Get Mystery Box with random crypto!

​​ Suvning ideal yopishqoqligi ! Suyuqlik nima ekanini tas | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Suvning ideal yopishqoqligi !

Suyuqlik nima ekanini tasavvur qilishga uringanimizda xayolimizda oqayotgan modda obrazi paydo bo‘ladi. Biroq suyuqliklar yopishqoqligi darajasiga ko‘ra juda farq qiladi.

Qatron, gliserin, zaytun moyi yoki sulfat kislotada yopishqoqlik darajasi mutlaqo har xil. Suv bilan solishtirganda farq ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Suvning oquvchanligi qatronnikiga qaraganda 10 milliard marta, gliserinnikidan 1000 marta, zaytun moyinikidan 100 marta va sulfat kislotanikidan 25 marta ko‘p. Lekin suvning ushbu xususiyati biz uchun biron-bir ahamiyatga egami?

• Agar hayot uchun zarur bo‘lgan mazkur suyuqlikning yopishqoqligi sal ko‘proq yoki sal kamroq bo‘lganida, dunyo boshqacha bo‘lar edi.

Mikrobiologiya fani bo‘yicha professor Maykl Denton (Michael John Denton) ushbu savolga quyidagicha javob beradi:

«Suvning yopishqoqligi kamroq bo‘lganida, uning hayot ehtiyojlariga mos kelishi o‘zining har qanday ma’nosini yo‘qotgan bo‘lar edi. Agar suv suyuq vodorod singari yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lganida, suyuqlikning organizm hujayralarida harakatlanishi ular uchun halokatli bo‘lar edi. Boshqa tarafdan, agar suvning yopishqoqligi hozirgidan past bo‘lganida, hujayralar osongina buzilgan bo‘lar va suv ularning hayot faoliyatini saqlab turishga qodir bo‘lmas edi. O‘zining nozik molekulyar qurilishiga ega bo‘lgan hujayra yashay olmas edi. Hayot shakllarining yanada rivojlanishi to‘xtab qolgan bo‘lar edi».

• Suv yopishqoqligining pastligi nafaqat hujayra ichidagi harakat uchun, balki organizmda suyuqlikning butun sirkulyasiya tizimi uchun ham juda muhim omildir. Tanamizning ko‘p sonli hujayralariga zarur kislorod va energiya o‘ziga xos kanallar orqali yetkazib beriladi. Boshqa kanallar hayot faoliyatining mahsulotlarini organizmdan chiqarishga xizmat qiladi.

— Bu kanallar suyuqlik sirkulyasiyasi tizimining tomir va arteriyalari.
— Yurak kanallar ishini ta’minlab turuvchi motor.
— Kanallar bo‘ylab oquvchi suyuqlik bu asosan suvdan tashkil topgan qon.

Keling, tomir, arteriya va kapillyarlarga diqqat bilan razm solib chiqaylik. Ularning maqsadi kislorod, ozuqa, gormon va tanamizning har bir hujayrasi uchun zarur bo‘lgan barcha narsani tashishdir. Inson tanasida bir chiziqqa tortilsa, umumiy uzunligi 950 kilometrni tashkil etuvchi 5 milliard kapillyarlar mavjud.

• Ayrim sut emizuvchilar muskul to‘qimalarining faqat 1 santimetrida 3000 tagacha kapillyarlar bor. Qon bunday tor kanallardan ularni to‘smasdan va harakatni sekinlashtirmasdan o‘ta olishi uchun u aynan suvdagi kabi oquvchanlikning yuqori darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Maykl Denton: «Agar suvning yopishqoqligi salgina ko‘proq bo‘lganida, qon-tomir tizimi mutlaqo befoyda bo‘lib qolar edi», deganida shuni nazarda tutgan. Professor Maykl Denton yana shunday deydi:

«Kapillyarlar tizimi ular bo‘ylab haydalayotgan suyuqlik past yopishqoqlikka ega bo‘lgandagina ishlaydi. Agar suvning yopishqoqligi bir necha baravar ko‘p bo‘lganida, kapillyar tarmoq orqali qonni hayday olish uchun ulkan kuch talab qilinardi».

• Buning oqibatida sirkulyasiyaning deyarli har qanday tizimi ishga layoqatsiz bo‘lar edi. Agar suvning yopishqoqligi ozgina ko‘proq, eng kichkina ishchi kapillyarlar diametri 3 emas, 10 mikron bo‘lganida, kapillyarlar organizmga zarur kislorod va glyukozani yetkazib berish uchun muskul to‘qimasining butun keng bo‘shlig‘ini egallashiga to‘g‘ri kelar edi.

• O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda hayotning mikroskopik shakllarining mavjud tuzilmasi umuman bo‘lishi mumkin emas yoki anchagina cheklangan bo‘lar edi. Shunday ekan, hayotning asosi sifatida suv yopishqoqligi darajasining tanlanishi mutlaqo maqbul».

Boshqacha qilib aytganda, suvning yopishqoqligi ham, uning boshqa barcha xususiyatlari ham hayot uchun eng ideal ko‘rsatkichlarda, atayin yaratilgan. Suyuqlik yopishqoqligining milliardlab xil ko‘rsatkichlari mavjud, lekin ulardan faqat bittasi hayotimiz paydo bo‘lishi uchun aynan zarur bo‘lgan holda yaratilgan. U ham bo‘lsa suvdir!

“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy moʻjizalar” kitobidan


@miracles_of_quran