Get Mystery Box with random crypto!

Biz hamma narsani osonlashtirishni yaxshi ko'ramiz. Voqeani | MIRZOBEK's Planet

Biz hamma narsani osonlashtirishni yaxshi ko'ramiz.

Voqeani asl sababini bilmasak ham, bilamiz deb o'ylaymiz.
Biz keltiradigan sabab, sabablar ichida bizga eng yoqadigani bo'ladi, albatta.

Tekshirish uchun biror odamdan o'zi yaxshi tushunmaydigan mavzu haqida fikrini so'rab ko'ring. Juda kamchilik ''bilmadim'' deya javob beradi.

O'zimizni ''to'g'ri'' deb hisoblaydigan fikrimizga qarshi isbot chiqib qolsa, buni shaxsiyatga hujum sifatida qaraymiz. O'zimizga mos dalillarni izlay boshlaymiz.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatsak, bu yerda hech kim o'z fikrini o'zgartirmaydi. Lekin, hammaning fikri to'g'ri bo'lishi mumkinmi?

Eng qizig'i, postni oxirigacha o'qigach, men unday emasman lekin shunday odamni taniyman deb o'ylaymiz.

''Men ham shundayman, endi buni yo'qotish yo'lini izlash kerak'' tamoyilidan yondashsak, nihoyatda go'zal:)

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov