Get Mystery Box with random crypto!

​​ Burun – betakror moʻjiza Burun ajoyib tarzda yaratilgan | Qur'on Mo'jizalari 🔍

​​ Burun – betakror moʻjiza

Burun ajoyib tarzda yaratilgan a’zo bo‘lib, ichida ustma-ust joylashgan muguz plastinkalar bor. Havo o‘sha plastinkalar orasidan uzoq masofani bosib o‘tadi. Nega ?

Ma’lumki, insonning tana harorati 37 C° daraja bo‘lib, qish kunlarida harorati 0 C° bo‘lgan havodan nafas oladi. Ushbu sovuq havo burun ichidagi plastinkalardan aylanib o‘tib, o‘pkaga iliq havo tarzida yetib boradi.

Insonning salomatligida burundagi ushbu muguz plastinkalarning katta o‘rni mavjud. Chunki ularda mushaklarga birikkan qon tomirlari bor. Bu mushaklar kengaysa, undagi qonning miqdori ortadi. Insonning burni sovuq kunlarda qizil rangda ko‘rinadi.

Bu rang qayerdan keldi. Bu o‘sha burunning ichidagi qon tomirlari kengayganidan dalolat. Iliq qon bu tomirlarga kelgach, plastinkalarni ilitadi. Plastinkalar iligach, ularning orasidan o‘tayotgan sovuq havo ham iliydi. Agar inson og‘zi orqali nafas olsa, juda ko‘p kasalliklarga chalinadi. Burundan nafas olganda esa, sovuq havo ilishi natijasida kasalliklardan qutuladi.

Shuningdek, mazkur plastinkalar shilimshiq va yopishqoq modda bilan qoplangan. Bu modda burunga havo orqali kiradigan chang va boshqa zararli mikroblarni tutib qoladi. Gohida inson changli havoda nafas olganda, burnidagi shilimliq moddaga o‘sha changlar yopishadi. Burnini yuvganda o‘sha changlarni qoramtir rangda ko‘radi. Bu yerdagi ulkan hikmatni qarang!

— Agar chang havoda nafas olganimizda, ba’zi chang zarrachalari yopishqoq moddadan qutulib qoldi. Endi ularni nima tutib qoladi? Endi ularni burun ichidagi tuklar to‘sib qoladi. Plastinkalar ham shilimshiq modda bilan, ham tuk bilan qoplangan.

— Shunday qilib burun orqali o‘tayotgan sovuq havo iliydi. Changlar yopishqoq moddaga yopishib qoladi. Ulardan o‘tgani tuklarga ilinadi. Xullas, zararli modda ichkariga, o‘pkaga o‘tmasligi uchun burun mukammal a’zo qilib yartilgan.

— Sog‘lom aqlli inson bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lgan deb o‘ylamaydi! Bu yerda ulkan hikmat, buyuk rahmat borligini butun vujudi bilan his qiladi. Inson shu burni bilan turli iforlarni hidlaydi. Unda nechta hid biluvchi asab tolalari bor ? 20 millionta !

Har bir hid biluvchi asab tolasining uchi yettita popuk bilan tugaydi. Bu popuklar ham shilimshiq moddalar bilan o‘ralgan. Popuklar va shilimshiq modda tashqaridan kirgan hid bilan reaksiyaga kirishadi va popuklar geometrik shaklga kiradi. Bu geometrik shakl o‘sha hidning belgisi hisoblanadi. Keyin ushbu shakl miyaga yuboriladi va miyadagi hid bilish bo‘limiga qayd etiladi. Keyinchalik siz iste’mol qilayotgan taomingizga yalpiz solinganini yoki falon modda qo‘shilganini sezib qolasiz. Qanday sezasiz?

Gap shundaki, yalpiz hidi burningizdagi hid bilish reseptorlarida muayyan shaklni hosil qiladi. Keyin o‘sha shakl miyadagi hidlar markaziga yuboriladi. Olimlarning aytishicha, miyadagi hid bilish markazida 10000 ta punktlar bor ekan. Hidning belgisi bo‘lgan shakl shu punktlarga birma-bir ko‘rsatib chiqilar ekan. Keyin miya o‘sha markazda qayd etilgan hidlar orasidan yalpiz hidini topadi. Ana shunda siz ovqatingizga qo‘shilgan narsaning yalpiz ekanini sezasiz.

Ha, azizlar, insondagi har bir a’zo ana shunday betakror va ajoyib qilib yaratilgan. Inson uchun eng yaqin narsalar uning tana a’zolaridir. Ular haqida tafakkur qilish, tuzilishini, ishlash jarayonini o‘rganish Alloh taolo haqida ma’rifat hosil qilishning eng qisqa yo‘lidir. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:

«Va yerda aniq ishonuvchilar uchun oyat(belgi)lar bor. Va o‘zlaringizda ham bor. Ko‘rmayapsizlarmi?!» (Zariyat surasi, 20–21-oyatlar).

Muhammad Rotib Nabulsiy

#fakt


@miracles_of_quran