Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 77

2022-07-13 11:48:04
#Mening Konstitutsiyam

Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati Valiqul Ishquvvatov tomonidan Nizomiy nomidagi TDPU professor o‘qituvchilari va talabalar hamda mahalla faollari ishtirokida Konstitutsion islohotlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida deputat "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

O‘zgartirish kiritilayotgan moddalarning mohiyatni atroflicha tushuntirib amalga oshirilayotgan islohotlarning bugungi kun uchun ahamiyati, inson qadri va uning erkin va farovon yashashi uchun yanada keng sharoitlarni yaratish Bosh Qomusimizda mustahkamlab, belgilab qo‘yilishi ertangi kunimiz kafolati ekanligi to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdi.

Fuqarolar deputatdan o‘zlarini qiziqtirgan qator savollariga javoblar oldilar.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
57 views08:48
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:31:36
59 views08:31
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:13:30 #Munosabat

Mening Konstitutsiyam

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shubhasiz inson omiliga asoslanganligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Unda taʼlim-tarbiya, sog‘liqni saqlash va meditsina, farmatsevtika, xotin-qizlar himoyasi, bolalar sog‘lig‘i, sanʼat-madaniyat, tadbirkorlik va kichik biznes sohalaridagi muhim o‘zgarish va qo‘shimchalarni alohida taʼkidlash lozimdir. Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiya ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan qoidalar ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va xotirjamligini o‘zida aks etgan Oliy Qomusimiz hisoblanadi. Shunday ekan barcha yurtdoshlarimizni Bosh qomusimizni isloh qilish jarayonlarida faol qatnashishga chaqiraman.

Sanjar Kariyev,
MTDP Bektemir tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati
83 viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:13:00
75 views08:13
Ochish/sharhlash
2022-07-13 11:07:55
30-iyun "Yoshlar" kunida muhtaram Prezidentimiz, IT sohasini yanada rivojlantirish haqida alohida to'xtalib o'tgan edilar:
"Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi. Bugungi dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda"

MTDP Toshkent shahar Kengashi "Yoshlar qanoti" IT sohasiga mo'ljallangan PDP akademiyasiga tashrif buyurishdi va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish haqida akademiyadagi talabalarga tushuntirish ishlari olib borishdi.
PDP jamoasi bilan 15-iyulda rejalashtirilgan "IT" forumiga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi.

Vazira Yuldosheva
Toshkent shahar Kengashi
yetakchi mutaxassisi
107 views08:07
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:52:10
Ўзбекистон — Эрон: ҳамкорлик алоқаларининг янги уфқлари

БАТАФСИЛ
______________________________

Узбекистан — Иран: курс на развитие и укрепление сотрудничества

ПОДРОБНО

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
31 views07:52
Ochish/sharhlash
2022-07-12 17:10:29 Abdurauf Fitrat

Fitrat XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili. U qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publitsist, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi edi.

Abdurauf Fitrat o‘z tarjimai holida yozishicha, 1884 yilda Buxoroda tug‘ilgan.

Fitrat — Abduraufning taxallusi bo‘lib, «tug‘ma iste’dod» ma’nosini beradi. Otasi Abdurahimboy savdo bilan shug‘ullangani bois chet ellarga chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o‘qimishli va odam edi. Onasi Bibijon, adabiyotshunos bo'lgan. Fitrat oilaning to‘ng‘ich farzandi edi.

Fitrat ko‘pqirrali va sermahsul ijodkordir. Bu — uning oz va soz lirikasi, ko‘pqirrali dramaturgiyasi, jangovar publitsistikasi va katta hajmdagi chuqur ilmiy-tadqiqotlaridir. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati xalqni jaholat, turg‘unlik, g‘aflatdan uyg‘otish, ilm-ma’rifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda milliy mustaqillikka chorlashga qaratilgan edi. U o‘zbekning o‘zligini tanishi, ota-bobolari kabi ulug‘vor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilg‘or madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi.

Butun ijodining mohiyati xalqning qalb ko‘zini ochishga va mehnat, yaratish, o‘qish-unish, kurashga da’vatdan iboratdir. Fitrat zo‘r adabiyotshunos, kuchli nazariyachi va o‘tkir tilshunos. Uning «O‘zbek tili grammatikasi» («Sarf», «Nahv», 1924—30 yillarda olti marotaba nashr etildi), «Tojik tili grammatikasi» (1930 y.) va til haqidagi o‘nlab maqolalari ulkan olimligidan guvohdir. «Adabiyot qoidalari», «Aruz haqida» kitoblari hozir ham ilmiy-nazariy qimmatini yo‘qotmagan. Fitratning «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari», «XVI asrdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Chig‘atoy adabiyoti» kabi yirik tadqiqotlari va Umar Hayyom, Firdavsiy, Yassaviy, Navoiy, Muhammad Solih, Bedil, Mashrab, Turdi, Furqat, Muqimiy, Nodira to‘g‘risidagi kitob va maqolalari shu davr o‘zbek adabiyotshunosligida bir voqea, bir davr bo‘lib tarixga kirdi. Uning o‘zbek musiqasi tarixi, shaxmat to‘g‘risidagi maqola, kitoblari qomusiy ilm egasi ekanligini tasdiqlaydi. «Tilimiz» maqolasida bitta «bil» o‘zagidan 98 ta so‘z yasash mumkinligini va turkiy tilning so‘z boyligi fors, arab tillariga nisbatan ko‘proq ekanligini isbotlab, lekin hozir o‘z mavqeiga ega emasligini, «eng baxtsizligini» ta’kidlaydi. Fitrat ulug‘, betakror ijodkor edi.

Turkiston jadidchilik harakatining dohiylaridan bo‘lgan arbob va adib, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitrat o'tgan asrning 20-yillarida turkistonlik 70 nafar yigit-qizni Germaniyaga o‘qishga yuborishda bu ulug‘ siymo juda katta ro'l o‘ynagan. Fitrat chet elga jo‘nab ketayotgan talabalarni Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi oldida Vatan manfaatlariga sodiq bo‘lish haqida qasamyod qildiradi.

Bu ham Vatanparvarlikning buyuk na'munasidir.
94 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-07-12 17:10:26
86 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-07-12 15:50:03
TAVALLUD KUN!

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Azat Seytnazrov tavallud topgan kun!

Mazkur sana bilan ularni qutlab, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, ish faoliyatlarida muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz!

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi Jamoasi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
67 views12:50
Ochish/sharhlash
2022-07-11 17:04:50

24 views14:04
Ochish/sharhlash