Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent moliya instituti

Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti T
Telegram kanalining logotibi moliyauz_official — Toshkent moliya instituti
Kanal manzili: @moliyauz_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.61K
Kanalning ta’rifi

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.
Официальный телеграм канал ТФИ
Official channel of TIF
Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Axborot xizmati bilan bog'lanish: @pressman_tfi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-16 08:25:35
#YANGILIK

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram messenjerida yangi sahifasi ishga tushirildi

Telegram: OTFIVǀRASMIY

Yangi sahifa orqali oliy va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalari hamda akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, uchrashuv va turli tadbirlar haqidagi xabarlar berib boriladi.

Amaldagi @eduuz kanali esa, asosan vazirlik faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb yangiliklarni e'lon qiladi.

Bizni, shuningdek, Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoq va messenjerlarida ham kuzatib borishiningiz mumkin.

Unutmang, sohaga doir tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat bizning sahifalarda beriladi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.1K views05:25
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:39:35
#Seminar

Bugun, 15-aprel kuni Toshkent moliya instituti talabalari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan onlayn seminarda ishtirok etishdi.

Mazkur onlayn seminar davomida Jamg‘arma tomonidan ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlov tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar talaba-yoshlarga to‘liq yetkazildi.

Batafsil saytda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.7K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:03:17
EʼLON!

Estrada ijrochiligini yana-da rivojlantirish, targ‘ib etish, estrada sanʼatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rik-tanlov eʼlon qilinadi:

“Havaskor gitara ishqibozlari”;

“Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari”.

Talabalar ushbu yo‘nalishlarda gitara va pianinoda (elektr sintezator) yakkaxon musiqa yoki shu cholg‘ular jo‘rligida anʼanaviy va klassik hamda zamonaviy estrada qo‘shiqlarini ijro etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Konkurs talablari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon: 97-440-81-61.

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.8K viewsedited  13:03
Ochish/sharhlash
2023-04-15 14:31:19
#MehnatYarmarkasi

Institutimizda bo‘lib o‘tgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi qisqacha videolavhamizda

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali:
@moliyauz_official
2.6K viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-04-15 14:27:43 Мустақил изланувчиликка ҳужжат топширмоқчи бўлган талабгорлар диққатига!

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 22 майдаги 304-сон қарори талабларига мувофиқ 2023 йил 3-чорак учун олий таълимдан кейинги таълимнинг шаклларидан бири мустақил изланувчиликка Ягона электрон тизим (phd.mininnovation.uz) орқали онлайн ҳужжатлар топшириш бошланди.

Ҳужжатлар жорий йилнинг 15 апрелдан 15 майга қадар Ягона электрон тизими орқали қабул қилинади.

Мустақил изланувчилик – фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) ёки фан доктори (Doctor of Science (DSc) илмий даражаларига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли.

Маълумот учун, талабгорлар ҳужжатлари илмий ёки таълим ташкилот томонидан кўриб чиқилиб қабул қилинади ёки рад этилади. Шунингдек, юқорида белгиланган муддатларда талабгорларнинг ҳужжатлари қабул қилиниши лозим.

_ _ _ _ _ _ _

Вниманию заявителей, желающих подать заявку на самостоятельное соискательство!

В соответствии с постановлением Кабинета Министров от 22 мая 2017 года №304 начата онлайн подача заявок на самостоятельное соискательство на 3-квартал 2023 года через Единую электронную систему (
phd.mininnovation.uz).

Документы будут приниматься с 15 апреля по 15 мая текущего года.

Самостоятельное соискательство — форма послевузовского образования по специальности научных и научно-педагогических кадров высшей квалификации, организуемого в ВОУ или НИУ для соискателей ученых степеней доктора философии (PhD) или доктора наук (DSc)по углубленному изучению специальности и ведению ими научных изысканий в целях подготовки и защиты докторской диссертации без отрыва от производства.

Документы заявителей рассматриваются и принимаются или отклоняются научной или образовательной организацией. Также документы заявителей должны быть приняты в указанные выше сроки.

@mininnovation
2.6K views11:27
Ochish/sharhlash
2023-04-15 14:18:18
Тошкент Молия институтида "Карьера куни" меҳнат ярмаркаси ташкил этилди. Тафсилотлар "Ўзбекистон24" каналида



В Ташкентском финансовом институте состоялась Ярмарка вакансий «День карьеры». Подробности в сюжете телеканала "Узбекистан24"

@Ibrokhim_Abdurakhmonov
2.4K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:55:16
#foydali

Top 500 oliygohni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun qoʻshimcha ustamalar joriy qilingan

Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

Ustamalar miqdori bilan yuqoridagi jadval orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.7K views09:55
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:55:49
#MahoratDarsi

“Moliyaviy natijalar hisobi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi

Batafsil saytda

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
955 viewsedited  08:55
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:33:55
Talabalar uchun stipendiya tanlovi!

Respublika miqyosida talabalar uchun “REGISTON STIPENDIYASI” tanlovi o‘tkazilmoqda.

Stipendiya kimlar uchun?

— Davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan barcha talabalar uchun

BATAFSIL MA’LUMOT

Talabalarni pul yutuqlari, “Registon stipendiyasi sohibi” maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar kutmoqda.

Tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Batafsil ma’lumot: @Registon_stipendiya_bot

HUJJAT TOPSHIRISH
1.4K views08:33
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:11:33“Oqila qizlar – kelajagimiz ishonchi, millatimiz tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

2023-yil 13-aprel kuni
Toshkent moliya institutining 3-sonli talabalar turar joyida “Audit” kafedrasining “Kafedra haftaligi” tadbirlari doirasida fakultet Xotin-qizlar tashkiloti faollari bilan hamkorlikda “Oqila qizlar – kelajagimiz ishonchi, millatimiz tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Dilfuza Muxsimova, tuman “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, yu.f.n., dots. Maxbuba Xamidova, “Minor” MFY Xotin-qizlar faoli, huquqshunos Muhabbat Mirzayeva, Oila va xotin-qizlar bo’limi mutaxassisi Gulmira Abduraximova, shuningdek, institut Xotin-qizlar Kengashi raisi va a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mehmonlar va talaba-qizlar o’rtasida qizlar tarbiyasi, talaba-qizlarning bilim olishlari, kasb-hunar o’rganishlari, sog’lom va mustahkam oila qurish omillari, er-xotin va qaynona-kelin munosabatlari, ajrimlarning oldini olish, tazyiq va zo’ravonlikning biron shakliga yo’l qo’ymaslik kabi mavzularda samimiy suhbat bo’lib o’tdi.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
1.7K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash