Get Mystery Box with random crypto!

NAJOT NUR

Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR N
Telegram kanalining logotibi najotnuruz — NAJOT NUR
Kanal manzili: @najotnuruz
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.94K
Kanalning ta’rifi

•Jurnalist, teleradioboshlovchi
•Teleradioboshlovchilarni tayyorlash maktabi rahbari
•"AUDIONOMA" asoschisi
Aloqa: @najotnuradmin
Kurslarga ro’yxatdan o’tish: 998712000650

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-12-07 18:11:06
Nutq jarayonida ko‘p so‘lak ajralishi nima bilan bog‘liq? Bu muammoni qanday bartaraf etsa bo‘ladi?

Ba’zida notiq jo‘shqinlik bilan nutq so‘zlayotganida qalqib ketishi, so‘lagiga tiqilib qolishi kabi noqulay vaziyatlar yoki undan ham noxushrog‘i og‘zidan tupuk sachrab ketish holatlari kuzatiladi. Yoki ba’zi notiqlar gapirayotganida tez-tez yutinib, gapini bo‘lib-bo‘lib gapirganini ham eshitgansiz.

Tan oling, balki biroz g‘ashingiz ham kelgandir. Nega suv ichmasa ham, tinmay yutinaveradi, fikrini yetkazishga qiynalyaptimi, degan xayol ham o‘tgandir. Lekin doim ham bu siz o‘ylagandek bo‘lmaydi. Oshqozon-ichaklardagi muammolar sabab og‘izda haddan ziyod ko‘p so‘lak ajraladi va insonning so‘zlashiga xalal beradi. Shunday vaziyat qiynayotgan bo‘lsa, albatta, gastroenterologga murojaat qiling. Bu shunchaki noqulaylik emas, balki xastalik belgisidir.

@najotnuruz
2.4K viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2022-12-06 21:24:23
Hozirgina zoom darslarimiz tugadi. Avval xabar berilganidek, notiqlik darslarini shogirdlarimiz Islombek Qoraboyev va Sirojiddin O‘sarovlar bilan birga olib boryapmiz. Ular bundan 7-8 yil oldin o’qishgan bizda va videoda kursdan olgan natijalari haqida qisqacha to’xtalishadi.

PS: Siz ham bizda tahsil olishni istasangiz, izohlar qismida plus(+) belgisini qoldiring!

@najotnuruz
702 viewsedited  18:24
Ochish/sharhlash
2022-12-06 07:35:07
PCG tomonidan o’tkazilayotgan darslardagi chiqishimizdan lavha.

@najotnuruz
1.3K views04:35
Ochish/sharhlash
2022-12-05 18:49:41
Gapirganda ovozimda shovqin bor, bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

Ba’zi muammolarning asl sababini aniqlash uchun mutaxassisga murojaat etish talab etiladi. Mutaxassis ma’lum tekshiruvlardan o‘tkazib, tashxis qo‘yadi va davo topish uchun, albatta, uning maslahat-u tavsiyalariga og‘ishmay amal qilish kerak.

Sizning holatingizda ham xuddi shunday. Otolaringolog va foneolog shifokorlar muammongizni bartaraf etishga ko‘maklasha oladi. Ishoning, agar muolaja kursini to‘liq o‘tasangiz, ovozingiz tiniq va jarangdor holiga qaytadi.

@najotnuruz
1.2K views15:49
Ochish/sharhlash
2022-12-04 20:11:05
Bo’lajak notiqlarimiz uchun o’tkazilayotgan darslarimizdan lavha.

@najotnuruz
989 views17:11
Ochish/sharhlash
2022-12-04 11:35:31
Imkoniyati cheklangan insonlarni qo’llab-quvatlaylik, azizlar!
1.2K views08:35
Ochish/sharhlash
2022-11-29 07:45:05
Jamiyatda kitobxonlik darajasini rivojlantirsak, davlatimiz ham rivojlanadi!

Amerikada umumiy aholining 73% i kitobxon, Xitoyda esa bu ko'rsatkich 70% ni tashkil etadi.

Kuchli 10 likda eng pastki o'rinlarga nazar solsak Janubiy Koreyada 37%, Turkiyada 39%, Germaniyada 50%, Rossiyada esa 53% aholi kitobxon hisoblanadi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
1.0K viewsedited  04:45
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:43:30
Nutqimda tovushlar to‘liq chiqmaslik holati bor, qanday maslahat berasiz?

Mushaklarni chiniqtirish faqat sportchilarga xos, ular ham asosan qo‘l va oyoqlardagi mushaklarini chiniqtirishadi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Til va og‘iz mushaklalarini ham boshqa mushaklar kabi chiniqtirish kerak. Shuningdek, talaffuzning sof, harflarning to‘liq chiqishida pastki jag‘ tishlarining past-baland, uzun-qisqa, oralaridagi masofa uzoq-yaqinligining ham ahamiyati bor. Shunday ekan, gapirish uchun tilim aylansa bo‘ldi, degan noto‘g‘ri tushunchadan voz kechib, og‘iz bo‘shlig‘idagi mushaklarni rivojlantirishga ham eʼtibor qaratishimiz kerak bo‘ladi.

Kurslar uchun ro‘yxatdan o‘ting
1.2K views14:43
Ochish/sharhlash
2022-11-25 19:36:46
Parazit pauzalarni qanday qilib yo‘qotish mumkin?

Аvvalo, bunga olib keluvchi omillarni aniqlab olish kerak. Koʼp toʼxtalishga koʼproq ikki narsa sabab boʼladi. Kam kitob oʼqish oqibatida soʼz boyligining ozligi, yoki mavzuga puxta tayyorgarlik koʼrmaslik oqibatida eslab-eslab gapirishlik.

Аniqlab olganingizdan soʼng savolingizga javobning oʼzi keladi. Koʼproq badiiy kitoblar mutolaasiga kirishing, nutq soʼzlashdan avval unga tayyorgarlik koʼring, hatto shu mavzuda avval bir necha marta nutq soʼzlagan boʼlsangiz ham. Shunda oʼz-oʼzidan kamchiligingiz bartaraf boʼlganini his qilasiz.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish
818 views16:36
Ochish/sharhlash
2022-11-25 11:12:01
JUMA MUBORAK, AZIZLAR!
1.6K views08:12
Ochish/sharhlash