Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Taʼlim muassasalarida qishki ta | Muallima.uz| Rasmiy kanal

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Taʼlim muassasalarida qishki taʼtilni tashkil etish tartibi belgilandi

“Oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki taʼtilini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (560-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi 2 haftalik qishki taʼtili o‘tkaziladi.

Qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan chiptaning to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

2022 yildan qishki taʼtil davrida o‘quvchi va talabalarning yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin