Get Mystery Box with random crypto!

MIRZOBEK's Planet

Telegram kanalining logotibi mirzobek_bozorov — MIRZOBEK's Planet M
Telegram kanalining logotibi mirzobek_bozorov — MIRZOBEK's Planet
Kanal manzili: @mirzobek_bozorov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67
Kanalning ta’rifi

Firqa — maqsadi, g'oyasi, dunyoqarashining mushtarakligi jihatidan birlashgan insonlar guruhi.
O'qish, ish va hayotiy tajribalarimni ulashib boraman.
Kerak bo'lsam: @unga_yozing_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-24 08:13:31 Universitetga kirganingda, maktabda o'qiganlaringni chuqurlashtirib o'rgatishadi deyishgandi.

Universitetga endi kirganimizda, bu yerda o'qitmaymiz, yo'nalish beramiz, mustaqil o'rganasiz deyishdi.

Ozgina vaqt o'tgach, endi maktab darsliklarini unuting degan gap chiqdi.

Meni hayron qoldiradigani, nega maktab darsliklari bilan hozirgi bizga berilayotgan ma'lumotlar bir-biriga to'g'ri kelmaydi? Sababini so'rasak, men o'qigan ruscha kitoblarda shunday berilgan deyishadi. Nima uchun biz rus manbaalaridan o'rganishimiz kerak? Shunday ekan, bizning darsliklarimizga, bizning o'rganganlarimizga to'g'ri keladiganini olish kerakmasmi?

Maktab darsliklaridagi ma'lumotlar ham biror asoslarga ega bo'lsa kerak. Maktabda o'rgatilayotgan ma'lumot ham bekorga emasdir.

Xullas, savollar ko'payib ketdi...

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov
86 viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-03-22 05:01:42 Ertalab turdim. Kechasi bilan nimalar bo'lganini tekshiraman. Kanallar, guruhlar, qancha gap yozishibdi.

Qiziq kanal ekan. Avvalgi postlarini ko'raylikchi.

Instagram direct'imni tekshiraman. Story'lar, rasmlar lentani ko'rib chiqaman. Yangi vaynlar, bu kim bo'ldi? Qiziq. Bunisiyam qiziq.

Yangi post chiqibdi, zo'r yozilibdi.
YouTube link berilgan ekan. Keyingi video. Yana keyingisi. Shunisi oxirgisi bo'ladi, hali qancha ishlarim bor...

Googledan izlab ko'rishim kerak. Mana bu yangilikni qara. Rostdan ham shunday.

Kitob o'qish haqida yaxshi gap yozibdi. Men ham o'qishim kerak. Vaqt yo'q-da afsus.

Fikrlaringizni commentda kutaman.

@mirzobek_bozorov
105 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-21 19:04:48 ''Mustaqil yurtda mustaqil fikrimizni bildirishimiz mumkin. Bizda so'z erkinligi bor, если что.
Lekin, so'zlagandan keyingi erkinlik...''


SUBYEKTIV ''Activist'' sonidan.

Shu yerda bir kanal yuritadigan opamni hikoyasi esga tushib ketdi

#iqtibos
@mirzobek_bozorov
102 views16:04
Ochish/sharhlash
2023-03-20 08:30:03 ''Milliard'' klubi asoschisi Alisher Isayev o'z blogida yozyapti:

“O‘zbekchilik” so‘zini qachon ishlatasiz? Siz ham shu so‘zni nimanidir sifati yaxshi bo‘lmasa, kech qolsangiz, ish chala bitsa ishlatasizmi?

Sifatli narsa - nemischa, sifatsiz - o‘zbekchilikmi?

Shu kunlar Istanbulda ikki o‘zbek tadbirkor bilan suhbatlashdim. Biri o‘zbeklar bilan umuman biznes qilmayman, ikkinchisi - o‘zbeklar yashaydigan joyda yashamayman dedi. Ichim og‘ridi!

Nima qilsak “o‘zbekchilik” nemis sifatidan ham yaxshiroq so‘z bo‘ladi? Nima qilsak o‘zbeklar chet elda bir biri bilan birlashadi?

Mening javobim: ILMSIZ millatni ko‘tarib bo‘lmaydi! Katta pulni maktab va universitetlarga chet eldan kuchli mutaxassislar olib kelishga ishlatish kerak! 20, 50, 100 o‘qituvchi emas. Bittada 50’000, 100’000 o‘qituvchilar desanti kerak! Bu yiliga $2-3 mlrd byudjetdan sarmoya degani! Lekin, shu yo‘l bilan yurtimiz 10-15 yilda ilg‘or mamlakatlar qatoriga kirishiga ishonaman! Boshqa yo‘l yo‘q!

@mirzobek_bozorov
100 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 09:36:49 Ertaga erishasan.

Tengdoshlarimiz o'z ishlarini boshlayapti yoki yaxshi universitetlarga ketishmoqda. Biz hali bekorchimiz.

Sahnada turib hammani o'ziga qaratayotgan biz emasmiz.

