Get Mystery Box with random crypto!

#MENING KONSTITUTSIYAM Mamlakatimiz taraqqiyoti | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#MENING KONSTITUTSIYAM

Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilgari surilayotgan mohiyatan mutlaqo yangi darajadagi vazifalar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida o‘z aksini topgan keng ko‘lamli maqsadlar ularga mos konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratishni zarurat qilib qo‘yyapti.

Xalqimiz uchun yangi hayotiy marralarni o‘zida aks ettirgan, takomillashgan Konstitutsiyani qabul qilish islohotlarning taqdirini hal qiluvchi muhim vazifadir.

Bosh qonunimizga taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar “Inson – jamiyat – davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi. Konstitutsiyaning 64 dan ortiq moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Unda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini taʼminlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi ko‘plab normalar belgilanmoqda.

Prezidentimiz ilgari surgan, “Konstitutsiyamizning yagona manbai va muallifi Xalqdir” degan tamoyiliga asoslanib, keyingi yillarda mamlakatimiz hayoti va taqdiriga daxldor muhim masalalarning barchasi xalq bilan bamaslahat, ochiq-oshkora muhokama qilinayotgani, xususan, Konstitutsiya isloh qilinishida ham xalq fikriga tayanilayotgani aholini yana-da faollashtirmoqda.

Xususan, fuqarolarimiz yurtimizdagi siyosiy jarayonga befarq bo‘lmagan holda bu jarayonda g‘oyat faol qatnashib, asosli takliflar taqdim etilayongani muhim siyosiy voqelikdir.

Sanjarali Imomov,
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati