Get Mystery Box with random crypto!

#RektorKubogi “Rektor kubogi” uchun musobaqalar davom etmoqda | Toshkent moliya instituti

#RektorKubogi

“Rektor kubogi” uchun musobaqalar davom etmoqda

Joriy yil 16-may kuni institutga qarashli Sport majmuasida “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo’limi, institut Xotin-qizlar Kengashi, institut Kasaba uyushmasi hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasining hamkorligida ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “REKTOR KUBOGI” uchun VOLEYBOL bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni Bank ishi fakulteti, 2-o‘rinni Moliya fakulteti, 3-o‘rinni Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti jamoalari egalladilar.

Toshkent moliya instituti rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official