Get Mystery Box with random crypto!

Universitetga kirganingda, maktabda o'qiganlaringni chuqurlash | MIRZOBEK's Planet

Universitetga kirganingda, maktabda o'qiganlaringni chuqurlashtirib o'rgatishadi deyishgandi.

Universitetga endi kirganimizda, bu yerda o'qitmaymiz, yo'nalish beramiz, mustaqil o'rganasiz deyishdi.

Ozgina vaqt o'tgach, endi maktab darsliklarini unuting degan gap chiqdi.

Meni hayron qoldiradigani, nega maktab darsliklari bilan hozirgi bizga berilayotgan ma'lumotlar bir-biriga to'g'ri kelmaydi? Sababini so'rasak, men o'qigan ruscha kitoblarda shunday berilgan deyishadi. Nima uchun biz rus manbaalaridan o'rganishimiz kerak? Shunday ekan, bizning darsliklarimizga, bizning o'rganganlarimizga to'g'ri keladiganini olish kerakmasmi?

Maktab darsliklaridagi ma'lumotlar ham biror asoslarga ega bo'lsa kerak. Maktabda o'rgatilayotgan ma'lumot ham bekorga emasdir.

Xullas, savollar ko'payib ketdi...

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov