2022-06-04 20:09:23
#Sarhisob
Mana oʻquv yilini ham yakunlab oldik.Kuni kecha soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlarini oʻtkazdik.2021-2022-oʻquv yili 5-maktab jamoasi va oʻquvchilari uchun omadli va marralarga boy yil boʻldi.
Oʻquv yili boshidan koʻplab bitiruvchi oʻquvchilarimiz oʻz oʻqishlarini chet elning nufuzli oliy oʻquv yurtlarida davom ettirdilar.Pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik koʻrgan ustozlarimiz ham,navbatdagi toifalarni qoʻlga kiritdi.Shu jumladan men ham Oliy toifali pedagog nomini olshga musharraf boʻldim.Maktabimiz jamoasidagi bilimli va mahoratli ustozlarimizning izlanishlari tufayli maktabimiz oʻquvchilari Quva tumani hokimligi tomonidan 75 000 000 soʻmlik pul mukofotini qoʻlga kiritdilar.
Tumanda ,viloyatlarda oʻtkazilayotgan har bir tanlov ,tadbir va olimpiadalarda maktabimiz jamoasi faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Albatta bunda "Izlanuvchan, tadbirkor, bilimli va jonkuyar rahbar"deb eʼtirof etilgan maktabimiz rahbari D.Qirgʻizovaning oʻrni katta.
Ustozlarga bildirilayotgan ishonch, qoʻllab- quvvatlashlar bizlarni yanada yuqori marralarni zabt etishga undaydi.
Quva tumani
5-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Ergasheva Zilolaxon Murodilllayevna Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
6.1K views17:09