Get Mystery Box with random crypto!

''Milliard'' klubi asoschisi Alisher Isayev o'z blogida yozyap | MIRZOBEK's Planet

''Milliard'' klubi asoschisi Alisher Isayev o'z blogida yozyapti:

“O‘zbekchilik” so‘zini qachon ishlatasiz? Siz ham shu so‘zni nimanidir sifati yaxshi bo‘lmasa, kech qolsangiz, ish chala bitsa ishlatasizmi?

Sifatli narsa - nemischa, sifatsiz - o‘zbekchilikmi?

Shu kunlar Istanbulda ikki o‘zbek tadbirkor bilan suhbatlashdim. Biri o‘zbeklar bilan umuman biznes qilmayman, ikkinchisi - o‘zbeklar yashaydigan joyda yashamayman dedi. Ichim og‘ridi!

Nima qilsak “o‘zbekchilik” nemis sifatidan ham yaxshiroq so‘z bo‘ladi? Nima qilsak o‘zbeklar chet elda bir biri bilan birlashadi?

Mening javobim: ILMSIZ millatni ko‘tarib bo‘lmaydi! Katta pulni maktab va universitetlarga chet eldan kuchli mutaxassislar olib kelishga ishlatish kerak! 20, 50, 100 o‘qituvchi emas. Bittada 50’000, 100’000 o‘qituvchilar desanti kerak! Bu yiliga $2-3 mlrd byudjetdan sarmoya degani! Lekin, shu yo‘l bilan yurtimiz 10-15 yilda ilg‘or mamlakatlar qatoriga kirishiga ishonaman! Boshqa yo‘l yo‘q!

@mirzobek_bozorov