Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on Mo'jizalari 🔍

Telegram kanalining logotibi miracles_of_quran — Qur'on Mo'jizalari 🔍 Q
Telegram kanalining logotibi miracles_of_quran — Qur'on Mo'jizalari 🔍
Kanal manzili: @miracles_of_quran
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 941
Kanalning ta’rifi

#Bismillah
📖 Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo'jizalar haqida siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar.
📩 Murojaat uchun: @miracles_of_quran_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-03 18:20:00 ​​ Suvning ideal yopishqoqligi !

Suyuqlik nima ekanini tasavvur qilishga uringanimizda xayolimizda oqayotgan modda obrazi paydo bo‘ladi. Biroq suyuqliklar yopishqoqligi darajasiga ko‘ra juda farq qiladi.

Qatron, gliserin, zaytun moyi yoki sulfat kislotada yopishqoqlik darajasi mutlaqo har xil. Suv bilan solishtirganda farq ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Suvning oquvchanligi qatronnikiga qaraganda 10 milliard marta, gliserinnikidan 1000 marta, zaytun moyinikidan 100 marta va sulfat kislotanikidan 25 marta ko‘p. Lekin suvning ushbu xususiyati biz uchun biron-bir ahamiyatga egami?

• Agar hayot uchun zarur bo‘lgan mazkur suyuqlikning yopishqoqligi sal ko‘proq yoki sal kamroq bo‘lganida, dunyo boshqacha bo‘lar edi.

Mikrobiologiya fani bo‘yicha professor Maykl Denton (Michael John Denton) ushbu savolga quyidagicha javob beradi:

«Suvning yopishqoqligi kamroq bo‘lganida, uning hayot ehtiyojlariga mos kelishi o‘zining har qanday ma’nosini yo‘qotgan bo‘lar edi. Agar suv suyuq vodorod singari yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lganida, suyuqlikning organizm hujayralarida harakatlanishi ular uchun halokatli bo‘lar edi. Boshqa tarafdan, agar suvning yopishqoqligi hozirgidan past bo‘lganida, hujayralar osongina buzilgan bo‘lar va suv ularning hayot faoliyatini saqlab turishga qodir bo‘lmas edi. O‘zining nozik molekulyar qurilishiga ega bo‘lgan hujayra yashay olmas edi. Hayot shakllarining yanada rivojlanishi to‘xtab qolgan bo‘lar edi».

• Suv yopishqoqligining pastligi nafaqat hujayra ichidagi harakat uchun, balki organizmda suyuqlikning butun sirkulyasiya tizimi uchun ham juda muhim omildir. Tanamizning ko‘p sonli hujayralariga zarur kislorod va energiya o‘ziga xos kanallar orqali yetkazib beriladi. Boshqa kanallar hayot faoliyatining mahsulotlarini organizmdan chiqarishga xizmat qiladi.

— Bu kanallar suyuqlik sirkulyasiyasi tizimining tomir va arteriyalari.
— Yurak kanallar ishini ta’minlab turuvchi motor.
— Kanallar bo‘ylab oquvchi suyuqlik bu asosan suvdan tashkil topgan qon.

Keling, tomir, arteriya va kapillyarlarga diqqat bilan razm solib chiqaylik. Ularning maqsadi kislorod, ozuqa, gormon va tanamizning har bir hujayrasi uchun zarur bo‘lgan barcha narsani tashishdir. Inson tanasida bir chiziqqa tortilsa, umumiy uzunligi 950 kilometrni tashkil etuvchi 5 milliard kapillyarlar mavjud.

• Ayrim sut emizuvchilar muskul to‘qimalarining faqat 1 santimetrida 3000 tagacha kapillyarlar bor. Qon bunday tor kanallardan ularni to‘smasdan va harakatni sekinlashtirmasdan o‘ta olishi uchun u aynan suvdagi kabi oquvchanlikning yuqori darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Maykl Denton: «Agar suvning yopishqoqligi salgina ko‘proq bo‘lganida, qon-tomir tizimi mutlaqo befoyda bo‘lib qolar edi», deganida shuni nazarda tutgan. Professor Maykl Denton yana shunday deydi:

«Kapillyarlar tizimi ular bo‘ylab haydalayotgan suyuqlik past yopishqoqlikka ega bo‘lgandagina ishlaydi. Agar suvning yopishqoqligi bir necha baravar ko‘p bo‘lganida, kapillyar tarmoq orqali qonni hayday olish uchun ulkan kuch talab qilinardi».

• Buning oqibatida sirkulyasiyaning deyarli har qanday tizimi ishga layoqatsiz bo‘lar edi. Agar suvning yopishqoqligi ozgina ko‘proq, eng kichkina ishchi kapillyarlar diametri 3 emas, 10 mikron bo‘lganida, kapillyarlar organizmga zarur kislorod va glyukozani yetkazib berish uchun muskul to‘qimasining butun keng bo‘shlig‘ini egallashiga to‘g‘ri kelar edi.

• O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda hayotning mikroskopik shakllarining mavjud tuzilmasi umuman bo‘lishi mumkin emas yoki anchagina cheklangan bo‘lar edi. Shunday ekan, hayotning asosi sifatida suv yopishqoqligi darajasining tanlanishi mutlaqo maqbul».

