Get Mystery Box with random crypto!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi keng | Toshkent moliya instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, mas’ullar ishtirok etdi.

Vazir I.Abdurahmonov kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda vazirning Farg‘ona vodiysiga xizmat safari davomida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlarining holati, kamchiliklar va muammolar, OTMlarga tegishli bino va inshootlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlarining borishi, hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha OTMlar tomonidan qilinayotgan ishlar hamda 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik holati muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir o‘rinbosarlari va agentlik rahbarining axborotlari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube