Get Mystery Box with random crypto!

ASSALOMU ALAYKUM qadrli hamyurtlar! Bizga ushbu mazmunda muro | NAJOT NUR

ASSALOMU ALAYKUM qadrli hamyurtlar!

Bizga ushbu mazmunda murojaat kelib tushdi:
Dadajonim anchadan buyon Navoiy viloyati Navoiy shahridagi GRESDA ishlab keladilar, bilmadik Allohni sinovi bilan dadajonim mazalari bo'lmay, yotip qoldilar. Dadajonimni davolatdik, ammo to'liq imkoni bo'lmadi, chuqur tekshirtirgan edik, dadajonimga "JIGAR SERROZI" tashxisi qo'yildi va anchadan buyon shifokorlar nazoratidalar. Ayni vaqtda dadajonim ishlamaydilar, uyda yotoqda... Dadajonimni davolatishimiz uchun esa katta mablag' zarur ekan, ya'ni Hindistonga olib borishimiz kerak ekan, ammo moddiy tomondan juda qiynalyapmiz. Bobomdan qolgan hovlida yashaymiz, uni ham sotuvga qo'ydik, ammo narxini juda past aytishyapti. Sababi gaz yo'q biz tarafda, o'tin pechka ishlatamiz. Uyimiz 25 milionga baholashdi, biz shunga ham rozimiz. Sababi dadajonim tuzalsa bo'ldi. O'zim parnikda ishlayman, oyligim ham dadajonim uchun ketyapti. Onajonim qazo qilganlar. Shundan so'ng dadajonim bizni o'ylab boshqa oila qilmadilar, biz 3 farzandmiz, 2 qiz 1 o'g'il. Topganimiz dadajonimni davolatishdan ortmayapti. Sizlardan iltimosimiz, iloji bo'lsa, imkoni boricha, shu dadajonim tuzalib ketishida bizga yordam beringlar...

Hech kimga bunaqa dardni, bunaqa kunni ravo ko'rmaymiz. O'zimizdan o'tganni faqat o'zimiz bilamiz. ALLOH yo'lida, saxovatpesha hamyurtlarimizdan yordam so'rab qolamiz. ALLOH barchamizni jannatlarda birga uchrashtirsin...

Savobtalab, saxovatli birodarlarimizni dalolat qilib qolamiz.

Saxovatpesha insonlar borligiga hammamiz ishonamiz. Siz yaxshi insonlardan imkon qadar moddiy tarafdan hamda yurtdoshimiz haqqiga duo qilishingizni so'rab qolamiz!

Unutmang, Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Ehson qilish niyatida bo'lgan saxovatpesha qadrdonlarimiz uchun karta raqam:
9860160135150789
(Yunusova I. Hamkorbank kartasi)

Telefon raqam:
+998(99)2409305