Boshqacha qilib aytganda, suvning yopishqoqligi ham, uning boshqa barcha xususiyatlari ham hayot uchun eng ideal ko‘rsatkichlarda, atayin yaratilgan. Suyuqlik yopishqoqligining milliardlab xil ko‘rsatkichlari mavjud, lekin ulardan faqat bittasi hayotimiz paydo bo‘lishi uchun aynan zarur bo‘lgan holda yaratilgan. U ham bo‘lsa suvdir!

“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan


@miracles_of_quran
10.1K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-02-01 18:20:00 ​​ Burun – betakror moʻjiza

Burun ajoyib tarzda yaratilgan a’zo bo‘lib, ichida ustma-ust joylashgan muguz plastinkalar bor. Havo o‘sha plastinkalar orasidan uzoq masofani bosib o‘tadi. Nega ?

Ma’lumki, insonning tana harorati 37 C° daraja bo‘lib, qish kunlarida harorati 0 C° bo‘lgan havodan nafas oladi. Ushbu sovuq havo burun ichidagi plastinkalardan aylanib o‘tib, o‘pkaga iliq havo tarzida yetib boradi.

Insonning salomatligida burundagi ushbu muguz plastinkalarning katta o‘rni mavjud. Chunki ularda mushaklarga birikkan qon tomirlari bor. Bu mushaklar kengaysa, undagi qonning miqdori ortadi. Insonning burni sovuq kunlarda qizil rangda ko‘rinadi.

Bu rang qayerdan keldi. Bu o‘sha burunning ichidagi qon tomirlari kengayganidan dalolat. Iliq qon bu tomirlarga kelgach, plastinkalarni ilitadi. Plastinkalar iligach, ularning orasidan o‘tayotgan sovuq havo ham iliydi. Agar inson og‘zi orqali nafas olsa, juda ko‘p kasalliklarga chalinadi. Burundan nafas olganda esa, sovuq havo ilishi natijasida kasalliklardan qutuladi.

Shuningdek, mazkur plastinkalar shilimshiq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Bu modda burunga havo orqali kiradigan chang va boshqa zararli mikroblarni tutib qoladi. Gohida inson changli havoda nafas olganda, burnidagi shilimliq moddaga o‘sha changlar yopishadi. Burnini yuvganda o‘sha changlarni qoramtir rangda ko‘radi. Bu yerdagi ulkan hikmatni qarang!

— Agar chang havoda nafas olganimizda, ba’zi chang zarrachalari yopishqoq moddadan qutulib qoldi. Endi ularni nima tutib qoladi? Endi ularni burun ichidagi tuklar to‘sib qoladi. Plastinkalar ham shilimshiq modda bilan, ham tuk bilan qoplangan.

— Shunday qilib burun orqali o‘tayotgan sovuq havo iliydi. Changlar yopishqoq moddaga yopishib qoladi. Ulardan o‘tgani tuklarga ilinadi. Xullas, zararli modda ichkariga, o‘pkaga o‘tmasligi uchun burun mukammal a’zo qilib yartilgan.

— Sog‘lom aqlli inson bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lgan deb o‘ylamaydi! Bu yerda ulkan hikmat, buyuk rahmat borligini butun vujudi bilan his qiladi. Inson shu burni bilan turli iforlarni hidlaydi. Unda nechta hid biluvchi asab tolalari bor ? 20 millionta !

Har bir hid biluvchi asab tolasining uchi yettita popuk bilan tugaydi. Bu popuklar ham shilimshiq moddalar bilan o‘ralgan. Popuklar va shilimshiq modda tashqaridan kirgan hid bilan reaksiyaga kirishadi va popuklar geometrik shaklga kiradi. Bu geometrik shakl o‘sha hidning belgisi hisoblanadi. Keyin ushbu shakl miyaga yuboriladi va miyadagi hid bilish bo‘limiga qayd etiladi. Keyinchalik siz iste’mol qilayotgan taomingizga yalpiz solinganini yoki falon modda qo‘shilganini sezib qolasiz. Qanday sezasiz?

Gap shundaki, yalpiz hidi burningizdagi hid bilish reseptorlarida muayyan shaklni hosil qiladi. Keyin o‘sha shakl miyadagi hidlar markaziga yuboriladi. Olimlarning aytishicha, miyadagi hid bilish markazida 10000 ta punktlar bor ekan. Hidning belgisi bo‘lgan shakl shu punktlarga birma-bir ko‘rsatib chiqilar ekan. Keyin miya o‘sha markazda qayd etilgan hidlar orasidan yalpiz hidini topadi. Ana shunda siz ovqatingizga qo‘shilgan narsaning yalpiz ekanini sezasiz.

Ha, azizlar, insondagi har bir a’zo ana shunday betakror va ajoyib qilib yaratilgan. Inson uchun eng yaqin narsalar uning tana a’zolaridir. Ular haqida tafakkur qilish, tuzilishini, ishlash jarayonini o‘rganish Alloh taolo haqida ma’rifat hosil qilishning eng qisqa yo‘lidir. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

«Va yerda aniq ishonuvchilar uchun oyat(belgi)lar bor. Va o‘zlaringizda ham bor. Ko‘rmayapsizlarmi?!» (Zariyat surasi, 20–21-oyatlar).

