Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga erishasan. Tengdoshlarimiz o'z ishlarini boshlayapti | MIRZOBEK's Planet

Ertaga erishasan.

Tengdoshlarimiz o'z ishlarini boshlayapti yoki yaxshi universitetlarga ketishmoqda. Biz hali bekorchimiz.

Sahnada turib hammani o'ziga qaratayotgan biz emasmiz.

Barcha e'tiborimiz bugun yutayotganlarga qaratilgan. Ishi yurishayotganlarga qaratilgan.

Bu yerda ikki yo'l bo'lishi mumkin. Bugun yutmayotganimizdan norozi bo'lib yurish yoki e'tiborni bugun qilish kerak bo'lgan ishlarga qaratib ertaga yutishni maqsad qilish.

Oson bo'lmaydi. Balki ko'p vaqt ketadi. Lekin bugun mehnat qilib ertaga yutish, bugun yutmayotgandan xafa bo'lib, ertaga ham hech narsaga erishmaslikdan yaxshiroq.

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov