Get Mystery Box with random crypto!

Nutq texnikalarini shakllantirish Bu juda oson. Tasavvur qi | NAJOT NUR

Nutq texnikalarini shakllantirish

Bu juda oson. Tasavvur qiling, siz yosh bolaga yoki eshitishida muammosi bor insonga biror fikrni yetkazmoqchisiz. Gaplaringiz yana-da tushunarli bo‘lishi uchun qo‘llaringizni ham harakatga keltirasiz va shu orqali so‘zlaringizni tasvirlashga urinasiz.

Nutq so‘zlayotganingizda, avvalo, gaplaringizni o‘zingiz tasavvur qiling. Shunda qo‘llaringiz o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Bu esa nutqning taʼsirchanligini oshiradi. Samaraga erishish uchun ko‘zgu oldida yoki videokamera qarshisida shug‘ullaning.

Bunda meʼyorni bilish juda muhim. Behudaga qo‘llarni tinimsiz siltash, ularni ortiqcha harakatlantirish noo‘rin. Jestingiz nutqingizni ommaga yetkazishda o‘ziga xos qurol vazifasini o‘tashi kerak, ularni chalg‘itishi kerak emas!

Harakatlaringizni nazorat qilishni o‘rganish va ulardan professionallardek foydalanish uchun o‘z ustingizda ishlang, tasvirga oling, tahlil qiling, maslahatlashing va xatolaringizni to‘g‘rilang. Oz fursatda ijobiy natijaga erishasiz.

@najotnuruz