Muhammad Rotib Nabulsiy

#fakt


@miracles_of_quran
9.5K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-30 19:50:22
Hurmatli obunachilar !

Kanalimizni qaysi hududdan kuzatib bormoqdasiz ? Ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak...!
Anonymous Poll
32%
Andijon | Farg'ona | Namangan
11%
Qashqadaryo | Surxondaryo
8%
Qoraqalpog'iston | Xorazm
29%
Toshkent | Samarqand
9%
Navoiy | Buxoro
7%
Jizzax | Sirdaryo
4%
Boshqa davlatdan...
2.2K voters7.5K views16:50
Ochish/sharhlash
2021-01-28 18:20:00 ​​ Yana bir hadis ilmiy tajribada o‘z isbotini topdi.!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning haq payg‘ambar ekanlarini u zotning ba’zi hadisi shariflarining moʻjizalaridan ham bilib olsak bo‘ladi. Quyida o‘rganiladigan hadisi sharif ana shular jumlasidandir.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qay bir qavmda fohishabozlik paydo bo‘lib, uni oshkora qiladigan bo‘lsalar, albatta ularning ichida o‘tgan ota-bobolarida bo‘lmagan o‘lat va (boshqa) kasalliklar paydo bo‘ladi». Ibn Moja, Ibn Hibbon, Hokim, Tabaroniy, Bayhaqiy va Bazzorlar rivoyat qilishgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mazkur hadisi shariflarining ilmiy moʻjizasi u nutq qilinganidan bir ming to‘rt yuz yildan ziyod vaqt o‘tgach aniqlandi.

Buni aniqlashda Kanadalik mashhur olim Van Brouset faollik ko‘rsatdi. Bu olimni tanib olish uchun professor Keys Mur janoblarining u kishi haqida aytgan quyidagi gaplariga e’tibor beraylik:

«Har doim haqiqatni izlovchi hur fikrli olimlar bo‘ladi. Kanadalik mashhur olim Van Brouset ana shunday olimlardan biridir. U mashhur mualliflardan bo‘lib, ayollar kasalliklari bo‘yicha bir qancha kitoblarni nashr qilgan. Mazkur kitoblarda Qur’oni karim va Sunnatda kelgan ba’zi oyat va hadislardagi haqiqatlarni ham yozgan. Bir qancha ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan...»

Professor Van Brouset biz o‘rganayotgan muhaddislarimiz Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan fohishabozlikning zararlari to‘g‘risidagi hadisni ham ilmiy tajribalar asosida o‘rgangan. U kishi bu haqda quyidagilarni yozadi:

«Hozirda keng miqyosda e’tirof qilingan ilmiy haqiqatlardan biri shuki, ayol kishi bachadonining old qismida ro‘y beradigan zararli o‘zgarishlar uning umriga, jinsiy aloqalari soniga va necha marta bola tuqqaniga bog‘liqdir. Yuqumli kasalliklar ilmi bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalardan aralash jinsiy aloqalar saraton kasalligiga sabab bo‘lishi ayon bo‘ldi.

Albatta, noshar’iy va noto‘g‘ri jinsiy aloqalarning xatarlari to‘g‘risida bir ming to‘rt yuz yil oldin aytilgan ushbu hadis OITS kasalligiga ishoradir. O‘ylaymanki, men bu fikrimda haqman. Fohishabozlik, xiyonat, bachabozlik va shunga o‘xshash boshqa jinsiy aloqalar tufayli paydo bo‘lgan OITS va boshqa yangi kasalliklarga hozirgi zamonda davo topa olmay turibmiz...

Menga sharh qilib berilganiga qaraganda, Muhammad sollallohu alayhi vasallam juda ham oddiy kishi bo‘lgan, o‘qimagan, yozmagan. Hozir biz u kishi o‘qish va yozishni o‘rganmagan holda bundan bir ming to‘rt yuz yil ilgari kishini dashhatga soladigan tarzdagi ilmga asoslangan chuqur va nozik gaplarni aytganini o‘rganmoqdamiz.

Shaxsan men ushbu narsa tasodif bo‘lishiga ishona olmayman. Bu yerda juda ko‘p daqiq narsalar bor. Men ham doktor Keysga o‘xshab, bu ilohiy ilhom yoki boshqacha qilib aytganda, vahiy u kishini ushbu bayonotlarga boshlaganini tasdiqlashimda hech qanday qiyinchilik topmayman.

Van Brouset

“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan

*Qo'shimcha ma'lumotlar !

OITS eng ko'p tarqalgan hududlar.
OITS #fakt


@miracles_of_quran
8.6K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-25 18:20:00 ​​ Misvok va uning foydalari xususiyatlari haqida bilasizmi ?!

Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda, albatta, ularni har namozdan oldin misvok qilishga amr etar edim”.Imom Buxoriy (887 rivoyati)

Yuz yillar davomida Osiyoning o‘rta sharq mintaqalari aholisi tishlarini Arak daraxtining kichik shoxlari yoki tomirlari yordamida tozalashgan.

