Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-04 08:24:28 #qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
3.1K views05:24
Ochish/sharhlash
2023-07-04 06:25:43
#saylov

9-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi.

Kelajagingizga befarq boʻlmang!

Bizni kuzating

Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
2.9K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-07-03 20:09:21
#akademik_litsey

Institut qoshidagi akademik litseyda bitiruv kechasi tashkil etildi

Bugun, 3-iyul kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyini tamomlagan oʻquvchilarning bitiruv kechasi tadbiri tashkil etildi. Unda institut va akademik litsey rahbariyati, pedagog-oʻqituvchilar, oʻquvchi-yoshlar va ularning ota-onalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
3.7K views17:09
Ochish/sharhlash
2023-06-06 08:11:47
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritolasizmi?

JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin.
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (RO‘YXAT). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: https://lex.uz/uz/docs/-6079561
Shu kabi savollarga javoblar:



Qabulga doir foydali bot
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
281 views05:11
Ochish/sharhlash
2023-06-06 07:29:09
#iqtibos

"Eng katta xato - juda tez taslim bo'lish. Ba'zan, istakka erishish uchun shunchaki yana bir bor urinish kifoya"

Tomas Edison

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
1.0K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-06-05 17:51:48
“Please Be Loud in Tashkent 2023» xalqaro speed kubing musobaqasi oʻtkazildi

Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Toshkent moliya instituti sport majmuasida “kubik-rubik” boʻyicha “Please Be Loud in Tashkent 2023" xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Unida 80dan ortiq mahalliy va xalqaro ishtirokchilar aql tezligida sinashishdi.

Natijalar:

1 oʻrin: Chyngyz Sultanbekov (Qirgʻiziston)

2 oʻrin: Anatoly Turenko (Rossiya)

3 oʻrin: Andrey Che (Rossiya)

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.7K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-06-05 14:17:49
#Qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qachon va qanday topshiriladi?

JAVOB:
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

biometrik pasport yoki ID-karta;
umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

Shu kabi savollarga javoblar:



Qabulga doir foydali bot @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.8K views11:17
Ochish/sharhlash
2023-06-05 11:03:48
#maqola #XalqSo'zi

Toshkent moliya instituti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toʻlqin Teshabayevning “Mintaqalararo muhim muloqot platformasi” nomli maqolasi "Xalq so'zi" gazetasining 2-iyun kuni sonida chop etildi.

Maqolani o'qish

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
3.7K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2023-06-05 06:55:53
#iqtibos

"Odamlar yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o'rganish kerak"

Alibaba kompaniya asoschisi Jek Ma

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
3.3K viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2023-06-04 21:44:59
#OAV #Uzbekistan24

Toshkent moliya instituti magistrantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tmoqda va mazkur jarayonlar ilk marotaba tajriba tariqasida ishlab chiqarish obyektlarida o‘tkazilmoqda.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
3.5K viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash