Get Mystery Box with random crypto!

Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!

Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz! I
Telegram kanalining logotibi mt_toshkent — Insonni o'zgartirish orqali jamiyatni o'zgartiramiz!
Kanal manzili: @mt_toshkent
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 391

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 76

2022-07-14 12:40:16
#MENING KONSTITUTSIYAM

KONSTITUTSIYАVIY QONUN LOYIHASI MUHOKAMA ETILMOQDA

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini muhokama etishga oid tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati To'lqin Eshbekov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Кonstitutsiyaviy islohotlarning zarurati va ahamiyati to‘g‘risida to‘хtalib qonun loyihasi haqida batafsil ma'lumotlar berdilar.
Muhokama juda qizg‘in o‘tdi. Ko‘plab ishtirokchilar savollar bilan murojaat etishdi. Keksalar ham, yoshlar ham o‘z fikrlarini bildirdilar.

Deputatlarning Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ilgari surilayotgan normalarning inson qadrini ulug‘lash borasidagi o‘rni bo‘yicha bildirgan fikr-mulohazalari qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir jarayonida yig‘ilish ishtirokchilari muhokama etilgan qonun loyihasi har bir yurtdoshimizga daxldor huquqiy hujjat ekanligini anglagan holda o‘z takliflarini bildirdilar.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
80 views09:40
Ochish/sharhlash
2022-07-14 12:22:30
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eldor Tulyakov yurtimiz fuqarolari, partiya faollari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda deputat har bir fuqaro o‘z Konstitutsion huquqidan foydalangan holda bugungi siyosiy jarayonga befarq bo‘lmasdan, taklif va mulohazalari bilan mazkur jarayonlarda faol qatnashib hayotiy o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘ulari bilan yashashi chin insoniy hamda fuqarolik burchi ekanligini taʼkidlab, barcha yurtdoshlarimizni faollikka chaqirdi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo'ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
90 views09:22
Ochish/sharhlash
2022-07-13 16:01:09
FUQARO MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilfuza Yusupova hamda MTDP Toshkent shahar Kengashi devoni ish yurituvchisi – murojaatlari bilan ishlash bo'yicha yetakchi mutaxassisi Elyor Bobomurodovlar Yunusobod tumanida fuqarolar murojaatlari bo'yicha o'rganish ishlarini olib bordilar.

Bunda fuqarolarning murojaatlari chuqur o'rganilib har bir murojaatni ijobiy hal etilishini ta'minlash uchun alohida yondashuv amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yunusobod tumani 13-daha, 62- uy, 19-xonadonda yashovchi fuqaro, yolg'iz ayol Z.Masharipovaning ham murojaati o'rganilib ijobiy hal etildi.

Z.Masharipovaga sog'lig'ini tiklashi uchun 7-Shahar klinik shifoxonasining "Terapiya" bo'limida bepul statsionar davolanish uchun imtiyozli orderni hamda sanatoriyaga bepul yo'llanma berilishi yuzasidan tegishli tartibda navbatga qo'yildi.

Minnatdor fuqaro mas'ullarga o'z tashakkurini bildirdi.

Elyor Bobomurodov,
MTDP Toshkent shahar Kengashi devoni yetakchi mutaxassisi
143 views13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-13 15:10:12
#MENING KONSTITUTSIYAM

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nodir Ashrapov "Zomin Estate Management” korxonasida xodimlar bilan O‘zbekiston Respublikasi "Konstitusiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida deputat korxona xodimlariga qonun loyihasi, mohiyati, O‘zbekiston ertangi porloq istiqboli uchun zarurati hususida maʼlumotlar berib o‘tdi. Qonun loyihasining o‘zgartirish kiritilayotgan tegishli moddalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
206 views12:10
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:23:08 # BILASIZMI ?

Davlat ramzlaridan qachon, qayerda va qanday foydalanish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega.

Davlat ramzlarining huquqiy maqomi, shakli va ranglari hamda foydalanish shartlari qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bayroqning tasviri quyidagilarga tushirilishi mumkin:

a) O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;

b) qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgilariga;

v) O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo‘yiladi.

g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

Bayrog‘ining tasviri quyidagilarga tushirilishi taqiqlanadi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

v) Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.

Yodda tuting!

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Diqqat!

O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
50 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:23:08
54 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:00:22 #MENING KONSTITUTSIYAM

Rivojlangan demokratik mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish vazifalarini davlat to‘laligicha o‘z zimmasiga olgan. Ushbu masala O‘zbekistonda ham so‘nggi 4-5 yilda ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda. Biroq, amaldagi Konstitutsiyada aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy normalar aniq ochib berilmagani bu jarayon yanada faollashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Fikrimning tasdig‘i sifatida amaldagi Konstitutsiyaning «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» bobining 37-moddasida «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir», deb yozib qo‘yilgan. Bu modda umumiy xarakterda bo‘lib, juda ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, davlat qanday toifadagi aholini qaysi vositalar bilan qaysi vazifalari orqali himoya qilishi aniq ochib berilmagan. Shuning uchun hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Konstitutsiyada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama himoya qilishda davlatning vazifalarini belgilab berish zarurati paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda ijtimoiy yordamga muhtoj aholini davlat tomonidan himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizda e’tiborga muhtoj aholimiz qatlamiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim va mexanizmlar joriy etildi.

Hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Konstitutsiyaning tegishli moddalariga aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ishga joylashtirish, jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat hisobidan himoyalash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga bepul o‘qitish majburiyatlarini davlat zimmasiga yuklash borasidagi normalarni kiritish kelajakda albatta O‘zbekiston ijtimoiy davlat sifatida shakllanishiga yordam beradi.

Jahongir Xalilov,
MTDP Toshkent shahar Kengashi raisi o'rinbosari,
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati
.
57 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:00:10
56 views11:00
Ochish/sharhlash
2022-07-13 13:17:38 #Mening Konstitutsiyam

O‘zsanoatqurilishbank xodimlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi

O‘zsanoatqurilishbank tizimida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan davra suhbatida Bank Boshqaruv aʼzolari, barcha tuzilmalar va filiallar rahbarlari, xodimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Gulnora Marufova va Oliy Majlis Qonunchilik deputati Muxtabar Husanova o‘z maʼruzasi bilan qatnashib, qonun loyihasidagi har bir o‘zgartirishlarning ahamiyati va dolzarbligi xususida to‘xtaldi. Aksariyat normalarning mazmun-mohiyati “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyillariga asoslanayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda qonun loyihasining o‘ziga xos jixatlari, ahamiyati, loyihani tayyorlashda o‘rganilgan tajribalar hamda Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Bank xodimlarining Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha bildirgan fikr va takliflari muhokama etildi.

Bizni rasmiy kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/mt_toshkent
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
81 viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2022-07-13 13:16:13
80 views10:16
Ochish/sharhlash