Misrda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, misvoklarning ishlatilishi nafaqat tish karashlaridan tozalaydi, balki ularning qoldiqlari (misvokning) ikki kundan so‘ng ham bakteriyalardan tozalab turarkan. Misvok tortilgan og‘izni bir chayilsa, bir turdagi bakteriyalar soni 75 foizga kamayar ekan.

Bundan tashqari, misvok tarkibida milklardan qon oqishi va ularning yallig‘lanishini kamaytiradigan tanin mavjud. Misvokdan foydalanuvchilar ular tishlarning dog‘larini ketkazuvchi eng yaxshi vosita ekanligini hamda ularni tish tozalagichlar bilan ishlatilsa, tishlar yanada oq va yarqiroq bo‘lishini ta’kidlashadi.

Agar siz misvokdan foydalansangiz, bu juda osondir, deydi stomatolog Erik Shapira. Uni yumshatish uchun boshida misvokni sekinlik bilan chaynang. So‘ng tishlaringizdagi karashlarni tozalashga kirishing. Daraxtda karashlarni kamaytiradigan yog‘lar mavjud. Misvokni plastik holatiga keltirish uchun 5 dan 10 daqiqa, so‘ng har bir tish atrofi va ulardan karashlarni ketkazish uchun yana 3-5 daqiqa kerak bo‘ladi.

Ko‘pgina Afrika mamlakatlarida aholi og‘iz bo‘shlig‘idagi karashlarni ketkazish uchun “chaynash uchun misvok” lardan foydalanishadi. Sharqiy Afrikada Salvador persikasi, Nigeriyada esa Fagara shimperilari va h.k.lar ishlatiladi.

Qizig‘i shundaki, misvoklarni ishlatadigan Afrikaliklarda kariyeslar odatdagidan ancha kam bo‘ladi, ushbu tabiiy vositalarning ta’siri tish tozalagichlardan hech ham qolishmaydi.

Illinoys Universiteti olimlari 7 yillik izlanishlardan so‘ng misvoklardan kariyeslarning paydo bo‘lishi va bakteriyalarning ko‘payishiga qarshilik qiladigan oltita kimyoviy vosita borligini aniqlashgan. Bundan tashqari, bu daraxtlarning bir qanchasi tarkibida kariyesga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan ftor moddasi mavjud ekan.

“Biz izlanishlarda davom etamiz, – deydi Illinoys Universiteti professori Kristin. Bir qator kompaniyalar bizning ishimiz bilan qiziqib qoldilar va ular o‘zlarining mahsulotlarida ushbu “tabiiy” komponentlardan foydalanmoqchilar”.

Misvok og‘izdan keladigan yoqimsiz hid va tishlar orasida qolib ketgan taom yomon bo‘lib qolmay, balki sog‘liq uchun ham zarardir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak tishlarini doimo, ayniqsa har bir namoz oldidan misvok bilan tozalaganlar.

Pharba Basel LTD (dori ishlab chiqarish) shirkati misvok ustida tajriba o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, o‘simlik tarkibida milklarni kasallanishiga, tishlarni yemirilishiga sabab bo‘ladigan zararli bakteriya va mikroblarni o‘ldiradigan moddalar topildi.

Saudiya Arabistonidagi King Saud Universiteti va AQSHdagi Indiana Universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham aynan shuni ko‘rsatdi.

Zamonaviy tib ilmi xulosalariga ko‘ra, misvokning quyidagi foydalari bugunga kelib aniqlandi:

Tarkibida ftor moddasi bo‘lgan misvok tishlarning yemirilishi (kariyes)ning oldini oladi.
Misvokda xlor moddasi bo‘lgani uchun tishlardagi turli rang, kir-dog‘larni ketkazadi.
Uning tarkibidagi silikat moddasi tishlarni yaxshigina oqartiradi.
Misvokdagi fosfor moddasi tishni chirituvchi bakteriyalardan himoyalaydi.
Trimetilamin va darmondorilar milklarni yorilishdan asraydi, jarohatlarni tuzatadi va tishlar sog‘lomligini ta’minlaydi.

Sizlar uchun yana qo'shimcha ma'lumotlarni ham keltirib o'tamiz.

Misvok ishlatish.
Tibbiy va diniy foydalari.
Misvok haqida.

www.islom.uz


@miracles_of_quran
10.6K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-23 18:20:00 ​​ Islom tibbiyotda ilk penisilinni kashf etgan !

Bu maqolamizdagi ma'lumotlar ba’zi o‘quvchilarimizga ilk o‘qishda oddiygina bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Lekin ular o‘tgan 1400 yilga hayoliy sayohat qilsalar, aqllarini lol qoldiradigan bir hodisa bilan uchrashganliklarini anglab yetadilar. Chunki keyingi yillardagi kashfiyotlar tibbiyotni o‘zgartirsa hamki bu tavsiyalarning hech birini o‘zgartirolmadi va ularni tavsiya etgan zot qarshisida beixtiyor bo‘yin egmoqda.

