Get Mystery Box with random crypto!

#MENING KONSTITUTSIYAM Mening munosabatim-kelajakka daxldor | Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

#MENING KONSTITUTSIYAM

Mening munosabatim-kelajakka daxldor

Yangilanayotgan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, Xalqimizning ertangi farovon kelajagi uchun yo‘lchiroq bo‘lishi hamda mustahkam huquqiy kafolat yaratishi shart. Taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra Hukumatni shakllantirishda va uning samarali faoliyat yuritishni taʼminlashda Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi fikrlar ham o‘rin olgan. Yaʼni bu o‘z o‘rnida siyosiy partiyalarga ham o‘ziga xos masʼulyat yuklaydi.

Uzoq yillardan buyon mantiqan no mutanosib bo‘lgan hokimlarning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash taklfi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan bildirib o‘tildi.
Bu esa huquqiy demokratik va ijtimoiy davlatning eng muhim prinsiplaridandir.

Muhokamaga qo'yilgan mazkur qonun loyihasi xalq fikri, orzu - havaslari, istak va intilishlari bilan yanada sayqal topib, mamlakatimizning porloq istiqboli, yurtdoshlarimizning farovon kelajagi, Vatanimizni yanada gullab-yashnashiga qonuniy asos bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir!

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: