Get Mystery Box with random crypto!

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @muallimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.65K
Kanalning ta’rifi

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining telegram kanali
Barcha pedagoglar uchun ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar
Yaxshi muallim- sifatli ta'lim!
Reklama uchun - @reklama_edubot
Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-18 13:57:37
Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятлардаги педагоглар учун малака (тест) синовларини ўтказиш жадвали

Синовлар 2022 йилнинг 25 октябрдан бошлаб 25 ноябрга қадар ҳудудлар марказларидаги ахборот коммуникация тизимлари билан жиҳозланган йирик ҳажмли биноларда ўтказилади.

Педагоглар аттестациясининг малака (тест) синовлари ўтказиладиган бинолар: https://t.me/uztdi/5603

Аттестацияга жалб қилинган педагогларга ортиқча оворагарчилик ва кутиб қолишнинг олдини олиш мақсадида аттестация синовларига шахсни тасдиқловчи ҳужжатлар (ПАСПОРТ ва мурожаат юборишда тўлдирилган сўровнома) билан ўзингиз учун белгиланган вақтдан ярим соат олдин етиб келишингиз етарли эканлиги эслатиб ўтамиз.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
5.1K views10:57
Ochish/sharhlash
2022-10-16 08:12:02 Salomatlik darslari multimedia
1-4sinflar uchun

Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
7.7K views05:12
Ochish/sharhlash
2022-10-16 04:37:33
Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
8.5K viewsedited  01:37
Ochish/sharhlash
2022-10-16 04:27:24
Hurmatli ustozlar, malaka oshirish tinglovchilari!

2022 yil 15-16-oktabr kunlari Onlinedu.uz hamda Uzlms.uz uzluksiz kasbiy taʼlim platformasi joylashgan server qurilmalarida rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 15-oktabr (shanba) soat 23:59 dan 16-oktabr (yakshanba) 15:00 ga qadar onlinedu.uz va uzlms.uz platformalari vaqtinchalik o‘chiriladi.

A.Avloniy milliy-tadqiqot instituti rahbariyati noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi.«Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
9.4K viewsedited  01:27
Ochish/sharhlash
2022-10-15 20:27:28
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi pedagoglarning oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovi oʻtkazilish muddatlari maʼlum boʻldi

Sinovlar 2022-yilning 25-oktabridan boshlab 30-noyabriga qadar yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan binolarda oʻtkaziladi.

Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglar belgilangan muddatlarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (PASPORT va murojaat yuborishda toʻldirilgan soʻrovnoma )lari bilan belgilangan vaqtdan yarim soat oldin imtihon oʻtkaziladigan manzillarga yetib kelishlari lozim boʻladi.

Fanlar kesimidagi jadval qoʻshimcha ravishda Taʼlim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali eʼlon qilinadi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
4.5K views17:27
Ochish/sharhlash
2022-10-10 17:37:46
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda pedagoglarning oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovi oʻtkaziladigan joylar maʼlum boʻldi

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlangan yirik hajmli xonalarda onlayn tarzda pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari tashkil etilayotgani haqida avval xabar bergan edik .

Mazkur jarayonlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda oʻtkaziladigan mazkur jarayonlar oʻtkazilish manzillari maʼlum boʻldi.

Ushbu jadval orqali hududlarda malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan binolar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, malaka (test) sinovlari joriy yilning 25-oktyabridan boshlanishi rejalashtirilgan.

Pedagog kadrlar attestatsiyasi malaka (test) sinovlarining fanlar kesimidagi oʻtkazilish muddatlari haqida Taʼlim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali xabar beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
839 views14:37
Ochish/sharhlash
2022-10-08 06:59:23
ОНЛАЙН-РЕПЕТИЦИЯЛАР ДАВОМ ЭТТИРИЛАДИ

Айни дамларда қуйидаги фанлардан онлайн-репетициялар давом этмоқда:

Бошланғич таълим;
Француз тили;
Давлат ва ҳуқуқ асослари;
Технология (Сервис хизмати);
Технология (Технология ва дизайн)
Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик
;
Мусиқа маданияти;
Тасвирий санъат ва чизмачилик;
Математика;
Информатика ва ахборот технологиялари;
География;
Физика
Тарих
Тарбия
Жисмоний тарбия
Кимё;
Биология;
Она тили ва адабиёт;
Ўзбек тили (Давлат тили);
Рус тили (миллий);
Русский язык и литература;
Инглиз тили;
Немис тили;
Корейс тили
.

Онлайн репетицияларга http://test.tdi.uz/ манзили орқали кириб кўришингиз мумкин:
Login — uztdi
Parol — uztdi

Эслатиб ўтамиз Онлайн репетициялар, эртага 8 октябрь куни кеч соат 23-59 гача давом эттирилади.
Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

https://t.me/pka_tdi_uz
Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
702 views03:59
Ochish/sharhlash
2022-10-06 13:30:43
Toshkent shahridagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlarini oʻtkazish jadvali

Sinovlar 2022-yilning 12–22-oktyabr kunlari Taʼlim inspeksiyasi binosida (Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi-21 uy) oʻtkaziladi.

Attestatsiyaga jalb qilingan pedagoglarga ortiqcha ovoragarchilik va kutib qolishning oldini olish maqsadida sinovlarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (PASPORT va murojaat yuborishda toʻldirilgan soʻrovnoma) bilan oʻzingiz uchun belgilangan vaqtdan yarim soat oldin yetib kelishingiz yetarli ekanligini eslatib oʻtamiz.

Boshqa hududlarda o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarining muddatlari haqida Ta’lim inspeksiyasining Telegramdagi rasmiy kanali (@uztdi) orqali ma’lumot beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
897 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-10-04 16:27:47 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Taʼlim muassasalarida qishki taʼtilni tashkil etish tartibi belgilandi

“Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki taʼtilini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (560-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki taʼtili o‘tkaziladi.

Qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

2022 yildan qishki taʼtil davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
621 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:16:08 Rasmiy xabar: Maktab formasi bekor qilindi!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.

@muallimauz
1.3K viewsedited  12:16
Ochish/sharhlash