• Hijratdan avval, Madinada bezgak kasalligi mavjud edi. Bu kasallikdan yuzlarcha kishi o‘lar yoki qattiq iztirob chekardi. Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, shahar atrofidagi botqoqlikni ko‘rib, bu kasallikning suvli va iflos yerdan kelishini aytgan edilar. Shundan so‘ng shu yerdagi odamlarga shaxsan o‘zlari boshchilik qilib 30 ming xurmo daraxti ko‘chatini ektirgan edilar.

Penisilin: Hijriy 160 yilda vafot etgan va 500 ga yaqin asar muallifi Tavasli Musa Ibni Abu Hayyanning "Al Xolis" kitobida ko‘z kasalliklari va tomoq anginalari uchun Rasulullohning shu tavsiyasi yozilgan:

"Zamburug‘larni oling, namli qorong‘u yerda uch kun saqlang, ularning usti mog‘orlab qoladi. Temir bir six olib qizdiring. Soviganidan keyin uch marta bu mog‘orga surting. Mog‘orni ko‘zga surma surgandek surting va tomoqqa bosib o‘rang".

• Chorak asr avval bu davolash usulini xurofot deb atagan ahmoqlar bor edi. Lekin Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam tavsiya etgan ushbu "dori" bugungi kunda shu asrning bir moʻjizasi sifatida qabul qilinmoqda. Ha, payg‘ambarlar Payg‘ambari asrimizning penisilin moʻjizasini 1400 yil avval ko‘rsatgan va so‘ngsiz bir ilm sohibining Rasuli bo‘lganini yana bir bor isbot qilgan.

• Ko‘zi og‘riganlarga doimo asal, xurmo yeyishni tavsiya etardilar. Bundan tashqari, zamburug‘ suvini ishlatishni tavsiya etgandilarki, buni penisilin ekanligini yuqorida aytib o‘tdik.

Isitmalaganda: sovuq suv bilan vujudni namlatardilar. Bu usulni hozirda ham tavsiya etish mumkin.
Zaharlanganda: Darhol oshqozonni bo‘shatish uchun qayt qildirar edilar va yelkaning uch joyidan qon oldirardilar:

• Sarvari olamning "Agar insonlar oz suv ichsalar vujudlardagi sihat va ishtahani bir maromda davom ettira oladilar", – degan hadisi shariflari katta axamiyatga ega.

Sil: Ozg‘in, yo‘talgan va balg‘am chiqarganlarni, Madinadan tashqariga chiqarar va toqqa – cho‘ponlarning yoniga qo‘yib kelardilar. Shu bilan birga ularga ko‘p sut ichishlarini tavsiya etardilar. Ochiq havoda davo ko‘rgan bu kasallar, ma’lum bir muddatdan so‘ng Madinaga sog‘lom holda qaytardi.

Mikrob va laboratoriya butunlay noma’lum bo‘lgan u qorong‘i johiliyat davrida Rasuli Akramning (sallallohu alayhi vasallam) bu kasallikka qo‘ygan tashxis (diagnoz), davolash usullari juda ham diqqatni o‘ziga tortadi va bugungi kunda sil kasalligiga chalinganlarni davolash uchun keng qo‘llanayotgan "SENATORYUM" asoslarga egadir. Taunli va sil kasalliklariga chalinganlarning darhol xalqdan ajratib olinishini tavsiya etardilar.

• Ha, zamonaviy tib ilmi qo‘llayotgan "KARANTIN" usuli ilk marotaba hazrati Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tomonidan tavsiya etilgan va o‘sha vaqtlarda ham bu yo‘l bilan minglab insonlarning hayoti qutqarib qolingan.

• Pirovardida, Rasulullohning tibbiyot sohasidagi bilimi, kashfiyot va tavsiyalari, uning yuksak ilohiy dahosini va haq Payg‘ambar bo‘lganini yana bir bor ko‘rsatib turibdi.

• Qur’onning hech bir hukmi zamonaviy ilmga teskari kelmagani kabi, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning bu boradagi hech bir tavsiyalari ham zamonaviy tib ilmiga zid kelmayapti.

Ha, asrlar o‘zgaradi, faqat bunday haqiqatlar o‘zgarmaydi. Har bir yangi kashf, har bir rivojlanish bu – haqiqatlarning buyukligi va u Zotning sallallohu alayhi vasallam buyukligi oldida bo‘yin egadi.

www.islom.uz


@miracles_of_quran
8.2K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-21 18:20:00 ​​ Olimlar insonning tuproqdan yaratilganini isbotlashdi !

Inson tanasi, uning barcha qismlari hozirgi kunga qadar ham oxirigacha o‘rganilmagan ajoyib, mukammal loyiha. Inson tanasining tuzilishini eng zamonaviy texnologik asboblar yordamida o‘rganayotgan olimlar aql bovar qilmaydigan kashfiyotlarga duch kelmoqdalar. Inson tanasidagi to‘qimalarning tuzilishi shular jumlasidandir.

Inson organizmidagi to‘qimalarda 26 xil kimyoviy element mavjud. Ulardan oltitasi esa boshqalariga nisbatan juda ko‘p miqdorda uchraydi. Bular – uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurt moddalaridir. Inson tanasidagi to‘qimalarning 95 foizini ana shu olti element tashkil qiladi. Bu esa juda muhim bir haqiqatni – insonning loydan yaratilganligini tasdiqlaydi.

