Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun kitob o'qimaymiz. Bugun bir tanishim umrida badiiy | MIRZOBEK's Planet

Nima uchun kitob o'qimaymiz.

Bugun bir tanishim umrida badiiy kitob o'qimaganligi, darsliklarni ham o'qishga kirish uchun majburlikdan o'qigani haqida gapirib qoldi.

Kitob deganda zerikarli matnlarni tushunib qolganmiz.
Maktab va universitetlarda qiziqarli kitob o'qitishmagan bizga.
Dasturda borini o'qitishadi.

Badiiy kitoblar qachon qiziq bo'ladi? Kitoblar muammolarimizni yechib tursagina qiziq bo'ladi. Dunyoqarashimizni o'stirsa qiziq bo'ladi.

Majburlikdan o'qimang.Qiziq bo'lgani uchun o'qing.
Kitoblar qiziq bo'layotganining belgilari:
Ikki bet o'qigandan so'ng yana davom ettirishni xohlab qolasiz.
O'qib turganda qo'ldan qo'ymaysiz.
Olingan bilim yoki xulosalani qayerda qo'llashni tasavvur qila boshlaysiz.

Shuning uchun badiiy kitob o'qiy olmayman demay, qiziqarli kitoblar yo'liqmadi deyish mumkin:)

#kitoblar
@mirzobek_bozorov