Get Mystery Box with random crypto!

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @muallimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.65K
Kanalning ta’rifi

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining telegram kanali
Barcha pedagoglar uchun ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar
Yaxshi muallim- sifatli ta'lim!
Reklama uchun - @reklama_edubot
Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-09-02 20:50:40
Maktab darsliklari ijarasi narxi oshibdi. Mayliyu, hech bo‘lmasa darsliklarning vaznini kamaytiringlar. Bolalar qiynalmasin.
Karikatura: @habikatura
2.8K viewsedited  17:50
Ochish/sharhlash
2022-09-02 17:59:58 #Adliya_xabari

Barcha davlat OTMda super-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi

Xabaringiz bor, 2022/2023-o'quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymati miqdorlari oshirilmadi.

2022/2023-o'quv yili uchun barcha davlat OTM bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bazaviy to'lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Yo'nalishlar kesimidagi tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdorlari bilan jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlarini ajratish tartibi bilan bu yerda tanishing.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
1.7K views14:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 17:34:59
#darsliklar_ijarasi
2.2K viewsedited  14:34
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:16:05
1.1K views04:16
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:40:48
#Эълон
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 2-bosqichidan o'tolmagan o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

2022-2023-o'quv yilida Prezident maktablarining 5-sinfga kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o'qishga kira olmagan talabgorlar o‘zlari ta'lim oladigan hududda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga o'qish uchun ariza topshirishi mumkin.

Bunda ular kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida IMTIHONSIZ mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

Talabgorlarning ota-onalari ixtisoslashtirilgan maktabga borib, direktori nomiga o'qishga qabul qilishni so‘rab ariza bilan murojaat etishlari lozim.

Agar belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish istagini bildirsa, ustunlik 2-bosqich imtihonidan yuqori ball to'plagan talabgorga beriladi.

SHOSHILING
!

Arizalar 8-SENTABRGACHA (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
1.4K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:40:24 #МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқлар орқали 15 йилдан ортиқ меҳнат стажига эга олий тоифали педагогларнинг жорий йил ўтказилган аттестация жараёнларида иштирок этмаганлиги натижасида мавжуд малака тоифасини йўқотганлигига доир тарқалган хабарларга МУНОСАБАТ

Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 425-сонли қарори билан Ҳукуматнинг 2021 йил 17 сентябрдаги 572-сонли қарорига киритилган тегишли ўзгартиришга кўра, олий малака тоифа (бош ўқитувчи лавозими)га эга бўлганидан сўнг олий малака тоифани 15 йил давомида сақлаб келган ва узлуксиз иш стажига эга бўлган педагог кадрлар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмаслиги белгиланган.

Жорий йил март-май ойларида малака тоифаси олиш учун ўтказилган аттестация даврида амалда бўлган тартибга асосан, 15 йиллик узлуксиз иш стажига эга бўлган олий малака тоифага эга педагогларнинг аттестациядан ўтиши мажбурий бўлмаган ва уларнинг олий тоифа малакаси умрбод сақлаб қолиниши белгиланган.

Ўзбекистон Республикасининг “Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида”ги қонунига асосан, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар орқага қайтиш кучига эга эмаслиги белгиланганлиги муносабати билан, 2022 йил март-май ойларида ўтказилган аттестация даврида 15 йиллик узлуксиз иш стажига эга бўлган олий малака тоифали ўқитувчиларнинг мавжуд тоифалари умрбод сақланиб қолинишини маълум қиламиз.

Қўшимча маълумот: Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 2 августдаги 425-сон қарори билан белгиланган, олий малака тоифа (бош ўқитувчи лавозими)га эга бўлганидан сўнг олий малака тоифани 15 йил давомида сақлаб келган ва узлуксиз иш стажига эга бўлган педагог кадрлар навбатдаги мажбурий аттестацияга жалб этилмаслик тартиби 2022 йил 2 августдан бошлаб амалиётга жорий этилади.
1.3K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 16:32:03
Bugun saytda texnik ishlar olib borilayotgani sababli test yechish uchun to'lovni amalga oshirish vaqtincha to'xtatildi.Tez orada yana to'lov qilishingiz mumkin bo'ladi.Noqulaylik uchun uzr so'raymiz Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
«Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
1.6K views13:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:14:53
#Imtihon_natijalari
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqich natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 2-AVGUST kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/prezident-maktablari-natijalari-2-bosqich

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali - https://www.admissionstesting.org/campaigns/pres_schools_selection_22_v8b6mx2xtr

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet"i orqali.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
1.2K views13:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:58:22 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasi Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
2.6K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2022-08-27 23:12:31 ​​#Qabul2022 #Natija
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1.9K views20:12
Ochish/sharhlash