Inson tanasidagi to‘qimalarni tashkil qiluvchi barcha asosiy, noorganik kimyoviy elementlar tuproq tarkibida erkin holatda yoki birikmalar ko‘rinishida uchraydi.

Olimlarning yangi tadqiqotlariga ko‘ra, xuddi Qur’oni Karim, Injil va, hatto yunonlarning afsonalarida aytilganidek, yerdagi hayot loydan paydo bo‘lgan ekan. Olimlar ilgari surgan nazariyaga ko‘ra, tuproqdagi minerallarning uyg‘un birikmasidan iborat bo‘lgan loy hujayra va kimyoviy moddalarning ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Milliard yillar davom etgan bu jarayon davomida kimyoviy moddalar bir-biri bilan reaksiyaga kirishib, oqsil va DNK hosil qiladi. Oxir-oqibat esa ulardan tirik hujayralar paydo bo‘ladi.

Nyu-York shtatidagi Kornel Universiteti nanofanlar fakulteti biomuhandislari «Yerdagi hayotning manbai loy bo‘lgan bo‘lishi mumkin», deb hisoblashmoqda. Bu nazariya ming yillardan beri turli e’tiqod va aqiydalarda mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa ham, hali ilmiy jihatdan asoslangan emas edi.

Ko‘pchilik samoviy dinlarda Xudo insonni loydan yaratib, so‘ng unga jon ato qilgani aytiladi. Hatto genezis ham «inson tuproqdan yaratiladi hamda vafot etganidan so‘ng qayta tuproqqa aylanadi», deya bayon qiladi.

Olimlar bu so‘zni ko‘hna ibroniy tilidan «loy» yoki «yer» deb tarjima qiladilar. Dengiz suvida loy gidrogel shakliga keladi. U bir qator komponentlardan – tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ulardan biri sinch vazifasini o‘taydi. Uning ichidagi bo‘shliqlar (g‘ovaklar) quyi molekulyar qorishma bilan to‘ldirilgan.

Kornell Universiteti professori Den Loning (Dan Luo) aytishicha: «Geologik tarixning boshlanishida loy gidrogeli biomolekulalarni ushlab qolish va molekulyar reaksiya funksiyalarining paydo bo‘lishiga qulay sharoit yaratib bergan. Bu bo‘shliqlarda to‘plangan kimyoviy moddalar milliard-milliard yillar davomida murakkab reaksiyalarga kirishib, oqibatda oqsil moddasi hamda DNKni va pirovardida tirik hujayraning hayotiy faoliyat yuritishi uchun zaruriy shart-sharoitni vujudga keltirgan bo‘lishi mumkin».

Ushu xulosalar bir guruh tadqiqotchilarning ilmiy tajribalariga asoslangan bo‘lib, ushbu tajribalar davomida sintetik gidrogel, DNK, aminokislotalar, fermentlar va sun’iy oqsil ishlab chiqarishdan foydalanilgan.

Umuman olganda, dunyoviy olimlarning haqqa yetishlariga ancha bor. Ularning tadqiqotlarida hali ham evolyusiya nazariyasining izlari bor bo‘lsa-da, to‘g‘ri tarafga qarab ketayotgan bo‘lsalar ajab emas.

Nima bo‘lganda ham, fan erkin holatdagi loy ham, inson organizmining to‘qimalari ham aynan bir xil elementlardan tashkil topganligini aniqladi. Zamonaviy fan tomonidan aniqlangan bu dalillar o‘n to‘rt asr avval Kalomullohda nozil qilingan oyatlarning haq ekanligini yana bir karra tasdiqladi.

Alloh taolo birinchi odamzodni – hazrati Odam Ato alayhissalomni loydan yasagan: unga shakl berib, jon ato etgan. Bu moʻjiza Qur’oni karimda bayon qilingan.

“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo'jizalar” kitobidan.


@miracles_of_quran
8.8K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-19 18:20:00 ​​ Nabaviy tabobat va zamonaviy tibbiyot !

Ma’lumki, tibbiyotda shaxsiy gigiyena deb ataluvchi tushuncha mavjud. Shaxsiy gigiyena har bir kishining o‘ziga va yoshiga bog‘liq bo‘lib, aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, vaqtida ovqatlanish, uxlash, mehnat va dam olishni to‘g‘ri uyushtirishdan iborat.

Bunda badan, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, turar-joy, taom tayyorlash gigiyenasi, ya’ni pokizalikka katta e’tibor berish lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida esa “poklik iymondandir”, “pok bo‘linglar, chunki poklik Islomdir”, ya’ni poklik insonni iymonga chaqiradi va iymon o‘z egasi bilan jannatda birga bo‘ladi, deb marhamat qilganlar.

Shaxsiy gigiyenaning birinchi talablaridan biri, badanni toza tutishdir. Ma’lum bo‘lishicha, yog‘ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 gramm yog‘, teri bezlari esa 3,5-7 litrgacha ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun kishi kamida haftada bir marta hammomda yuvinishi lozim. Aks holda badanning mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, turli yiringli yara-chaqalar paydo bo‘ladi.

