Get Mystery Box with random crypto!

Muallima.uz| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi muallimauz — Muallima.uz| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @muallimauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.65K
Kanalning ta’rifi

🌐 Muallima.uz rasmiy saytining telegram kanali
Barcha pedagoglar uchun ta'limga oid eng so'nggi yangiliklar, sifatli metodik manbalar
Yaxshi muallim- sifatli ta'lim!
Reklama uchun - @reklama_edubot
Murojaat uchun - @Muallimauz_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-06-16 15:03:43 ​#kulgu_time

Otpusknoy tushdi!

Ayolning telefoni lolarang pushti,
Birdan unga "ting" etib sms tushdi,
Shunda uning xayoli boshidan uchdi,
Ko‘rdi-yu, shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!

Bir yillik charchoqlar unut bo‘ldi-ya,
Qahqahadan hovlisi nurga to‘ldi-ya,
Ovsini-chi alamdan rosa "o‘ldi-ya",
Ayolning shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!

Ayni dam u oilada "toparmon" kelin,
Qaynonasin oldida g‘oz tutar belin,
Yori ham xush qarab, shod etar dilin,
Ayolning shodonligi samoni quchdi,
Chunki kartasiga otpusknoy tushdi!
Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
12.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2022-06-15 13:32:04 Mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotganligi yuzasidan RASMIY BAYONOT

Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotganligi va kamaytirib to‘lash holatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Mazkur masalalarga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilar ma’lum qilinadi:

2022-yilda pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tili berilib, bir yil davomida to‘liq ishlagan o‘qituvchilarga 48 kun hisobidan to‘liq mehnat ta’tili pullari to‘lab beriladi.

Ishga kirganiga bir yil bo‘lmagan o‘qituvchilarga esa mehnat ta’tili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘lanadi (Bunda mehnat ta’tili davri 48 kundan iborat bo‘ladi).

Bugungi kunda "UzASBO" dasturiy majmuasida mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklandi.

Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat ta’tili to‘lovlari to‘lab boriladi.

Mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 Ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegram| Sayt| Fecebook|Instagram
8.9K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-06-14 14:12:41
Pedagoglarning kasbiy faoliyatiga aralashuvga chek qo‘yishni Konstitusiyada ham belgilab qo‘yish taklif qilinmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxromjon Rahmonaliyev bosh qomusimizda ham pedagoglarning kasbiy faoliyatiga aralashuvga chek qo‘yishni belgilab qo‘yish lozim ekanligi aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma’muriy tarzda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-sonli qarori bilan esa xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish, shuningdek ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlangan. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
7.4K views11:12
Ochish/sharhlash
2022-06-14 14:09:59
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, pedagogika taʼlim sohasining 6 ta taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati uch yil etib belgilangan

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
4.4K views11:09
Ochish/sharhlash
2022-06-12 04:23:32 Ҳурматли педагоглар!

Сўнгги кунларда айрим телеграм каналлар, жумладан "Маҳоратли педагог" канали ва журнали Халқ таълими вазирлиги билан ҳамкорликда фаолият юритиши борасида ҳақиқатга зид бўлган маълумотларни берган ҳолда, ўз журналида пуллик асосда мақолалар чиқариш ҳамда пуллк семинарларга қатнашиш хизматларини тарғиб қилмоқда.

Бунинг эвазига эса сертификат эгаларига навбатдаги аттестациядан ўтиш, тоифа ва устама олишда ёрдам бўлиши иддао қилинмоқда.

Шу муносабат билан Халқ таълими вазирлиги "Маҳоратли педагог" телеграм канали ва журнали билан ҳеч қандай алоқаси йўқ эканлигини, ушбу канал орқали бериладиган сертификат эса ҳеч қандай имтиёзларга эга эмаслигини ва Халқ таълими вазирлиги педагогларга бу каби пуллик хизматлар кўрсатмаслигини маълум қилади.

Вазирлик фаолиятига доир барча расмий маълумотлар фақат вазирликнинг расмий каналлари орқали бериб борилади.

Огоҳ бўлинг, алданиб қолманг!


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
4.7K views01:23
Ochish/sharhlash
2022-06-09 19:19:27 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mutaxassisligi bo'yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o'qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori (322-son, 09.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra, mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma'lumotga ega bo'lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinadi.

Bunda o'qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o'rta maxsus yoki professional ta'lim bo'yicha mutaxassislikka ega bo'lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o'rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo'yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo'lishi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro'yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limlariga har yili 1-maydan 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza va hujjatlar 7-iyungacha ko'rib chiqiladi.

Shunga ko'ra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qo'mitaga taqdim qilinadi.

Hujjatlar Qo'mita tomonidan 14-iyungacha ko'rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to'g'risida buyruq chiqariladi.

Ishchi guruh har yili 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta'minlaydi.

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o'qishga qabul qilish bo'yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o'tkaziladi.

Kirish imtihonlari yakuniga ko'ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to'plash mumkin bo'lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo'lmagan ballni to'plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat'iy rioya etilgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
6.3K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-06-08 16:46:18
O'zbek tilini bilmaydigan xalqaro ekspert qanday qilib "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligini tayyorlash jarayonlarida qatnashdi?

Cambridge University Press hamda Oxford University Press nashriyoti muallifi, ona tili va o'qish savodxonligi fani bo'yicha xalqaro ekspert Syuzan Ianuzzi bilan bo'lgan suhbatning to'liq videosi tez orada You Tube sahifamizda e'lon qilinadi. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim
8.6K views13:46
Ochish/sharhlash
2022-06-06 20:59:31
#Bilasizmi

Ayol bolani parvarishlash ta’tili davrida ishlashi mumkinmi?

Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi

Shuningdek, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi. Bu davrda ish joyi saqlanadi.

Ayol o‘z xohishiga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashi mumkin. Yaxshi muallim-sifatli ta'lim «Muallima.uz» sahifalari Telegra
8.0K views17:59
Ochish/sharhlash
2022-06-06 20:39:38
#Yozgi_tatil
#Kitobxonlik_tanlovlari

DIQQAT! E’LON!

Yozgi ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrida 5 ta muhim tashabbus doirasida "Ta'tilda - kitob bilan" shiori ostida "Men eshitgan ertaklar" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov 2022-yil 6-iyundan 15-iyungacha Respublika bolalar kutubxonasining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Yosh kitobxonlar" kanalida onlayn shaklda o‘tkaziladi.

Ijodiy ishlarni @RBK_tanlov1 va @RBK_tanlovlar_2 manziliga yuborish kerak.

Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishing!

Aziz o‘quvchilar! Yozgi ta’tilda Sizni qiziqarli festivallar va tanlovlar, professional bosqichlar, boy ekskursiyalar, ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar kutmoqda!

Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.

#Respublika_bolalar_kutubxonasi_Axborot_xizmati

Telegram| You tube | Facebook|Instagram |Web site
4.9K views17:39
Ochish/sharhlash
2022-06-06 14:46:43
#Bilasizmi

2022/2023-o'quv yilidan magistraturaga hamda oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklariga kirish uchun xorijiy tillarni bilish bo'yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lish talab qilinadi.

Filologiya yo'nalishlari bo'yicha kamida С1 darajadagi sertifikat, nofilologik yo'nalishlar bo'yicha esa B2 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
5.2K viewsedited  11:46
Ochish/sharhlash