Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 75

2022-07-15 06:56:05 #MENING KONSTITUTSIYAM

Mening munosabatim-kelajakka daxldor

Yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, Xalqimizning ertangi farovon kelajagi uchun yo‘lchiroq bo‘lishi hamda mustahkam huquqiy kafolat yaratishi shart. Taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra Hukumatni shakllantirishda va uning samarali faoliyat yuritishni taʼminlashda Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi fikrlar ham o‘rin olgan. Yaʼni bu o‘z o‘rnida siyosiy partiyalarga ham o‘ziga xos masʼulyat yuklaydi.

Uzoq yillardan buyon mantiqan no mutanosib bo‘lgan hokimlarning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash taklfi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan bildirib o‘tildi.
Bu esa huquqiy demokratik va ijtimoiy davlatning eng muhim prinsiplaridandir.

Muhokamaga qo'yilgan mazkur qonun loyihasi xalq fikri, orzu - havaslari, istak va intilishlari bilan yanada sayqal topib, mamlakatimizning porloq istiqboli, yurtdoshlarimizning farovon kelajagi, Vatanimizni yanada gullab-yashnashiga qonuniy asos bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir!

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
107 views03:56
Ochish/sharhlash
2022-07-15 06:56:03
102 views03:56
Ochish/sharhlash
2022-07-14 15:44:02
O‘zbekiston Prezidentining yana bir tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi o‘rni va roli borgan sari oshib bormoqda. Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tkazilayotgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik anjumanlarda xavfsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo‘yicha muhim takliflar ilgari surilishi odatga aylandi. Eng asosiysi, O‘zbekiston tomonidan nafaqat takliflar bildirmoqda, balki uning aniq yechimlari ham o‘rtaga tashlanyapti.

batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
30 views12:44
Ochish/sharhlash
2022-07-14 15:40:49
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati, "Deputat ayollar klubi" a‘zosi Dilfuza Yusupova va MTDPToshkent shahar Kengashi yetakchi mutaxassisi Nargiza Mutalovalar birgalikda Yunusobod tumani 519-DMTM binosida ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Deputat yig‘ilganlarga “O‘zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasiga o‘zgartirsh va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi to‘g‘risida ma‘lumotlar berdi. Muloqot jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan bir qator muhim o‘zgartirishlar hayotiy zarurat ekanligini hamda mazkur jarayon mamlakat kelajagi va xalqimizning farovon hayoti kafolati ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Nargiza Mutalova,
MTDP Toshkent shahar kengashi yetakchi mutaxassisi

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
97 views12:40
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:24:16 #MENING KONSTITUTSIYAM

Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilgari surilayotgan mohiyatan mutlaqo yangi darajadagi vazifalar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topgan keng ko‘lamli maqsadlar ularga mos konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratishni zarurat qilib qo‘yyapti.

Xalqimiz uchun yangi hayotiy marralarni o‘zida aks ettirgan, takomillashgan Konstitutsiyani qabul qilish islohotlarning taqdirini hal qiluvchi muhim vazifadir.

Bosh qonunimizga taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar “Inson – jamiyat – davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi. Konstitutsiyaning 64 dan ortiq moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Unda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi ko‘plab normalar belgilanmoqda.

Prezidentimiz ilgari surgan, “Konstitutsiyamizning yagona manbai va muallifi Xalqdir” degan tamoyiliga asoslanib, keyingi yillarda mamlakatimiz hayoti va taqdiriga daxldor muhim masalalarning barchasi xalq bilan bamaslahat, ochiq-oshkora muhokama qilinayotgani, xususan, Konstitutsiya isloh qilinishida ham xalq fikriga tayanilayotgani aholini yana-da faollashtirmoqda.

Xususan, fuqarolarimiz yurtimizdagi siyosiy jarayonga befarq bo‘lmagan holda bu jarayonda g‘oyat faol qatnashib, asosli takliflar taqdim etilayongani muhim siyosiy voqelikdir.

Sanjarali Imomov,
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati
87 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:24:10
77 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-07-14 13:05:30
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati Nilufar Husanboyeva tumandagi 135 - maktab tadbirlar zalida mahalla aholisi uchun "
Mening Konistitutsiyam " mavzusida muloqot tashkil etildi.

Deputat Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yig‘ilganlarni yaqindan tanishtirdi.

Muloqot jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan bir qator muhim o‘zgartirishlarning ahamiyati borasida yig‘ilganlarga tushunchalar berdi.

Mazkur jarayonlarda aholidan kelib tushayotgan har bir taklif eʼtibordan chetda qolmasligi, komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib mazmun va mohiyati qonunlarda albatta aks etishi borasida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
91 views10:05
Ochish/sharhlash
2022-07-14 12:58:54
#MUNOSABAT

Konstitutsiya - mening taqdirimda

Muborak Yusupova,
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-sonli maktab direktori

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
77 views09:58
Ochish/sharhlash
2022-07-14 12:52:05 #MENING KONSTITUTSIYAM

MTDP Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Zulayxo Kamalxodjayeva, Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati Gulnora Vahobovalar tuman FXDYO bo'limida aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun mohiyati, xaqida ma'lumotlar berildi.

Kontstituttsiyada ilgari surilgan g‘oyalar, Yangi O‘zbekistonning rivoji, inson qadri, uning manfaatlariga xizmat qilishi, demokratik tamoyillarga to‘la mos kelishi haqida gapirib o‘tildi.

Loyihadagi O‘zgartirish kiritilishi taklif etilayotgan modalar to'g'risida ma'lumotlar berdilar. Konstitutsiyamizga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish davr talaba e'kani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jamiyat rivoji, insonlarning baxtli hayot kechirishi uchun xizmat qilishi bosh qomusimizda aks etishi targ'ibot qilindi. Saylovchilarning fikr mulohazalari tinglandi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
79 views09:52
Ochish/sharhlash
2022-07-14 12:51:51
80 views09:51
Ochish/sharhlash