Har juma kuni g‘usl qilish sunnatdir. Kuniga besh mahal tahorat qilish va juma kuni g‘usl qilish, farz va sunnat amallarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, shaxsiy gigiyena ozodalik shartlari bilan bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Shaxsiy gigiyena aqliy va jismoniy mehnatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish “erta tur va erta yot” degan hadis bilan to‘g‘ri keladi. Yaxshi dam olgan kishi, yaxshi ishlaydi va yaxshi fikrlaydi.

Agar kishi kun tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya bilsa, hamma ishga ulgura oladi. “Hamma ishlaringizni tongda qilinglar, chunki tongda uxlash rizqni qirqadi”, degan ma’nodagi hadis bor. Bomdod namozidan keyin qilingan ish barakotli bo‘ladi.

Germaniyalik olimlarining aytishicha, kishining aqliy va jismoniy mehnati asosan ertalab 4 soat davomida eng unumli bo‘lishi qayd qilingan. Shuning uchun Germaniyada hamma o‘quv tizimida – maktab va oliy o‘quv yurtlarida darslar barvaqt boshlanib, ertalab 10:00 da tugar ekan.

Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Oisha roziyallohu anho yugurish bo‘yicha musobaqa qilishganida Oisha onamiz o‘zib ketganlar. Keyinroq yana musobaqalashganlarida Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh alayhissalom o‘zib ketganlar. Sababi, Oisha onamiz birmuncha to‘lishib qolgan edilar.

Shuningdek, yugurish bo‘yicha yosh bolalar musobaqasini uyushtirganlari haqida ham rivoyatlar bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Farzandlaringizni kamondan o‘q otishga, suzishga, chavandozlikka o‘rgatinglar”, deya marhamat qilganlar. Kuchli mo‘min Allohga mahbub bo‘lsa, bunday fazilatga ega bo‘lish har bir mo‘min uchun zarur.

Ovqatni vaqtida va me’yorida yeyish borasida dinimizda kerakli ko‘rsatmalar kelgan. Poklik asosiga qurilgan shariati islomiyada ovqatdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish va og‘izni chayish sunnat hisoblanadi. Biz qo‘limiz bilan ko‘p narsalarni ushlaymiz, shunda xar xil mikroblar qo‘limizga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qo‘lni yuvib ovqatlanish maqsadga muvofiq.

Nima uchun qo‘llarni ovqatlanib bo‘lganimizdan keyin ham yuvamiz? Rasuli akram: “Ovqatdan so‘ng qo‘l yuvmasdan va og‘iz chaymasdan uxlab qolsangiz, kasallikdan ehtiyot bo‘ling”, deya ogohlantirganlar.

Tibbiyotda esa, chala artilib yuvilmagan qo‘lning teri qavatidagi yog‘lar har xil bakteriyalar uchun ozuqa manbai bo‘lishi aytilgan. Qo‘l yuvilgandan so‘ng artmaslik sunnatdir. Bu sunnatni Yapon olimlari tekshirib ko‘rishganda, yuvilgan va artilmay quritilgan qo‘l pok bo‘lishi, yuvilib sterillangan, salfetkaga artilgan qo‘lda esa mikroblar uchrashi ma’lum bo‘ldi.

www.islom.uz


@miracles_of_quran
6.9K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-17 18:20:00 ​​ Qora dona (SEDANA) – ming dardga shifo !

Arabcha matnlarda «al-habba as-savdaa» nomi ila zikr qilingan narsani biz so‘zma-so‘z «qora dona» shaklida tarjima qildik, chunki ushbu «qora dona» nima ekani haqida ulamolarimiz ko‘p tortishganlar.

Ko‘pchilik uning «shunbiz» nomli qora rangli dona ekanini ta’kidlagan. Aslida u qoramtir yashil bo‘lar ekan-u, lekin ko‘pchilik «qora» sifatini aytishga odatlangan ekan. U «qora zira», «hind zirasi» deb ham atalar ekan. Bizda «sedana» ham deyiladi.

Qadimgi hadis sharhi kitoblarida va tib kitoblarida bu narsani qanday qilib ishlatilsa, qaysi dardga davo bo‘lishi haqida sahifa-sahifa ma’lumotlar yozilgan. Bizning maqsadimiz boshqa bo‘lgani uchun bu vasflarni chetlab o‘tamiz.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qora dona o‘limdan boshqa har bir dardga davodir», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziyning lafzi quyidagicha: «Sizlar mana bu qora donani lozim tutinglar. Chunki unda somdan* boshqa barcha dardga shifo bor. *Som – o‘limdir».

«Ibn Abu Atiyq roziyallohu anhu bir bemorning oldiga kirdi va: «Sizlar mana bu qora donachani lozim tutinglar. Undan besh yoki olti dona olib, maydalab tuyinglar. So‘ngra zaytun yog‘i bilan qo‘shib, uning burniga – mana bu tarafga, mana bu tarafga tomizinglar. Oishaning menga aytishicha, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Mana bu qora donada somdan boshqa barcha dardga shifo bor» deganlarini eshitgan ekan», dedi. «Som nima?» degan edim, «O‘lim», dedi». Buxoriy rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi shariflarda «qora dona» ning o‘limdan boshqa barcha dardlarga davo ekani qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Bu ma’noni qanday tushunmoq kerak?

