Get Mystery Box with random crypto!

Xabar qilganimizdek, Toshkent moliya instituti “Baholash ishi | Toshkent moliya instituti

Xabar qilganimizdek, Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova Madina Asrarovna Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish fakulteti tomonidan tashkil etilgan “10th International Week 2023 at the Faculty of Economics and Social Development” xalqaro haftalikda ishtirok etmoqda.

10-may kuni institutimiz vakili mazkur universitet talaba-yoshlariga hamda bir qator xorijiy mutuxassislarga “The history of development of Uzbekistan: the role of investments in economy and agriculture”, “Life and studies in Uzbekistan”, “The history of development of Uzbekistan economy” mavzularida maʼruza qildi.

Qizgʻin savol-javob tarzida boʻlib oʻtgan ushbu maʼruza xorijlik mutaxassislar hamda talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Xizmat safari davom etmoqda...

@moliyauz_official