Barcha e'tiborimiz bugun yutayotganlarga qaratilgan. Ishi yurishayotganlarga qaratilgan.

Bu yerda ikki yo'l bo'lishi mumkin. Bugun yutmayotganimizdan norozi bo'lib yurish yoki e'tiborni bugun qilish kerak bo'lgan ishlarga qaratib ertaga yutishni maqsad qilish.

Oson bo'lmaydi. Balki ko'p vaqt ketadi. Lekin bugun mehnat qilib ertaga yutish, bugun yutmayotgandan xafa bo'lib, ertaga ham hech narsaga erishmaslikdan yaxshiroq.

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov
142 views06:36
Ochish/sharhlash
2023-03-17 17:13:37 Ingliz tilini endi boshlaganimda bir do’stim ”Sen Londonga borarmiding, ingliz tili o’rganyapsan?” deb hazillashgan edi.

Biz har bir kunimizni hayotimizdagi muammolarga yechim topish harakatida o’tkazamiz.

Tirikchilik muammosini yechish uchun pulga ishlaymiz. Kelajakdagi moliyaviy muammolarni oldini olish uchun institutga o’qishga kiramiz.

Ohirat muammolarini oldini olish uchun tavba qilamiz (agar ulgurib qolsak).

Boshliqqa yomon ko’rinib qolish muammosidan qochib ishga ertaroq boramiz, ishdan esa boshliq uyiga ketgandan keyin ketamiz.

Men bir narsaga qattiq ishonaman. Hayotimizdagi barcha muammolarimizga bilim orqali yechim topa olamiz. Bizga kerakli bilim tekinga yoki juda arzon narhga bor.

7 millyard odam ichidan chiqib, butun umrini bir sohaga sarflagan mutaxassis bilimlar to’planmasini (kitobini) 2 lagan oshga sarflaydigan pulga sotib olish mumkin.

Hozir bir kitob o’qiyapman. 700 sahifa atrofida. Muallif 15 yillik mehnat faoliyati xulosalarini 6 yil davomida umumlashtirgan xolda kitob qilgan. Narhi 109 ming so’m. Nechta tandir somsa beradi?

Ko’pchiligimizdagi katta muammo bunday tekin va arzon bilimlarni o’zbek tilida mavjud emasligida. Eng achinarlisi bunday bilimlar 99,9999% qismi o’zbek tiliga hech qachon tarjima qilinmaydi.

Bizda bilim olishga hohish bor. Savollarimiz ko’p. Muammoimiz esa savollarni o’zbek tilida berishimiz.

Biz bilgan bir nechta shaxslar bor. Biz ularni ”savollarimizga javob bera oladiganlar” deb hisoblaymiz. Ulardan savollar so’rayveramiz, so’rayveramiz. Ularda esa savollarga to’liq javob berishga yo vaqti yo’q, yo yetarlicha bilimi yo’q.

Kimlardir muammolarimizga tez yechim topa olishimizga yordam beraman deydi. 2 kun seminarimga qatnashsang pul topishni o’rgataman deydi. Bilmaymizki bizni maxsulot sifatida ishlatishayotganini. Eng mashhur investorlardan biri Warren Buffet bilimlari tekinga bor. Hohlagan odam saytidan o’rganishi mumkin.

Bilim olishdagi eng katta muammo yechimi - bu ingliz tilini o’rganish.

O’zbek tiliga hech qachon o’girilmaydigan manbalardan bilim olmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing.

Tanqidiy fikrlashni yaxshi o’rganmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing.

Yaxshi qarorlar qabul qilishni o’rganmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing.

O’z sohangizda taniqli bo’lmoqchimisiz - ingliz tili o’rganing.

Olti oy davomida ingliz tilidagi kitobni o’qib bemalol tushunadigan bo’lasiz, suhbatda fikringizni hotirjam tushuntira oladigan bo’lasiz. Iloji yo’q demang. Buni isbotlaganlarni avvalgi postlarimda bir necha marta eslatib o’tganman. Ular ham oramizdagi odamlar. Guruhdoshimiz, tengdoshimiz.

Talabalik vaqtimizda har yili 2 oydan ko’p vaqtni paxtada o’tkazar edik.

Magistraturada o’qiganimda bir kursdoshim bor edi. Bir yil davomida 90 kunini Minecraft o’ynab o’tkazgan edi.

Sizning bir yilingiz necha kuni nima bilan o’tyapti? 6 oy vaqt ajratib til o’rganish muhim. Bilim olish muhim. Shunda butun hayotingiz o’zgaradi, kelajak o’zgaradi. Avlodlaringiz kelajagi o’zgaradi.

Do’stim aytganidek siz Londonga borarmidingiz. Aslida chetga chiqish muhim emas. Bilim olish muhim. Tilni bilim olish uchun o’rganing. Londonga ham borasiz, Nyu-Yorkga ham borasiz. Men misol.

Bek Olimjon
16.03.23
Norvegiya
130 views14:13
Ochish/sharhlash
2023-03-16 05:05:40 #zakovat

Yana o'sha mavzu...

