Get Mystery Box with random crypto!

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @muallimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.65K
Kanalning ta’rifi

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining telegram kanali
Barcha pedagoglar uchun ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar
Yaxshi muallim- sifatli ta'lim!
Reklama uchun - @reklama_edubot
Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-07-29 13:49:55 O‘zR Xalq ta’limi
vazirining buyrug‘i
№ 414
2021-yil 24- dekabr

,,Umumiy o‘rta ta’lim
maktablari uchun
2022-2023-o‘quv yiliga
mo‘ljallangan tayanch
o‘quv rejasini tasdiqlash
to‘g‘risida‘‘

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
8.6K views10:49
Ochish/sharhlash
2022-07-27 15:53:19
#инфографика

2022 йилнинг биринчи ярмида ўтказилган педагог кадрлар аттестациясида ўртача кўрсаткичлар (баллар) бўйича юқори ва паст натижаларни қайд этган туман (шаҳарлар)

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш
https://t.me/uztdi
8.1K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-07-27 11:16:45 RASMAN: maktab formasi 2025-yildan majburiy bo‘ladi. Ro‘mol o‘rashga ruxsat beriladi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov yagona maktab formasi bo‘yicha bayonot berdi . Unda aytilgan muhim gaplar:

Birinchidan, moslashuv jarayonini hisobga olib yagona maktab formasi 2025- yilgacha bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Ya’ni, 2022-yil sentabr oyidan ota-onalarga yagona maktab formasini xarid qilish majburiy talab sifatida qo‘yilmaydi va formani hali xarid qilmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar bildirilmaydi.

Ikkinchidan, milliy qadriyatlarimizni inobatga olib o‘quvchi-qizlarimizning maktabga ochiq rangdagi milliy ro‘molni boshning orqa tomonidan o‘ragan holda kelishlariga ruxsat beriladi.

Uchinchidan, o‘quvchi-qizlarning liboslari, ya’ni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tushunmovchiliklar bo‘lmoqda.
Ta’kidlash joiz, tasdiqlangan o‘lchamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Ya’ni o‘quvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan o‘lchamdan kalta bo‘lishi mumkin emas.

To‘rtinchidan, mahalliy hokimliklar tomonidan kam ta’minlangan oilalarga mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga ko‘mak beriladi.

Shuningdek, maktab formasini tegishli tadbirkorlardan xarid qilish bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan majburlash holatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
12.5K viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-07-27 11:15:07
O‘qituvchilarga majburiy yagona forma joriy etilmagan

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi:


«Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda joriy o‘quv yilidan boshlab o‘qituvchilar uchun ham yagona forma joriy etilayotgani haqida hech qanday asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar uchun bunday talab joriy etilmagani, bu oddiy «fake» xabar ekanini qat’iy ta’kidlab o‘tmoqchiman», — dedi Baxtiyor Saidov. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
9.9K views08:15
Ochish/sharhlash
2022-07-02 04:52:48
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Imtihon_2022

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3-,4-,5-,6-,7- va 8-iyul kunlari bo'lib o'tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 3-iyul kuni 08:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 3 smenada - 08:00 13:00 va 18:00 da bo'lib o'tadi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
2.8K views01:52
Ochish/sharhlash
2022-06-29 18:39:50
#муносабат

Педагог ходимларнинг касбий фаолиятига аралашишга йўл қўйилмайди

Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисидаги қонун лойиҳаси юзасидан Тошкент давлат педагогика университети биринчи проректори Ф.Мадраҳимованинг муносабати

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.5K views15:39
Ochish/sharhlash
2022-06-29 16:41:40 Muhim yangilik

Bugundan boshlab malaka toifalari sertifikatlarini tarqatish boshlandi. Ta'lim inspeksiyasining rasmiy manbasida e'lon qilinishicha, Toshkent shahri va Navoiy viloyati pedagoglarining sertifikatlari o'z shaxsiy kabinetlariga jo'natilgan.

Tez orada qolgan hududlar bo‘yicha ham natijalar eʼlon qilinadi!

Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
telegram | facebook | youtube
3.2K views13:41
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:44:53
#Imtihon_2022

AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Prezident maktabiga kirish imtihonining 1-bosqichi 1-iyulda bo‘lib o‘tadi.

Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelishingiz shart!
3.7K views14:44
Ochish/sharhlash
2022-06-28 16:38:48
2022-yil 1-iyuldan:

avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to'lovlari bekor qilinadi;

old va orqa yon oynalarni to'liq qoraytirish to'lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi;

ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko'p bo'lmagan
yengil mashinalarni majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibi bekor bo'ladi.

Shuningdek, 10 yildan 15 yilgacha bo'lgan yengil mashinalar – 2 yilda, 15 yildan ortiq bo'lganlari esa 1 yilda bir marta texnik ko'rikdan o'tkaziladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
3.8K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-06-18 18:56:37
#ПКА_2022_Педагогларга_ёрдам_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар!

Аттестацияда иштирок педагогларнинг шахсий кабинетларига аттестация якунлари бўйича тайёрлаган қарор лойиҳаси юборилди.

Педагоглар қарор лойиҳаси билан танишиб чиқиб, қарор лойиҳаси бўйича саволлар пайдо бўлганда, Инспекциянинг ҳудудий бўлимларига мурожаат қилишлари мумкин!

2022 йил январь-июнь ойларида ўтказилаётган Педагог кадрлар аттестацияси якунлари бўйича малака тоифлари берилган педагогларнинг Сертификатлари 30 июнга қадар педагогларнинг Шахсий кабинетларига юборилади!

Каналимизга аъзо бўлинг ва барча янгиликлар билан биринчилардан бўлиб танишинг!

https://t.me/pka_tdi_uz
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot
5.8K views15:56
Ochish/sharhlash