Get Mystery Box with random crypto!

Firma va korxonalarning bankrot yoki bankrot emasligini onlayn | my.gov.uz

Firma va korxonalarning bankrot yoki bankrot emasligini onlayn tekshirsa boʻladi

Jismoniy shaxslar turli holatlarda firma va korxonalar bilan shartnomalar imzolashlariga toʻgri keladi.

Kimdir yangi uy olganida, yana biri avtomobil ijarasida, boshqasi esa xorijga ishga ketish niyatida tadbirkorlik sub'yektlariga maʼlum miqdorda pul ham oʻtkazib berishadi.

Shu kabi vaziyatlarda shartnoma imzolash, turli toʻlovlarni amalga oshirishga shoshilmaslikni, my.gov.uz portalidagi tegishli xizmat yordamida barchasini tekshirib ko‘rishni tavsiya etamiz.

Portaldagi xizmat orqali korxona va firmaning STIR raqamini kiritib, uning haqiqatda toʻlovga qobiliyatli ekanligi, bankrot holatida emasligi, haqiqiy egasi va telefon raqami mavjudligini tekshirib olish sizga sira zarar qilmaydi.

Xizmatdan foydalanish havolasi bu yerda: Xoʻjalik yurituvchi sub'yektlarni toʻlovga qobiliyatsizligi (bankrotligi) va faoliyati toʻxtatilganligi haqida maʼlumot olish.

my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram