Get Mystery Box with random crypto!

Ertalab turdim. Kechasi bilan nimalar bo'lganini tekshiraman. | MIRZOBEK's Planet

Ertalab turdim. Kechasi bilan nimalar bo'lganini tekshiraman. Kanallar, guruhlar, qancha gap yozishibdi.

Qiziq kanal ekan. Avvalgi postlarini ko'raylikchi.

Instagram direct'imni tekshiraman. Story'lar, rasmlar lentani ko'rib chiqaman. Yangi vaynlar, bu kim bo'ldi? Qiziq. Bunisiyam qiziq.

Yangi post chiqibdi, zo'r yozilibdi.
YouTube link berilgan ekan. Keyingi video. Yana keyingisi. Shunisi oxirgisi bo'ladi, hali qancha ishlarim bor...

Googledan izlab ko'rishim kerak. Mana bu yangilikni qara. Rostdan ham shunday.

Kitob o'qish haqida yaxshi gap yozibdi. Men ham o'qishim kerak. Vaqt yo'q-da afsus.

Fikrlaringizni commentda kutaman.

@mirzobek_bozorov