Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-20 11:45:46
Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 4 kun dam oladi

Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Unga ko‘ra Ramazon hayiti 21-aprel – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 22–24-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 4 kun dam olishadi:

21-aprel (juma) – Ramazon hayiti bayrami;

22-aprel (shanba) – dam olish kuni (shu jumladan, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun);

23-aprel (yakshanba) – dam olish kuni;

24-aprel (dushanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

O‘quv jarayonlari joriy yil 25-aprel, seshanbadan boshlanadi.



В честь Рамазан-Хайита в высших и профессиональных образовательных учреждениях, а также лицеях отдохнут 4 дня

Согласно Указу Президента установлены дополнительные выходные в честь Рамазан-Хайита.

Так, Рамазан-Хайит будет отмечаться 21 апреля – в пятницу. С 22 по 24 апреля, независимо от продолжительности рабочей недели, профессорско-преподавательский состав, руководители и студенты, работающие в высших, профессиональных образовательных учреждениях и академических лицеях, будут отдыхать 4 дня подряд:

21 апреля (пятница) – Праздник Рамазан-Хайит;

22 апреля (суббота) – выходной (в том числе, и для тех, у кого 6-дневная рабочая неделя);

23 апреля (воскресенье) – выходной;

24 апреля (понедельник) – дополнительный выходной день, независимо от видов рабочей недели.

Учебный процесс начнется во вторник, 25 апреля.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.7K views08:45
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:03:49
#RektorKubogi

Kecha, 18-aprel kuniToshkent moliya institutining sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻlimi tomonidan “Sport-sogʻlik garovi” shiori ostida shaxmat va shashka sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi yuqori saviyada oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada 200 nafardan ziyod talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.3K viewsedited  12:03
Ochish/sharhlash
2023-04-19 14:24:47
#OAV

Joriy yilning 17-aprel kuni institutimiz Budjet hisobi va g'aznachilik fakulteti 2-bosqich talabasi Yaxshiliqov Javlon o'zining zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga va dasturlashga bo'lgan qiziqishlari va iste'dodini namoyish qilib o'z bilganlari va rejalari haqida "Assalom O'zbekiston" teledasturida intervyu berdi

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.5K viewsedited  11:24
Ochish/sharhlash
2023-04-19 14:04:04
#RektorKubogi

Stol tennis sport turi bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o’tkazildi

17-aprel Toshkent moliya institutining sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi tomonidan “Sport-sog’lik garovi” shiori ostida stol tennis sport turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasi yuqori saviyada o’tkazildi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.7K viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash
2023-04-18 16:47:38
#Muhokama

Talaba-yoshlar orasida kreativ muhitni shakllantirish borasidagi masalalar muhokama etildi

Bugun, 18-aprel kuni institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor K. Karimova Talabalar kengashi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
5.5K views13:47
Ochish/sharhlash
2023-04-18 10:25:29
#OAV

Institutimizda bo‘lib o‘tgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi "Bu kun" dasturida

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
4.5K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2023-04-18 09:31:47
#amaliy_tashrif

Joriy yilning 17-aprel kuni Toshkent moliya instituti "Bank ishi" kafedrasi professori Xolmamatov F.K. tashabbusi bilan Bank ishi fakulteti BIA-92(i) guruh talabalari ishtirokida "Ipak yo'li bank" AITB Bosh ofisiga amaliy tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Bank xodimlari tomonidan talabalarga "Ipak yo'li bank" AITB haqida ma'lumotlar, u yerdagi bo'limlar va ularning funksiya hamda vazifalari haqida ko'plab ma'lumotlar berib o'tildi.

Tashrif davomi va so'ngida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
4.6K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:50:11
#Amaliyot

Kafedra filialida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
4.2K views11:50
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:37:06 ​#DiqqatTanlov

Estrada ijrochiligini yanada rivojlantirish, targ‘ib etish, estrada san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov e’lon qilamiz.

Talabalar o‘z qobiliyatlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sinab ko‘rishlari mumkin:

“Havaskor gitara ishqibozlari”;

“Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari”.

Talabalar ushbu yo‘nalishlarda gitara va pianinoda (elektr sintezator) yakkaxon musiqa yoki shu cholg‘ular jo‘rligida an’anaviy va klassik hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlarini ijro etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Konkurs talablari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
97-440-81-61.

O‘tkaziladigan joy: A-bino 1-ma’ruzalar zali
O‘tkazish sanasi va vaqti: 2023-yil 5-may. Soat 14-00 da.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
3.9K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:16:44
#Jamoatchilik_muhokamasi

Abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra:

abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda uchtagacha akademik litseyning taʼlim tili bir xil boʻlgan bittadan mos yoʻnalishini tanlash imkoniyati beriladi;

abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:

akademik litseylarga umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, oʻqishga qabul qilish tartibi;

akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni oʻtkazish, rasmiylashtirish va natijalarni eʼlon qilish tartibi;

fan olimpiadalari, tanlovlar gʻoliblari va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirish sertifikatiga ega boʻlganlar uchun imtiyozlarni qoʻllash;

akademik litsey oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibi belgilanadi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.8K views06:16
Ochish/sharhlash