Get Mystery Box with random crypto!

#Konsert Joriy yilning 12-may sanasida Toshkent moliya instit | Toshkent moliya instituti

#Konsert

Joriy yilning 12-may sanasida Toshkent moliya instituti hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligida “LEKTORIY KONSERT” dasturi bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturida Gulmira Madrahimova rahbarligidagi “NAVBAHOR” ashula va raqs ansambli honanda va sozandalari, jumladan Surrayo Qosimova, Akmal Xolxo‘jayev, Guljahon Xolxo‘jayeva, Saidakbar Xolmatov, Sunnatillo Do‘stov, Mirqosim Jalolov hamda Bekzod Eshonovlar ishtirok etadi.

Konsert dasturiga san’atga oshufta bo‘lgan institutimiz barcha professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlarini taklif etamiz.

Konsert dasturi boshlanish vaqti: 14:00
O‘tkaziladigan joy: Obi hayot binosi 4-qavat, Faollar zali.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official