Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-06-03 14:07:33
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshiradigan abituriyentlar ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q,
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari (masalan, sport, madaniyat, jurnalistikaning ayrim yo‘nalishlari)ni tanlagan abituriyentlar faqat bitta yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Buning sababi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov tomonidan videoda batafsil izohlangan.

Ma’lumot o‘rnida “Yoshlar” telekanali bilan hamkorlikda haftaning har payshanba kuni soat 15.00 dan 16.00gacha “Abituriyent-2023“ loyihasi efirga uzatiladi. Unda shu kabi qabulga doir savollarga javob olishingiz mumkin.

“Abituriyent-2023“ loyihasi ilk sonini to‘liq ko‘rish
:




Qabulga doir foydali bot
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.9K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:58:02
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Vazir I.Abdurahmonov kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda vazirning Farg‘ona vodiysiga xizmat safari davomida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarining holati, kamchiliklar va muammolar, OTMlarga tegishli bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarining borishi, hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha OTMlar tomonidan qilinayotgan ishlar hamda 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir o‘rinbosarlari va agentlik rahbarining axborotlari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.4K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-05-17 14:41:48
2023-yil 15-may kuni Toshkent moliya instituti "Bank ishi ” fakultetining "Xorijiy tillar” kafedrasi katta o`qituvchilari D.Zakirova va Sh.Irgashevalar BIA-20 guruh talabalari bilan "Shahidlar maydoni"ga tashrif buyurdilar

Batafsil

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
1.3K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-05-16 20:14:58
#Sport #Voleybol

Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari o‘rtasida Voleybol sport turi bo’yicha o‘rtoqlik musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi va o’tkazildi.

Ushbu musobaqada 80 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
2.9K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash
2023-05-16 17:03:38
#Xalqaro_aloqalar

Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi vakillari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 16-may kuni Toshkent moliya institutiga Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institut rahbariyati bilan kelgusida statistika sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashib, institutda faoliyat yuritayotgan “Statistika laboratoriyasi” bilan tanishdi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalar bilan uchrashib oʻzaro tajribalar almashishdi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
3.0K views14:03
Ochish/sharhlash
2023-05-16 16:15:31
#Sport

Voleybol sport turi bo’yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.6K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:48:05
#Sport

Voleybol sport turi bo’yicha musobaqa bo'lib o'tdi

2023-yil 16-may kuni Toshkent moliya institutining sport majmuasida Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamda “Moliyachi” sport klubi tomonidan Voleybol sport turi bo’yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi va o’tkazildi.

Ushbu musobaqada 80 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi.


Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.5K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:44:33
#RektorKubogi

“Rektor kubogi” uchun musobaqalar davom etmoqda

Joriy yil 16-may kuni institutga qarashli Sport majmuasida “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi, institut Xotin-qizlar Kengashi, institut Kasaba uyushmasi hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasining hamkorligida ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “REKTOR KUBOGI” uchun VOLEYBOL bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni Bank ishi fakulteti, 2-o‘rinni Moliya fakulteti, 3-o‘rinni Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti jamoalari egalladilar.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
2.3K views12:44
Ochish/sharhlash
2023-05-16 15:40:36
#Ijodiy_uchrashuv

Sirtqi fakultetida shoir Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi

Tadbirda Bobur Bobomurod ijod olamiga kirib kelishi va bugungi faoliyati haqida talabalarga soʻzlab berdi.

Buxoro zaminida tugʻilib oʻsgani, kitobga mehr qoʻygani hamda birinchi va boshqa koʻplab yozgan sheʼrlari haqidagi xotiralar koʻpchilikning koʻz oʻngida yaqin yillar tasvirini jonlantirdi.

Shoir oʻzi tomonidan bir-biridan qiziqarli va kuchli hayajon bilan oʻqilgan sheʼrlar tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.
Bundan tashqari, uchrashuvning savol-javoblar qismida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishga muvaffaq boʻlishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga shoirning sheʼriy toʻplamlari kiritilgan kitoblar sovgʻa qilindi. Ijodiy uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Sirtqi fakultet dekanati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.5K views12:40
Ochish/sharhlash
2023-05-11 16:37:06
#tanlov

“Havaskor gitara ishqibozlari” va “Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari” tanlovi natijalari ma'lum bo'ldi

Batafsil

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
1.1K views13:37
Ochish/sharhlash