoliyatlarida bir qator o‘zgarishlarga erishganlar. Bu xayrli yo‘lda biz uzoq davom etamiz, inshaAlloh. Ana shunday treninglarimizning navbatdagisi ro‘yi zamin sayqali – Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.

@najotnuruz
1.6K viewsedited  13:50
Ochish/sharhlash
2022-11-19 11:30:44
Ro'yxatdan o'tish: @notiqlikmahoratiadmin
1.4K viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-11-19 10:38:18
Biz onlayn darslarni boshladik!

O‘quvchilarimizning darsimiz haqidagi fikrlarini yuqorida ko‘rishingiz mumkin.
1.6K views07:38
Ochish/sharhlash
2022-11-17 17:34:35
Nutq bilan shug‘ullanishni necha yoshdan boshlagan ma'qul?

Insonning jag‘ suyaklari 17 yoshga kelib to‘liq shakllangan bo‘ladi. Shuning uchun jag‘, til mushaklari, tishlar yordamida qilinadigan nutqni rivojlantiruvchi , talaffuzni to‘g‘irlovchi, mimikalarni shakllantiruvchi mashqlarni ayni yoshdan boshlagan ma’qul. Ungacha esa bolangizni mutolaaga qiziqishini kuchaytiring. Qiziqarli, turli mavzu va yo‘nalishlardagi, yoshiga mos, didini o‘stiradigan badiiy adabiyotlardan olib bering. Va o‘qib bo‘lgan asarlarini gapirib berishini iltimos qiling. Ko‘p o‘qish orqali bolangizda so‘z boyligi oshsa, gapirib berish orqali esa so‘zamolligi tarbiyalanadi. 17 yoshga to‘lgan o‘g‘il – qizlaringizni Najot Nur notiqlik markazida kutamiz. Bizda faqat professionallar faoliyat yuritishadi.

Kurslarga ro‘yhatdan o‘tish
1.2K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2022-11-15 16:13:06
Tishlar notekisligining ham nutqqa ta'siri bormi?

Juda gollivudcha bo‘lmasa ham, ammo tekis, to‘g‘ri tishlarning ham o‘rni bor talaffuzning sof chiqishida. Tishlarning notekisligi tilning keraklicha harakatlana olmasligiga sabab bo‘lishi mumkin va oqibatda harflar noto‘g‘ri talaffuz qilinadi.

Ayniqsa, pastki jag‘larda joylashgan tishlar bir qator aksarlardek saf tortib turishi juda muhim. Shunday ekan, ideal notiq bo‘laman desangiz, tishlaringizga ham e'tibor berishingiz kerak ekan. Stomatolog bilan ishlaringiz bitganidan so‘ng professional notiq Najot Nur tavsiya etadigan maxsus mashqlarni bajarishni ham unutmang.

Kurslarga ro‘yhatdan o‘tish
2.9K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-11-10 16:13:30
Ta'sirchan va tizimli nutq so'zlashni istaysizmi?

Barcha zamon va makonda, hamma yosh va kasb-u hunarda, istalgan lavozim-u mansabda, hatto oddiy uy bekalikda ham asqatadigan notiqlik san’atini egallash vaqti keldi. Saboqlar qiziq va yengil, o‘zlashtirilishi oson, mashqlari noodatiy, natijasi esa a’lo darajada bo‘ladigan darslar to‘plamini tavsiya etamiz.

Professional notiq, tajribali jurnalist, mahoratli boshlovchi, “Audionoma” audiokitoblar loyihasi asoschisi, notiqlikda o‘z mualliflik yo‘nalishiga ega Najot Nur notiqlik markazi Sizga aynan shunday qulaylik va afzalliklarni taklif etadi!

Sizdan faqatgina kurslarimizga yozilish, vazifalarni vaqtida bajarish, o‘z ustingizda ishlashga va ijobiy tomonga o‘zgarishga ahd qilish talab etiladi xolos. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

71 200 06 50
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish
1.8K viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash
2022-11-08 09:08:46
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: “Аллоҳ таоло Қиёмат кунида қўшниларим қани? Қўшниларим қани? дейди. Фаришталар: "Эй Роббимиз, Сен билан қўшни бўлишга ким ҳақли?", деб сўрашади. Шунда Аллоҳ: "Масжидларни обод қилувчи, бунёд қилувчилар қани?" дейди”.

"Аллоҳ эҳсон қилувчиларни яхши кўради" (Бақара сураси, 195 оят)

Жаннатда бир уйим бўлса ёки жойини топиб эҳсон қилсаму мушкулим осон бўлса, Аллоҳ мендан рози бўлса, деган биродарларимиз кўп орамизда.
Шундай саховатпеша қадрдонларимиз СУЛТОНОБОД ЖОЪМЕ масжиди учун қуйидаги карталарни қўйиб бормоқдамиз.

UZCARD:
8600042371760579 (Zaylobidinov Х)
HUMO:
4073420081796751 (Х.Zaylobidinov)
Накд пул масаласида
+998905081976 Иқболжон хожи

Aллоҳ розилиги йўлида биргалашиб саховат қиламиз. Зора, бу ишларимиз охиратда номаи аъмолимизга хайру савоб рўйхатида ёзилса, иншааллоҳ
Қўшимча маълумот учун;
+998912056088. +998911380504
Ҳашарчиларни ҳам чин кўнгилдан таклиф қиламиз


"Султонобод" жоме масжиди расмий каналига уланиш учун

https://t.me/Mubaroku
795 views06:08
Ochish/sharhlash
2022-11-07 17:31:03
Tashqi ko'rinishning nutqdagi ahamiyati qanday?

Notiq chiroyli ovozga ega bo‘lsa, tanlagan mavzusini zo‘r bilsa, maromiga yetkazib gapirib bera olsa bo‘ldida, uning uchun tashqi ko‘rinishning qanday ahamiyati bor, deb o‘ylayotgandirsiz. Katta ahamiyati bor, desak fikrimizga qo‘shilishga shoshilmasligingiz ham mumkin.

Ammo, statistika buning aksini tasdiqlaydi. Tashqi ko‘rinish, oz emas, ko‘p emas, nutqimiz muvaffaqiyatining teng yarmidir. Ya’ni, tarozining bir pallasida nimani va qanday gapirishimiz tursa, ikkinchi pallasida tashqi ko‘rinishimiz ham huddi shuncha tosh bosarkan. Shunday ekan, ommaning oldiga chiqishdan oldin tashqi ko‘rinishimizni ham bir taftish qilib olishimiz shart va zarur.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish
1.1K viewsedited  14:31
Ochish/sharhlash