"PARADOKS" bu nima men uchun??

Bu hozirda men uchun, balkim butun xorazmda tashkil topgan zakovat jamoalariga qaraganda eng inoq jamoa bo'lsa kerak.

BU BIR OILA.

Bizni chetdan kuzatgan odam, bular nega urishishyapdi? nimaga kulishyabdi? nima gapirishyapdi? deb taajubga tushushi aniq. Hatto guruh gurunglariga birdan qoshilib qolsam o'zim ham tushunmay qolaman . Taparoqlardan o'qib chiqib keyin anglab yetgan paytlarim ham bo'lgan.

Bizning jamoa guruhida har kuni 1000+ muhokama bo'lsa shuni 900+i esa o'zlarimizni gaplar bo'lishi aniq Hatto kanallarimizni postlari ham oldin guruhda yozilishi yoki guruhdagi voqealardan kelib chiqishi haqiqat...

Jamoa tarkibi

Asadbek Matrasulov
Jamshid Raximov
Hamdambek Xudarganov
Shamsiddin Ruzimov
Mirzobek Bozorov
Mohira Yusupova
Hilola Jumaboyeva
Sevara Shonazarova

Ayrimlarining bloglari:
@Mohira_Rasulovna
@mirzobek_bozorov

Jamoamizning yanabir eng yaqin do'stini ham aytib o'tishim kerak Og'abek Qurbonboyev. Really my Friend. Bu bilanku ancha-muncha ishlarni qilib tashlaganimiz rost.


Siz zakovatga kelib bitta komonda ham urishib õtirib va shu paytni o'zida kulishib o'trganini ko'rsangiz bilingi bu "PARADOKS" TEAM
82 views02:05
Ochish/sharhlash
2023-03-15 22:17:51 Biz hamma narsani osonlashtirishni yaxshi ko'ramiz.

Voqeani asl sababini bilmasak ham, bilamiz deb o'ylaymiz.
Biz keltiradigan sabab, sabablar ichida bizga eng yoqadigani bo'ladi, albatta.

Tekshirish uchun biror odamdan o'zi yaxshi tushunmaydigan mavzu haqida fikrini so'rab ko'ring. Juda kamchilik ''bilmadim'' deya javob beradi.

O'zimizni ''to'g'ri'' deb hisoblaydigan fikrimizga qarshi isbot chiqib qolsa, buni shaxsiyatga hujum sifatida qaraymiz. O'zimizga mos dalillarni izlay boshlaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatsak, bu yerda hech kim o'z fikrini o'zgartirmaydi. Lekin, hammaning fikri to'g'ri bo'lishi mumkinmi?

Eng qizig'i, postni oxirigacha o'qigach, men unday emasman lekin shunday odamni taniyman deb o'ylaymiz.

''Men ham shundayman, endi buni yo'qotish yo'lini izlash kerak'' tamoyilidan yondashsak, nihoyatda go'zal:)

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov
101 viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2023-03-14 21:46:08 Nima uchun kitob o'qimaymiz.

Bugun bir tanishim umrida badiiy kitob o'qimaganligi, darsliklarni ham o'qishga kirish uchun majburlikdan o'qigani haqida gapirib qoldi.

Kitob deganda zerikarli matnlarni tushunib qolganmiz.
Maktab va universitetlarda qiziqarli kitob o'qitishmagan bizga.
Dasturda borini o'qitishadi.

Badiiy kitoblar qachon qiziq bo'ladi? Kitoblar muammolarimizni yechib tursagina qiziq bo'ladi. Dunyoqarashimizni o'stirsa qiziq bo'ladi.

Majburlikdan o'qimang.Qiziq bo'lgani uchun o'qing.
Kitoblar qiziq bo'layotganining belgilari:
Ikki bet o'qigandan so'ng yana davom ettirishni xohlab qolasiz.
O'qib turganda qo'ldan qo'ymaysiz.
Olingan bilim yoki xulosalani qayerda qo'llashni tasavvur qila boshlaysiz.

Shuning uchun badiiy kitob o'qiy olmayman demay, qiziqarli kitoblar yo'liqmadi deyish mumkin:)

#kitoblar
@mirzobek_bozorov
145 viewsedited  18:46
Ochish/sharhlash
2023-03-13 16:54:46 Python dasturlash tilini o'rganayapman. O'rganganlarimni mustahkamlash va bo'lishish maqsadida yangi maqola(cha) yozdim.

Bu maqolada o'zgaruvchilar, o'zgaruvchilarni nomlash, string(matn), f-string funksiyasi, matnlar bilan ishlaydigan metodlar va input() foydalanuvchi bilan muloqot funksiyasi kabilarga to'xtalishga harakat qildim.

Bir dasturchi aytganidek, sharing is caring.

https://telegra.ph/Hammasi-Python-haqida-03-13

1-qismni o'qish

#dasturlash
@mirzobek_bozorov
142 viewsedited  13:54
Ochish/sharhlash