Ulamolarimiz bu savolga atroflicha javob berganlar. Ularning hamma javoblarida ham ushbu hadisi shariflar ma’nosini sirtdan ko‘ringandek tushunmaslik kerakligi ta’kidlangan.

Xattobiy: «Bu yerda umumiy gapirib, xususiyni iroda qilish qoidasi ishlatilgan. Bu yerda «hamma dardlar» deyishdan rutubat va balg‘amdan kelib chiqadigan xastaliklar iroda qilingan», degan ekanlar.

Abu Bakr ibn Arabiy esa: «Tabiblar nazdida «qora dona»dan ko‘ra asal barcha dardga davo bo‘lishga yaqinroq. Shunday bo‘lsa ham, ba’zi xastalikka yo‘liqqan kishilar asal ichsalar, ozor topadilar. Alloh taolo «Asalda odamlar uchun shifo bor», degan bo‘lsa ham, uning aksariyat hollardagi shifo bo‘lishi ma’nosida tushunilgandan keyin «qora dona»ni ham shunga yaqin ma’noda tushunish lozim», degan.

Boshqalar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam davoni xastaning holiga qarab turib vasf qilar edilar. U zotning «qora dona» haqida aytgan gaplari ma’lum kishilarga tegishli bo‘lgan», deganlar.

Ushbu fikrlarni jamlab, hammasi ham to‘g‘ri fikr ekanini tasdiqlasak, yaxshi ish qilgan bo‘lamiz. Yana qo‘shimcha ravishda ta’kidlamog‘imiz lozimki, haqiqatda, «qora dona» o‘sha vaqtda, o‘sha muhitda mavjud bo‘lgan ko‘plab xastaliklarga davo bo‘lganini tabiblar tasdiqlaganlar.

Hozirgi zamonda esa «Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar hay’ati» harakati bilan o‘tkazilgan ilmiy bahslar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning «qora dona» haqida aytgan hadisi shariflari tibbiy moʻjiza ekanini tasdiqladi. Bu haqida alohida kitob ham chop etildi.

* Sizlarga yana qo'shimcha ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

Abdulloh domla-Sedana haqida
Sedananing foydali xususiyatlari

“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan

@miracles_of_quran
7.4K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2021-01-12 18:20:00 ​​ Sunnatning hikmati !

Germaniyada bir musulmon inson farzand ko‘radi. Sunnatga muvofiq ish ko‘rishni niyat qilgan oila boshlig‘i yettinchi kuni bolaning sochini oladi va soch og‘irligida oltin sadaqa qiladi. Bir necha kun o‘tgach chaqaloqni shifokor ko‘rigiga olib boradi. Chaqaloqni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor ajablangan ohangda, “Farzandingizning sochini sizlar oldingizmi yoki o‘zi shunday tug‘ilganmidi?” deb so‘raydi. Chaqaloqning onasi “Sochini o‘zimiz oldik”, deb javob beradi.

— Shifokor ajablanish sababini tushuntirib, “Agar yangi tug‘ilgan chaqaloqning sochlari 40 kun ichida olinsa, uning ko‘rish qobiliyati kuchayadi, sochlari mustahkamlanadi, fahm-idroki ochiladi.

— Olimlarimiz buning va yana boshqa ko‘p foydalari bor ekanini 50 kun avval aniqlashdi. Ayniqsa, bu amaliyot yettinchi kuni qilinsa, sifatlar yanada ko‘payar ekan, deydi.

— Kashfiyot 50 kun oldin ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, sizlar buni qayerdan bilganigizga hayronman”, debdi shifokor. Chaqaloqning onasi, “Biz bularni payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan bildik”, deb javob qilibdi. Shifokor kim haqida gap borayotganini anglamay va uni tirik odam deya o‘ylab, “Sizning payg‘ambaringizga axborot qanchalik tez yetib keladi”, deb so‘rabdi. Ona esa, “U zot 1400 yil oldin yashagan va u hozir biz bilan emas”, deya javob qaytaribdi. Shifokor esa, tamoman hayrat ummoniga g‘arq bo‘libdi.

— Shariat ta’limotlariga muvofiq tug‘ilishning yettinchi kuni bolaning sochini olib, o‘sha soch og‘irligida kumush sadaqa qilmoq tavsiya qilinadi.

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Har bir g‘ulom aqiyqasi garovidir. Uning uchun yettinchi kuni so‘yiladi, sochi olinadi va ism qo‘yiladi”, – dedilar”. Abu Dovud rivoyati.
Bu hadisni Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Ahmad, Hokimlar ham rivoyat qilishgan. Termiziy hasan sahih degan.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hasan uchun bir qo‘y (so‘yib) aqiqa qildilar va: “Ey Fotima, uning sochini olib, sochi og‘irligida ko‘mish sadaqa qilgin”, dedilar. Uni tortgan edi vazni bir yoki undan kamroq dirham chiqdi”. Termiziy rivoyat qilgan.

www.islom.uz

@miracles_of_quran
10.8K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash