Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-11 15:58:56 #Tadbir

Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2023-yil 10-may sanasida “9 may-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Abdulla Qahhor xotirasini hamda adabiy me’rosini yod etish maqsadida Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalari bilan birgalikda Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Batafsil
1.4K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:08:23
Xabar qilganimizdek, Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova Madina Asrarovna Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish fakulteti tomonidan tashkil etilgan “10th International Week 2023 at the Faculty of Economics and Social Development” xalqaro haftalikda ishtirok etmoqda.

10-may kuni institutimiz vakili mazkur universitet talaba-yoshlariga hamda bir qator xorijiy mutuxassislarga “The history of development of Uzbekistan: the role of investments in economy and agriculture”, “Life and studies in Uzbekistan”, “The history of development of Uzbekistan economy” mavzularida maʼruza qildi.

Qizgʻin savol-javob tarzida boʻlib oʻtgan ushbu maʼruza xorijlik mutaxassislar hamda talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Xizmat safari davom etmoqda...

@moliyauz_official
1.9K views12:08
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:07:46
#bilasizmi

Bu yildan boshlab har yili Prezident qarori bilan tasdiqlanadigan kvotalar faqat davlat granti uchun tasdiqlanadi

Bu Prezidentning 279-son qarori (15.06.2022-y.) bilan belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar kesimidagi ro‘yxati bu yerda https://t.me/eduuz/12192

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.5K views12:07
Ochish/sharhlash
2023-05-11 15:07:46
#qonunchilik_yangiliklari

Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

Prezident qaroriga (08.05.2023-yil PQ-150-son) asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu musobaqalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.5K views12:07
Ochish/sharhlash
2023-05-11 11:01:54
#worldedu2023

Institut vakillari “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishmoqda

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” dasturi doirasida  joriy yilning 11-12-may kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. 

Ushbu koʻrgazmada Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori A.Islamkulov boshchiligida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi N.Mavlanov, Marketing va talabalar amaliyoti  boʻlimi boshligʻi Oʻ.Doʻsboyev va Inkubatsiya va akseleratsiya markazi bosh mutaxassisi S.Abduazimovlardan iborat  jamoa ishtirok etmoqda.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.5K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2023-05-11 10:38:37
#Konsert

Joriy yilning 12-may sanasida Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligida “LEKTORIY KONSERT” dasturi bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturida Gulmira Madrahimova rahbarligidagi “NAVBAHOR” ashula va raqs ansambli honanda va sozandalari, jumladan Surrayo Qosimova, Akmal Xolxo‘jayev, Guljahon Xolxo‘jayeva, Saidakbar Xolmatov, Sunnatillo Do‘stov, Mirqosim Jalolov hamda Bekzod Eshonovlar ishtirok etadi.

Konsert dasturiga san’atga oshufta bo‘lgan institutimiz barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini taklif etamiz.

Konsert dasturi boshlanish vaqti: 14:00
O‘tkaziladigan joy: Obi hayot binosi 4-qavat, Faollar zali.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.4K viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:26:06
#XalqaroAloqalar

Institut dotsenti amaliy tashrif bilan Latviya universitetida

Joriy yilning 9-may kuni Toshkent moliya instituti, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova Madina Asrarovna Latviya davlatining Yelgava shahridagi Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining “Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish fakulteti” fakulteti tomonidan tashkil etilgan “10th International Week 2023 at the Faculty of Economics and Social Development” xalqaro haftalikda ishtirok etdi.

M. Raimjanova mazkur universitet rektori Irina Pilvere bilan uchrashib, institutimiz ta'lim jarayoni, ilmiy faoliyat doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida mezbonlarga atroflicha ma'lumot berdi. Shuningdek, uchrashuvda ilmiy faoliyat hamda salohiyatni yanada kengaytirish bo'yicha fikr-mulohazalar almashinildi.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.6K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:53:18 #tavsiya
#motivatsiya

O‘zbekistonlik 3 — qo‘lga yon daftarcha va ruchkani olib, diqqat bilan ko‘radigan film

Qahramonlarning qaysi fikrini o‘zingizga motivatsiya o‘laroq yozib qo‘ydingiz? Nimaga aynan shuni? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
735 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:30:43
#foydali

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar uchun yangi loyihani e’lon qiladi

Aziz talabalar! Siz:
- faol va yetakchimisiz?
- kreativ g‘oyalar va innovatsiyalarga qiziqasizmi?
- “Critical Thinking” va “Problem Solving” ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqchimisiz?
- ta’lim jarayoniga o‘zgacha ruh va energiya olib kirishni xohlaysizmi?

Unda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan talabalar kreativ klublari loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

1) Ro‘yxatdan o‘ting
2) Motivatsion esseni yuboring
3) Saralashdan o‘tib, Vazirlik tavsiyanomasiga ega bo‘ling
5) Ta’lim muassasangizdagi kreativ klubga asos soling.

Joriy yilning 28-aprel kuni soat 10:00 da bo‘ladigan treningda ishtirok eting.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 7-uy, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.

Onlayn ishtirok etish uchun quyidagi Telegram guruhiga qo‘shilishingiz mumkin:

https://t.me/Edu_Creative_Clubs

Ma’lumot uchun tel.: +99897 287-99-91

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌
2.3K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:15:21
#talabaga_qulaylik

“HEMIS STUDENT” telegram boti rivojlanishda davom etmoqda

Xabar berganimizdek, Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining Telegram boti — @hemisedu_bot ishlab chiqilgan edi.

Endilikda talabalar ushbu bot orqali:

Davomat boʻlimidan fanlardan qoldirilgan dars soatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
tizimga kirish parolini oʻzgartirish imkoniyatlariga ega boʻlishdi.

Shuningdek, HEMIS axborot tizimining mobil ilovasida ham bir qancha imkoniyatlar yaratilgan.

Ilovani yuklab olish

AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US



Еще больше удобств с Telegram-ботом «HEMIS STUDENT»

Как мы сообщали, разработан Telegram-бот информационной системы управления процессами высшего образования «HEMIS» – @hemisedu_bot.

Теперь студенты могут:

Получать информацию в отделе посещаемости о пропущенных часах занятий по предметам;
сменить пароль для входа в систему.

Также в мобильном приложении информационной системы HEMIS создан ряд возможностей.

Скачать приложение

AppStore: https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone

GooglePlay: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.0K views14:15
Ochish/sharhlash